Pedagogik kengash shakllari. Reja: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari


Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə6/9
tarix22.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#101640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni:
- Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi.
- kengash yig'ilishlari o'quv yili avvalidan boshlanib har chorakda bir marta o'tkaziladi. Zaruriyat bo'lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o'tkazilishi mumkin.
- kengash a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko'pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi.
- navbatdan tashqari chaqirilga yig'ilishda esa kengash a'zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.
- ovoz berish tartibi kengash yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan belgilanadi.
- pedagogika kengashi tarkibiga tashkilot shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'ini a’zolari kirishi mumkin.
- kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi tashkilotda bir oy oldin e'lon qilinadi.
- kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki tashkilot ma'muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.
- kengashda tashkilotning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o'zlashtirishi, tashkilotning sanitar-gigiyenik ahvoli va
tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va tashkilot faoliyatining boshqa masalalari ko'rib chiqiladi.
- kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi.
- kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta'lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo'nalishlarini belgilaydi.
- kengash ta'Iim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardag faoliyatini tahlil qiladi va ta'lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi.
- kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.
- kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim.
- Kengashda ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur.
- Kengash qarori ijrosini nazorat qilish tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin