Pedagogik kengash shakllari. Reja: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari


Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta'minlash; 2



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə2/9
tarix22.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#101640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

1.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta'minlash;
2.Maktabgacha ta'lim xodimlari, shu jumladan, mahalliy millatlardan kadrlar tayyorlash;
3.Ota-onalar o'rtasida tashviqot-tushuntirish ishlari olib boriladi.
Maktabgacha ta'lim Nizomi ishlab chiqilib, unda:
"Maktabgacha ta’lim bo'limi 3 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga boshchilik qiladi, mavjud tashkilotlar ishining borishini kuzatadi, yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqkabinetlar, bolalar yozgi koloniyalari ochadi, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, enagalar va umuman o'sha aytilgan tashkilotlarning ta'lim-tarbiya qismiga xizmat ko'rsatish uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kurslar tashkil qiladi”.
Ushbu Nizomni ishlab chiqish maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishlarini, shuningdek, mashg'ulotlarning taxminiy dasturini va maktabgacha ta'lim tashkilotida suhbatlar o'tkazish hamda taxminiy kun tartibi tuzishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Maorif Xalq komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi va viloyat Xalq Maorifi bo'limlarining maktabgacha ta'lim instruktorlari tashkilotlari, mahalliy kengashlar va xotin-qizlar bo'limlari yordamida katta tashkiliy ishlar olib bordilar.
Ular maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun binolar qidirib topib, bolalarga xos mebel tayyorlash uchun ustakabinetlarga buyurtmalar taqsimlar, tarbiyachilar bilan ta’minlar edilar.
O'sha vaqtda o'rta maktabni bitirgan qizlar (qisqa yo'l-yo'riq, ko'rsatmadan so'ng) o'qituvchilik, onalar maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilinar edi.
Turkiston Respublikasining maktabgacha ta’lim xodimlari uchun 1921-yil aprel oyida bo'lib o'tgan anjumani muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu anjumanda mahalliy, ya'ni mahallalar bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb etish juda sust olib borilayotganiga, qishloq joylarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarga borishi zarurligi ilgari surildi. Bu ishlarda Xalq maorifi bo'limlari oldiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
-Tub joy aholi uchun mavjud ayol rahbarlar boshchiligida darhol maktabgacha ta'lim tashkilotlari ochish;
-Tub joy xotin-qizlarini amaliyotchilar sifatida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlashga keragicha jalb etish;
-Namunali bolalar tashkilotlari qurishga;
-Ota-onalar uchun yig'ilishlar o'tkazish va ularni choyga chaqirib turishga, ota-onalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga kelib turishlarini yo'lga qo'yish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Respublika Maorifi Xalq Komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi asosiy qoidalar ishlab chiqib, bu qoidalarni joylarda maktabgacha ta'limni yo'lga qo'yishda asos bo'lmog'i kerak edi. Xalq Maorifi bo'limlari qoshida viloyat territoriyasidagi hamma ishlarni birlashtiruvchi, koordinatsiya qiluvchi va yo'llovchi maktabgacha ta'lim bo'limi tashkil etildi.
Viloyat mahalliy tashkilotlari maktabgacha ta'lim g'oyalarini keng tashviqot qilish yo'li bilan ota-onalar kengashlari tashkil etdilar. Viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim ishlarining markazi bo'lgan viloyat maktabgacha bo'limlari ishni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida joylarda maktabgacha ta'lim seksiyalari tuzildi. Maktabgacha ta’lim bo'limi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ko'p qismini katta tuzib bolalar o'yinlariga aylantirishdi. Farg'ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi yaxshilandi.
1919-yil yozida Turkiston Respublikasida Maorif Xalq Komissarligining Qaroriga muvofiq Pedagogika toifasi vujudga keltirildi, bu toifa qoshida birinchi maktabgacha ta'lim kabineti tashkil qilindi. Uning vazifasi maktabgacha ta’lim xodimlariga doimiy va malakali metodika yordami ko'rsatib borishdan iborat edi. Kabinet qoshida maktabgacha ta'lim tashkiloti burchagi tashkil etilib, mebel qo'yilgan edi, tokchalarga ko'rgazmalar, o'yinchoqlar, mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan turli materiallar, bolalar yasagan narsalarning namunalari terib qo'yilgan edi. Maktabgacha ta'lim kabineti tez orada amaliy tajribalarni o'rtoqlashish uchun tayanch maktab bo'lib qoldi. Kabinetda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari uchun adabiyot, bolalar badiiy adabiyotlarining namunalari paydo bo'ldi. 1920-yil yanvar oyida Maorif Xalq Komissarligi Toshkentda o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda maktabgacha ta'lim nazariyasi, psixologiya, gigiyena asoslari o'qitilar edi. Xalq Maorifi tizimi tezkor sur'atda rivojlanib borib, endilikda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimi bo'g'inlarining ish faoliyati, mazmuni, uning vazifalari o'zgacha qiyofa kasb etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat va Maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish xalq deputatlari Kengashi qoshidagi Xalq kengashining vazifasiga kiradi. Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmasi kengashi a'zolari turli xildagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. U maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy texnik ba’zasini mustahkamlash, yangi tashkilotlarni qurish, mablag' bilan ta'minlash, kadrlar tanlash ishlariga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yo'lga qo'yadi, metodik materiallar bilan ta'minlaydi. Idoralar jamoat tashkilotlari hamda shaxsiy tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Alohida olingan maktabgacha ta'lim tashkilotining ishidagi kollegional, demokratik usullarga yordam berish va qo'llash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida jamoatchilik asosida ish olib boradi va kengashida ko'riladi.
Kengash homiylik qiluvchi tashkilotlarning eng faol va manfaatdor bo'lgan xodimlardan, ota-onalar jamoatchiligidan, maktab vakillaridan, maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlaridan tibbiy yordam xizmatchilaridan, mahalla qo'mitasi vakiilaridan iborat bo'ladi. Ta'limning mablag'i davlat mablag'idan tashkil topadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli boshqarma bo'limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish, tashkiliy-pedagogik hamda metodik ishlarga rahbarlik qilish, maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlarini aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik- dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) tashkilotlar tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etadi, tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash, uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash, bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi tomonidan tushadigan ariza, xat va shikoyatlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega.
Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish, maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik davlatlari pedagogika fanini o'rganish. Respublika Vazirliklari rahbar xodimlari va maktabgacha ta'lim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi. Tashkiliy va pedagogik masalalarga bag'ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayyorlash va o'tkazishni tashkil etadi, Ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik o'qishlar, seminarlar, avgust anjumanlarini tashkil etadi.



Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin