36
ko‘ndalang qo‘yadi: bunda zamonaviy ta’lim tajribalaridan kelib chiqib,
o‘qituvchilar tayyorlashning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan model
tavsiya etiladi, bu ishga turli sohalarga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv
muassasalari jalb qilinadi.
Davlat tomonidan tavsiya etilgan umumiy ta’lim modelining
instrumental qismi, ya’ni qo‘llanmalar tayyorlash bo‘limi alohida qayta
tashkil etishga molik. Chunki o‘qituvchining bugungi kun talab
darajasidagi tayyorgarligi masalasi shunga bog‘liqdir. O‘qituvchi
faoliyatining ilmiy-metodik ehtiyojlari turli yo‘nalish va sohalaridagi
ta’lim maskanlariga moslashtiriladi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimida qo‘llanib kelinayotgan mavjud model
qolipi barcha uchun umumiy hisoblanadi. Uning talablari omma uchun
tushunarli bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Qo‘llashda esa aniq reja va maqsadlar
belgilab olinadi. Umumiy model qolipi bilan cheklanib qolmay, balki
instrumental-model andozasini ishlab chiqish zamon talabidir. Bu yangi
model tizimida o‘qituvchi-murabbiyning vazifalari, kompetentligi, ilmiy
tadqiqotlar, ilmiy-nazariy metodlar, ijtimoiy-pedagogik, madaniy-ma’rifiy
masalalar, tashkiliy, boshqaruv va taraqqiy etishni yo‘naltirish masalalari
o‘z aksini topishi lozim.
Dostları ilə paylaş: