Педагогик компетентлик


Kompetensiya – huquqshunoslik atamasi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
uslubiy qo\'llanma

Kompetensiya – huquqshunoslik atamasi. Aniq organ yoki 
shaxsning vakolatiga kiradigan huquq va burchlari bo‘lib, davlat va jamoat 
tizimida mazkur insonning o‘rnini belgilaydi. Huquqshunoslik mazmuniga 
ko‘ra, kompetensiya quyidagi unsurlarni o‘z ichiga oladi: targ‘ib etiluvchi 
predmetlar (hududlar, hodisalar, harakatlar, ma’lum bir doirada yuritiladi), 
ma’lum organ va shaxsning o‘z faoliyati uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan 
huquq va burchlari, vakolatlari yig‘indisidir.
Kompetensiya (ijtimoiy huquq). Bu aniq bir sub’ektning boshqaruv 
jarayonlari uchun qonun bilan belgilab qo‘yilgan vakolati bo‘lib, ma’lum 
bir ijtimoiy vazifa ana shu vakolat zimmasiga yuklatilgan bo‘ladi.
Kompetensiya boshqaruv vakolati. Bu ma’lum bir kasbiy vazifalarni 
hal etishda mutaxassis (xodim)ning shaxsiy vokolati sanaladi.
Madaniyatlararo kompetensiya. Boshqa madaniyat nomoyanda lari 
bilan muvaffaqiyatli til topish qobiliyati.
Tashkilotning asosiy kompetensiyasi. Tashkilotning raqobat 
bardoshligini ta’minlovchi omil bo‘lib, raqobat kurashida asosiy tayanch 
vositasi sanaladi.
Kompetensiya hududi. Shaxs yoki jamoaning bilim va mahorati 
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘z vazifasini oliy va raqobatbardoshli 
doirasida amalga oshiradilar.
1983 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan 
ruscha-o‘zbekcha lug‘atda “kompetentnost” – “chuqur bilimga egalik”, 
“chuqur bilimga asoslanganlik”, “xabardorlik”, “omilkor lik” deb o‘zbek 


17 
tiliga o‘girilgan. “Kompetentnыy” – yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, 
puxta bilimli, yaxshi biladigan, kompetensiyaga ega bo‘lgan, vakolatli
masalani ko‘rib chiqishga haqli, ma’nolarida tarjima qilingan. 
“Kompetensiya” – biron-bir kishi xabardor bo‘lgan soha yoki masala
huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va 
adabiyot instituti tomonidan 1981 yilda chop etilgan ikki tomlik “O‘zbek 
tilining 
izohli 
lug‘ati”da “kompetensiya” tushunchasi butunlay 
kiritilmagan. Umuman, mamlakatimizda har qanday sohaga, xususan, 
pedagogik faoliyatga kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv keyingi 
besh yil davomida qo‘llanila boshlandi.
O‘zbek tilining o‘ziga xos morfologik va semantik xususiyatlari nuqtai 
nazaridan yondoshgan holda “kompetensiya” atama va tushunchalari 
lotinchadagi “competere” – “munosib”, “competo”– “munosibman” yoki 
“erishaman” so‘zlariga yaqin ma’noda ishlatilsa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga ko‘ra, 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin