O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
8
Dasturning maqsadi
Fanning asosiy maqsadi o‘quvchilarda kichik mutaxassislarni shakllantirish hamda ularni bozor munosabatlari sharoitida yuk va yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq transport jarayonini tashkil etish va boshqarish haqida ma’lumotlar berishdir
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Avtomobillarda yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish, mamlakat yagona transport tizimi ish sifati va samaradorligini oshirish bilan yaqindan tanishtirish. Shu bilan birga yuk va yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq transport jarayonlarini tashkil qilish usullari bo‘yicha bilim berish..
Bilimlar
yuk tashishni tashkil etish tizimini tuzish;
avtomobillarni kunlik ish rejasini tashkil etish;
avtomobillarni harakat grafigini tuzish;
avtomobillarda yuk tashish jarayonini nazorat qilish;
yuk tashishda texnika havfsizligiga rioya qilish.
avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish qoidalari;
avtobus yo‘nalishlari va ularni ochish tartiblari; -yo‘lovchilar oqimi to‘g‘risida tushuncha; -haydovchilar va konduktorlar mehnatini tashkil etilishi;
avtobuslar va taksilar harakatini tashkil etish usullari;
nozimlik boshqarish usullari, harakatlanuvchi tarkib tasarruf ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish usullari;
yo‘lovchi transportida tariflar tizimi;
tashish sifatini nazorat qilish va baholash tartiblari kabi bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘nikmalar
avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etishda texnika xavfsizligiga rioya qilish;
yuk tashish strukturasini bilish;
yuk tashishda avtomobillar bilan ortish-tushirish mexanizmlarini birgalikdagi ish grafigini tuzishni bilish;
yuk tashishning eng qulay va tejamkor yo‘li-ning iqtisodiy matematik usullar orqali aniq-lash;.
harakatlanuvchi tarkib tasarruf ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish;
yo‘lovchilar oqimini o‘rgangan holda, avtobuslar harakatini tashkil etish;
avtobus yo‘nalishlarida kunlok TEKlarni anqilash;
nozimlik boqsharish, haydovchilar menatini tashkil etish,haydovchilar ishlash jadvalini tuzish;
tashishni nazorat qilish va tashish sifatini baholash;
taksi avtomobillarni ishini tashkil etish;
yo‘l-kira haqini jadvalini mustaqil tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.