33
4. Metodik-texnologik kompetensiya – kasbiy faoliyatni chuqur
anglash va uning ijodiy tabiatini ro‘yobga chiqarish. O‘z
malakasini
takomillashtirish uchun bilimlarini oshirib borishga tayyorligi, oliy ta’lim
darsliklari va dasturlari borasidagi bilimlari, ular yordamida yillik
mavzularga oid rejalar ishlab chiqishni bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini
o‘zi o‘qiyotgan fan, soha talablaridan kelib
chiqqan holda darsda va
darsdan tashqarida faoliyat olib borishi, turli-tuman metodlar, usullar va
o‘quv jihozlari (kompyuter va boshqalar)dan
foydalanishni bilishi,
ta’limga shaxsiy yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan yondoshuv, mazmun-
mohiyatini yaxshi tushunishi, guruh rahbari
vazifasini bajara olishga
tayyorgarligi, bunda shaxs madaniyatining barcha yo‘nalishlari bilan
bog‘liq barcha vazifalarni yecha bilishi, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni, belgilangan maqsad va vazifalarni yechishga mos tarzda
qo‘llay bilishi, talabalarning shaxs sifatida shakllanishi
uchun tarbiyaviy
va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ishlari orqali turli ijtimoiy tabaqalar bilan
hamkorlikda (talabalar jamoasi, oila, qo‘shimcha ta’lim tizimi, madaniy-
ma’rifiy ishlar) ta’sir ko‘rsata olishidan iborat.
Dostları ilə paylaş: