Педагогик компетентлик


bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
uslubiy qo\'llanma

bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”, 
“faoliyatni dolzarb va tezkorlik bilan bajarish qobiliyati”, deb 
tushuntirishga urinadilar.
Kasbiy 
kompetensiya 
mutaxassisning 
kasbiy 
tayyorgarligi 
jarayonlarida shakllanadi va takomillashib boradi. Oliy o‘quv yurtida olib 
borilgan ta’lim kasbiy kompetentlik asoslarini shakllanishi jarayoni deb 
qaralsa, malaka oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya 
takomillashuvi va yanada chuqurlashuvi jarayoni sanaladi hamda 
kampetensiyaning oliy darajaga ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda, 
albatta, “kompetentlik” va “kvalifikatsiya – “malaka” tushunchalarining 
pedagogik mohiyatini bir-biridan farq qila bilishni talab qiladi. Mutaxassis 
uchun berilgan malaka undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi, 
balki o‘quv jarayonlari davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim 
standartlari talablariga javob berishini ta’minlaydi. Kvalifikatsiya bu 
kasbiy ta’limning shunday turi va darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis 
uchun ma’lum bir ish joyida ishlash imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi 
uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga ega bo‘lmay turib, malaka oshirishi 
mumkin. Shulardan ko‘rinib turibdiki, “professionalizm” tushunchasi 
“kasbiy kompetensiya” tushunchasiga nisbatan ancha kengroqdir. 


40 
Professional – o‘z kasbining ustasi bo‘lish, nafaqat bilish, ularni qanday 
amalga oshirishni bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq 
eta olish hamda samarali natijalarga erishishi ham demakdir. 
Professionalizm deganda, unga baho berishda, so‘z samarali kasbiy 
faoliyat to‘g‘risida bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va 
professionalizm haqida va ularni bir-biridan ajratib turuvchi jihatlari 
to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak, professionalizm mutaxassis kasbiy 
jihatdan 
o‘sishining turli qirralarini aks ettiradi va kasbiy 
kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida ta’minlaydi. 
1. Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi kasbiy kompetentlik oliy 
darajadagi kasbiy faoliyat hisoblanib, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus 
bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni amaliyotda qo‘llay olishni bilish 
demakdir. 
2. Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladi gan faoliyat 
usullarini egallaganlik, kasbiy muloqot usullariga ega bo‘lish.
3. Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini namoyish qilish va 
rivojlantirish, kasbiy deformatsiya, tanazzulni oldini olish, usullarini 
egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni 
rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni anglash 
xususiyatlari ham kiradi.
4. Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini 
egallaganlik, kasbiy o‘sishga tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr-toqat 
hislatlari bilan xarakterlanadi.


41 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin