42
samaradorligini oshirishda o‘qitishning zamonaviy usullari, shakl va
vositalari, o‘yin texnologiyalari, muammoli o‘qitish va mustaqil ta’lim
turlari muhim o‘rin tutadi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida (OTM)
talabalar mustaqil ta’limi mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish
hamda amalga oshirish usullarini takomillashtirish borasida chuqur ilmiy-
pedagogik izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida
talabalarning mustaqil
ta’limini tashkil etish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 21
fevraldagi 34-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan «Talabalarning mustaqil
ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi» to‘g‘risidagi
namunaviy Nizom asosida amalga oshirilmoqda. Albatta, ko‘pgina oliy
ta’lim muassasalarida talabalarning nazariy va amaliy mustaqil ta’lim
olishlari uchun katta imkoniyatlar mavjud. Biroq, ko‘p hollarda o‘quv-
tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish masalasiga dolzarb pedagogik muammo
sifatida qaralmaydi, mustaqil ta’lim mazmunini tahlil etish va ishlab
chiqishga zamonaviy
nuqtai nazardan yondashilmaydi, uning samarali
metod, shakl hamda vositalaridan foydalanishga yetarlicha e’tibor
berilmaydi. Bu va shunga o‘xshash boshqa masalalar oliy ta’lim
muassasalarida bakalavrlar tayyorlashda talabalarning mustaqil ta’limini
tashkil etish, amalga oshirish, nazorat qilish borasida qator pedagogik
muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.
Mazkur masalalarni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish, ta’lim
jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini
e’tiborga olish va mustaqil bilim egallashlari
uchun yetarli shart-sharoit
yaratib berish zarurati, oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining talabalar
mustaqil ta’lim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish
bo‘yicha kasbiy-pedagogik tayyorgarligining
zamon talablari darajasida
emasligi, talabalarda mustaqil ta’lim olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalarining yetarli darajada shakllanmaganligi, talabalar mustaqil
ta’lim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid
o‘quv-metodik
adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, yo‘riqnomalar,
ko‘rsatmalarning yetarli emasligi natijasida OTM larda tayyorlanayotgan
bakalavrlarning ayrimlarida mustaqil holda qaror qabul qilish va o‘z nuqtai
43
nazarini himoya qila olish ko‘nikmalarini to‘liq shakllanmaganligi
muammoning
nihoyatda
dolzarbligini
ko‘rsatadi (Rosina, 2006;
Boltabaeva, Dadamirzaev, 2008).
Ushbu uslubiy qo‘llanmaning maqsadi Oliy o‘quv
yurtlarida
malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda mustaqil ta’limning o‘rni, uning
ijodiy fikrlaydigan, mustaqil faoliyat yuritadigan, o‘z-o‘zining kasbiy
takomillashuvini nazorat qiladigan shaxslarni tarbiyalashdagi o‘rnini
ko‘rsatish va bo‘lajak mutaxassisning kompetentligini shakllanishida
uning rolini tahlil etishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: