21
fakultetlarini tugatish to‘g‘risidagi takliflar qanoatlantiriladi. Demak,
Vazirlar Mahkamasi qaroridan oliy ta’lim maktabi o‘qituvchisining kasbiy
kompetensiyasini takomillashtirish yuzasidan davlat homiyligi ko‘zga
tashlanadi. Shu o‘rinda, mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan taklif va
mulohazalarimizni bildirishni lozim topdik.
Bosh ilmiy metodik markaz
mintaqaviy va tarmoq markazlari yuridik shaxs hisoblanadi. Malaka
oshirish xizmatlari uchun ma’lum miqdorda to‘lovlar joriy etilmoqda. Bu
albatta, ba’zi mahoratli o‘qituvchilar uchun iqtisodiy qiyinchiliklar
tug‘dirishi mumkin. Barcha tashkiliy masalalarni umumlashtirgan holda
quyidagicha taklif berar edik:
• mintaqaviy va tarmoq markazlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oliy
ta’lim o‘qituvchisi Bosh ilmiy metodik markazga davlat granti asosida
malaka oshirishga jalb etilishi lozim.
• pedagog kasbiy kompetensiyasi bo‘yicha sertifikat uchun imtihon-
sinov topshirilishi belgilanishi ko‘zda tutilishi kerak.
• sertifikatli o‘qituvchilar
uchun ilmiy izlanishlar, pedagogik faoliyat
yuzasidan imtiyozlar berilishi lozim.
• sinov va baholash imtihonlari uchun kasbiy kompetensiyaga xos to‘rt
yo‘nalish asos qilib olinmog‘i darkor:
a) mutaxassisligi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari;
b) pedagogik mahorati;
g) shaxsiy sifatlari;
d) dunyoqarashi.
Shunday qilib, pedagog kasbiy kompetensiyasiga ega bo‘lish hamda
ana shu vakolatni tasdiqlovchi sertifikatni qo‘lga kiritish o‘qituvchining
yanada o‘sib borishi, bilimlarining takomillashi shi, o‘z ustida ishlashi
imkoniyatlarini yaratadi, o‘z kasbiga muhab bat va ishonch uyg‘otadi.
Biz yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, kompetensiya, ayniqsa, kasbiy
kompetensiya shaxsning jamiyatda tutgan o‘rnini belgilar ekan,
jamiyat
ham yuqori malakali kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan mutaxassislar
tayyorlashdan manfaatdor bo‘ladi.
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniy o‘zining
axloqiy-didaktik mazmundagi “Turkiy guliston yohud axloq” asarida
hulqlarni yaxshi-yomonga ajratar ekan, o‘z mulohaza larini Gippokrat,
22
Pluton, Aristotel, Sa’diy Sheroziy va Bedil fikrlari
bilan dalillagan holda
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini, uning
uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy hulqlardan hisoblaydi.
“Vatan – bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakati, uni
qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak”, – deydi. Abdulla Avloniy o‘z
asarlarida ta’lim-tarbiya to‘g‘risida to‘xtalib, “Tarbiya bizlar uchun yo
hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” –
degan edi.
Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va
garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masala, uning maqsadi
va vazifasi komil inson tarbiyasidir, ta’lim-tarbiya ajratib bo‘lmaydigan
uyg‘unlikdir.
13
Yuqoridagi
fikrlarni
umumlashtirgan
holda
pedagog
kasbiy
kompetensiyasi mohiyatining teng yarmini tarbiyaga oid munosabatlar
tashkil etishini ko‘ramiz. Pedagogning jamiyat oldidagi eng muhim burchi,
faoliyatining natijasi komil inson tarbiyasidir.
Dostları ilə paylaş: