O‘qituvchining maxsus tayyorgarligi. Bunda o‘qituvchining o‘z
mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ko‘zda tutiladi.
Maxsus bilimlar. O‘z predmetini ilmiy darajada bilish. Mazkur
fanning zamonaviy yutuqlari va istiqbolli yo‘nalishlarini va rivojlanishi
darajasini bilish. Ushbu tarmoq ishlab chiqarishning bugungi kundagi
yutuqlarini bilish. O‘z sohasi bo‘yicha davlat standartlaridan xabardorlik.
Oliy o‘quv yurti bo‘yicha va predmetiga ko‘ra, qo‘llaniladigan darsliklarni
bilish.
Peredmetni
o‘qitishning maqsad va vazifalarini bilish.
69
Mutaxassislar tayyorlash tizimida o‘z mutaxassisligi qanday ahamiyat
kasb etishini bilish.
Maxsus bilish, ko‘nikma. Aniq bir kasbni mukammal bilishi.
O‘qituvchining
pedagogik
va
psixologik
tayyorgarligi
Muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan pedagogika va
psixologiya sohalari bo‘yicha zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari.
Pedagogik-psixologik bilimlar. Oliy maktab pedagogika va
psixologiya bilimlari (ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, talabalar
psixologiyasi va boshqalar), pedagogik faoliyat nazariyasi bo‘yicha
bilimlar, oliy kasbiy ta’limning zamonaviy konsepsiyalari to‘g‘risida
bilimlar, o‘z predmeti bo‘yicha o‘qitish metodikasini bilish.
Pedagogik bilimlar:
• diagnostika;
• prognostik;
• loyihalash;
• konstruktivlik;
• kommunikativlik;
• tashkilotchilik;
• tahlil qilish.
70
Professionogramma № 1.
Dostları ilə paylaş: |