8
O‘qituvchilar umumta’lim fanlarini o‘qitish darsining mazmuniga
mediamadaniyat va mediaxavfsizlik tushunchalarini singdirib borishi,
ularga
axborot
texnologiyalarining
cheksiz ijobiy
imkoniyatlari,
afzalliklari bilan bir qatorda salbiy ta’siri va oqibatlaridan o‘zini
himoyalash yo‘llarini ham o‘rgatish lozim. Bunda talabalarda axborot
bilan ishlash kompetensiyasini quyidagilarni inobatga olgan holda
rivojlantirish maqsadga muvofiqdir:
– talabalarda axborot texnologiyalarining hayot va jamiyatdagi roli,
imkoniyatlari va qo‘llash doirasi, shuningdek, uning salbiy oqibatlari va
ulardan himoyalanish haqidagi tushunchalarni shakllantirish;
– ta’lim olish va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida elektron resurslar,
o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-metodik mahsulotlarning afzalliklarini
anglash va qo‘llashni o‘rgatish;
– masofadan ma’lumot almashish lokal va global tarmoqda ma’lumot
qidirishni va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-hatardan
saqlanish hamda mediamadaniyat qoidalariga rioya qilish.
Yoshlarimizda yangi zamonga mos hayotiy mo‘ljallarini belgilashda
chalg‘imaslik, axborot makonida o‘zlariga kerakli manzilni aql-idrok,
halollik va mehnatsevarlik bilan topish, Vatan taraqqiyoti va yurt
faravonligiga o‘z hissasini qo‘shish kabi fazilatlarni tarbiyalash biz
pedagoglarning burchidir.
Dostları ilə paylaş: