Педагогик компетентлик



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
uslubiy qo\'llanma

Refleksif bilish – o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra, narsa va hodisalardan 
ta’sirlanish orqali bilish, pedagogning o‘ziga yo‘naltirilgan o‘z faoliyatini 
nazorat qilish va baholash faoliyatidir. Uni pedagogik vazifalarni 
yechishning so‘nggi bosqichi, ta’lim-tarbiya faoliyatiga yakun yasash 
muolajasi hisoblaydilar. Refleksiya o‘z faoliyati va holatini tahlil qilish, 
aks ettirish niyatida orqaga bosib o‘tilgan faoliyatiga nazar tashlash 
demakdir.
Refleksiya – bu pedagogik faoliyat sub’ekti tomonidan bilish va 
anglashgina emas, balki pedagogning kim ekanligini boshqalar (talabalar, 
hamkasblar, ota-onalar) tomonidan bilishi va anglashi, uning o‘ziga 
xosligi, his-hayajoni va kognetiv tasavvurlarini ijodiy tushunish 
demakdir.
15
Biz o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi to‘g‘risida fikr yuritar 
ekanmiz, 
ko‘z o‘ngimizda o‘qituvchini nazariy bilimlar bilan 
qurollantirishni ham nazarda tutishimiz mumkin, ammo pedagogik 
kompetensiyaning o‘ziga xosligi shundaki, eng avvalo, pedagog o‘z ustida 
ishlashi, o‘z kasbiy mahoratini, o‘z kompetensiyasini takomillashtirib 
borishga tayyorligida ko‘rishimiz mumkin. 
Mamlakatmizda kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan, pedagogik 
mahoratli, nazariy-amaliy bilimlarni chuqur egallagan, ma’naviya ti 
yuksak pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish nuqtai 
nazaridan yondoshilmoqda, ammo nazariy va amaliy tayyorgarlik 
masalalarida anchagina muammolar bor. Birinchi navbatda, oliy 
ma’lumotli o‘qituvchi magistr oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib 
15
Сластенин В., Исаев И., и дрг. Педагогика. Учебная пособя.


56 
borishi mumkin, ammo unga qo‘yiladigan nazariy va amaliy 
tayyorgarliklar tizimi belgilab qo‘yilishi va davlat standarti me’yorlari 
tizimi ishlab chiqilishi darkor.
Barkamol avlod haqida so‘z borganda, “O‘tgan yillar davomida katta 
kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik 
bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim 
ekanini barchamiz yaxshi tushunishimiz darkor”,– degan edi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
16
Raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlash tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ilmiy kadrlarni 
tayyorlashda dunyo standartlariga mos ravishda fan doktori ilmiy 
darajasiga o‘tildi.
– Ilmiy pedagogik kadrlar(professor, dotsent), ular yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlaydi, yangi bilimlar va yangi g‘oyalarni yaratadilar.
– Pedagogik kadrlar (pedagogik o‘qituvchilar, muallim va 
tarbiyachilar) shaxsni tarbiyalaydilar, yangi bilimlarni shakllanti radilar. 
Ilmiy-pedagog 
kadrlar 
faoliyati 
natijasida 
yetishtiriladigan 
mutaxassislar, zamonaviy kasbiy mahorat, ko‘nikma, bilimlarga ega, 
mustaqilligimiz g‘oyalariga sodiq, vatanga muhabbat, umuminso niy 
qadriyatlarni biluvchi, milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalangan 
bo‘lishi darkor. 
Ilmiy-pedagogik xodimlar mehnati inson omillarini shaklla nishini 
ta’minlashi kerak. Bu shakllanish jamiyat tarqqiyoti bosqichlari uchun 
zarur va talablariga mos bo‘lishi lozim. Ilmiy-pedagogik kadrlar nafaqat 
bilimlar majmuasiga, balki olamni yaxlit, murakkab va doimo tarqqiy 
etuvchi sistema sifatida qabul qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. 
Pedagogik va psixologik bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak.
Ijodiy o‘qitish va tarbiyaning intensiv usullari hamda yangi 
texnologiyalarini o‘zlashtirgan, ulardan foydalanayotgan bo‘lish lari kerak. 
Ular o‘z bilimlarini doimo takomillashtirib borishlari zarur. Ilmiy 
pedagogik kadrlarni tayyorlashning bu shartlari hozirgi zamon 
pedagogikasi, pedagogning kasbiy kompetensiyasi mezonlariga mos 
keladi. Bizning fikrimizga ko‘ra, pedagoglarni “ilmiy-pedagogik” 
tushunchasi bilan nazariy jihat dan cheklab qo‘ymasligimiz zarur. 
16
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. Тошкент- 2000. 


57 
Pedagogika sohasida yuksak mahorat va oliy natijalarga erishgan 
o‘qituvchilarga “ustoz-pedagog” atamasini qo‘llashimiz maqsadga 
muvofiq bo‘lib, ustoz-pedagogni quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin