Педагогик компетентлик


Ijtimoiy-huquqiy kompetensiya



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
uslubiy qo\'llanma

2. Ijtimoiy-huquqiy kompetensiya – ta’lim jarayonining me’yoriy-
huquqiy asoslari, xususan, uni modernizatsiyalash borasidagi hujjatlar 
yuzasidan bilimlar, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi 
qoidalari hamda me’yorlariga amal qilish, bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy 
yomon illatlardan muhofaza qilishni bilish, ta’lim jarayonida talabalarning 
hayoti va salomatligini asrashni bilish, oliy ta’lim muassasasi va auditoriya 
hujjatlarini yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lish demakdir.
3. Ma’lumotlilik kompetensiyasi – kasbiy faoliyati bo‘yicha 
belgilangan vazifalarni yechish uchun umumiy va maxsus nazariy fan 
asoslarini to‘laligicha bilish, pedagogik fanlar va ta’lim tarqqiyotining 
asosiy 
yo‘nalishlari 
haqida 
bilimga 
ega 
bo‘lish, 
axborot 
texnologiyalarining turli manbalari bilan ishlashni bilish (bosma, elektron, 
internet) ma’lumotlardan maqsadga muvofiq samarali foydalanishni bilish 
ko‘nikmasidir. 


33 
4. Metodik-texnologik kompetensiya – kasbiy faoliyatni chuqur 
anglash va uning ijodiy tabiatini ro‘yobga chiqarish. O‘z malakasini 
takomillashtirish uchun bilimlarini oshirib borishga tayyorligi, oliy ta’lim 
darsliklari va dasturlari borasidagi bilimlari, ular yordamida yillik 
mavzularga oid rejalar ishlab chiqishni bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini 
o‘zi o‘qiyotgan fan, soha talablaridan kelib chiqqan holda darsda va 
darsdan tashqarida faoliyat olib borishi, turli-tuman metodlar, usullar va 
o‘quv jihozlari (kompyuter va boshqalar)dan foydalanishni bilishi
ta’limga shaxsiy yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan yondoshuv, mazmun-
mohiyatini yaxshi tushunishi, guruh rahbari vazifasini bajara olishga 
tayyorgarligi, bunda shaxs madaniyatining barcha yo‘nalishlari bilan 
bog‘liq barcha vazifalarni yecha bilishi, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni, belgilangan maqsad va vazifalarni yechishga mos tarzda 
qo‘llay bilishi, talabalarning shaxs sifatida shakllanishi uchun tarbiyaviy 
va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ishlari orqali turli ijtimoiy tabaqalar bilan 
hamkorlikda (talabalar jamoasi, oila, qo‘shimcha ta’lim tizimi, madaniy-
ma’rifiy ishlar) ta’sir ko‘rsata olishidan iborat.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin