Педагогик компетентлик


O‘qituvchilarni professional tayyorlashning zamonaviy modeli



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
uslubiy qo\'llanma

O‘qituvchilarni professional tayyorlashning zamonaviy modelini 
(andozasini) hayotga tatbiq etishdan ko‘zlangan maqsad kadrlar tayyorlash 
sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish, pedagogika oliy o‘quv 
yurtlari bitiruvchilarining harakatchanligi va o‘zlari tanlagan kasb 
yo‘nalishlarida dadil faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratib beradi.
O‘qituvchilarni professional kasbiy tayyorlashning turli-tuman 
modellari ichida kompetensiya modeli ham alohida o‘rin tutadi. Shu 
o‘rinda, kasbiy kompetensiya va pedagogning professionallik masalalarini 
bir-biridan ajratib olishimiz darkor. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy 
pedagog olimlar ning izlanish va tadqiqotlariga e’tibor qaratar ekanmiz, bir 
qator tayanch pedagogik atamalarni tilga oldik. Bu atama va 
tushunchalarning mazmun-mohiyati bir-birini to‘ldirib, pedagogik faoliyati 
qirralari sifatida, ma’lum atama unsurlari sifatida qo‘llanildi, ular:
• pedagogik mahorat; 
kasbiy tayyorgarlik


37 
• professionalizm;
• pedagogik kompetensiya; 
• kasbiy kompetensiya; 
• zamonaviy pedagog; 
• zamonaviy o‘qituvchi; 
• zamonaviy model; 
• pedagogik kompetensiya modeli; 
• professional tayyorlashning zamonaviy modeli. 
Biz keltirayotgan atamalarni qo‘llashdagi kamchiliklar, birinchidan rus 
tili yoki boshqa xorijiy tillardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib olishdagi 
nuqsonlar hisoblanadi. Ikkinchidan, ularning mazmunini bilmay turib, 
qanday ma’noda qo‘llanilayotgan ligini anglamay turib, maqsadimizni 
to‘g‘ri belgilay olmaymiz. Mazkur uslubiy qo‘llanmamizda, biz oliy ta’lim 
o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi masalasida fikr yuritar ekanmiz, uni 
darsga tayyorgarligi masalasida emas, o‘zining umumiy faoliyatini 
bajarish borasidagi tayyorgarligi to‘g‘risida to‘xtalishni vazifa qilib 
qo‘yganmiz.
Rene Dekard ta’kidlaganidek, “So‘zni to‘g‘ri aniqlab oling, shunda siz 
dunyoni tushunmovchiliklarining teng yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz”. 
Demak, pedagogik mahorat o‘z kasbiy faoliyatida turli usullarni, yo‘llarni 
mahorat bilan qo‘llab, o‘z faoliyatini muvaffaqiyat bilan bajarish 
demakdir. Pedagogik professionalizm ana shu mahoratni oliy darajadagi 
nazariy va amaliy bilimlarni, tajribalarni, mahoratni qo‘llagan holda 
bajarish demakdir. Demak, u mahoratga nisbatan ancha baland darajani 
aks ettiruvchi tushuncha hisoblanadi. Unda kompetensiyani qaysi o‘ringa 
qo‘yish mumkin?
Professonalizm – o‘z kasbining ustasi degan ma’noni beradi. 
Kompetensiya esa o‘z kasbiga munosib, o‘z kasbini har tomonlama 
uddalay oladi degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, pedagogik kasbiy 
kompetensiya professionalizm bilan mahoratli yoki pedagogik mahorat 
o‘rtasida turuvchi tushuncha ekan. O‘zbek tilida “professionalizm”ni 
“master”– “usta”, “masterstvo” – “mahorat” so‘zlari bilan umumlashtirib, 
ustoz atamasini ham qo‘llash mumkin. Ammo xalqaro andozalardan kirib 


38 
kelgan “professionalizm” va “kompetensiya” tariqasida qo‘llashni 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shu ikki atamani tushuntirish, 
ularning farqini aniqlash orqali o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi 
masalasi haqidagi fikrimizni dalillashga harakat qilamiz. Kasbiy 
tayyorgarlikning eng asosiy qismi hisoblangan nazariy tayyorgarlikni 
avval tahlil qilib olamiz.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar 
ularni hayotga tatbiq etish o‘qituvchi zimmasiga kelib tushadi. Aynan 
o‘qituvchi barcha yangiliklarni amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi eng 
asosiy shaxs hisoblanadi. Turli innovatsion g‘oyalarni amaliyotga 
muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun yangi sharoitlarda oldinga qo‘yilgan 
vazifalarni 
bajarish 
uchun 
pedagog 
zarur 
darajadagi 
kasbiy 
kompetensiyaga va professionalizmga ega bo‘lishi lozim.
14
To‘g‘risini 
aytish kerak, dunyo olimlari oldida keyingi o‘n yilliklarda “pedagogik-
professionalizm”ga nisbatan “kasbiy kompetensiya” psixologik fanlarning 
o‘rganish ob’ektiga aylandi, ammo ko‘p hollarda KZK, ya’ni kasbiy zarur 
kompetensiyalar doirasida ilmiy izlanishlar olib borildi. Ularni 
shakllantirish va baholash bilan shug‘ullandilar. Natijada inson 
professional sifatida psixologik nuqtai nazaridan nimani anglatadi, kasbiy 
faoliyat sub’ekti sifatida o‘z ishining ustasi, boshqa odamlardan qanday 
hislatlari bilan ajralib turadi, degan savollarga javob topilmay qoldi, 
albatta, “kasbiy kompetentlik” va “professionalizm” tushunchalari ham 
o‘qituvchi faoliyatiga beriladigan baho sifatida qo‘llanila boshladi. 
“Professionalizm” bu atamaning ilmiy ma’nosi turli sharoitlarda murakkab 
faoliyatni muntazam ravishda samarali va ishonchli bajara oladigan inson 
xususiyati demakdir. Inson tomonidan kasbiy faoliyati psixologik 
tizimning shunday darajasiki, u jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yor va 
ob’ektiv talablarga mos keladi. Profssionalizmga erishish uchun istak, 
izlanuvchanlik, doimo o‘qish-o‘rganishga tayyorgarlik va o‘z mahoratini 
oshirib borish kabi qobiliyatlar zarur bo‘ladi. «Professionalizm» 
tushunchasi mehnatning oliy-malakali ekanligi bilan cheklanib qolmaydi, 
balki bu insonning eng muhim dunyoqarashi ham demakdir. Albatta, 
14
Дружилов С.А.Профессиональная компетентности и профессионализм педагога. Психологический подход. 
Сибирь. Философия. Образование. Альманах. С.О.РАО. ИПК, г., Новокузневск –2005. № 8.


39 
o‘qishni bitirgandan so‘ng oliy o‘quv yurtini tamomlagan odamga diplom 
beriladi. Bu albatta, bitiruvchining professional ekanligidan dalolat 
bermaydi. Yaqin-yaqingacha oliy o‘quv yurtini bitirib kelgan kishini “yosh 
mutaxassis” deb atashar edi. Bu unga berilgan maqom. Bugungi kunda 
berilyotgan “Magistr” malakasi ham shular jumlasidandir. Unga kasbiy 
tajriba oshirishi uchun ancha vaqt va sharoit zarur bo‘ladi. Shunday qilib, 
diplomli, malaka darajasini ko‘rsatuvchi sertifikatli inson uchun albatta 
bular zarur hujjat, ammo ularning professional bo‘lib yetishishlariga 
to‘laqonli imkoniyat bermaydi. Inson bunday xususiyatga maxsus 
tayyorgarlik va ko‘p yillik ish tajribasi orqali erishadi. Aytish joiz bo‘lsa, 
balki erisha olmas ham. Faqat “professional” sanaladi, xolos. 
Insonda 
professionalizmni 
tashkil 
etuvchi 
unsurlardan 
biri 
kompetensiya hisoblanadi. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy olimlar 
tomonidan unga turli-tuman tushunchalar, har xil fikrlar berilayotganligi 
haqida fikr yuritgan edik. Xorij adabiyotlarida kompetensiyani “chuqur 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin