obstrakt, tashkiliy, insonni bilish, hissiy, pedagogik muloqot,
identifikatsion bilish, pedagogik texnikani bilish, boshqa sohalarni,
badiiy (qo‘shiq aytish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, adabiyot
va jurnalistika janrlarini bilishda ijod qilish, rol o‘ynash va boshqalar),
sport, turizm, ma’ruza o‘qish qishloq xo‘jaligi ishlari, ustachilik, to‘garak
ochish kabi sohalardan bir nechtasini bilish foydadan holi bo‘lmaydi.
To‘g‘ri tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar muhim tarbiyaviy va amaliy
ahamiyatga ega bo‘ladi hamda bo‘lg‘usi o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasi
shakllanishi, takomillishuvining aspektlari sifatida ko‘zga tashlanadi. Eng
avvalo, didiktikaning asosiy pirnsipi bo‘lmish nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash imkonini beradi hamda quyidagi vazifalarni bajarish
yo‘llarini ko‘rsatadi:
• bo‘lg‘usi kasbiy tayyorgarlik uchun amaliy bilish va ko‘nikmalarni
shakllantiradi.
• ma’ruzalar va mustaqil o‘qish mobaynida olgan bilimlarni yanada
chuqurlashtiradi, mustahkamlaydi, aniqlashtiradi.
60
• o‘rganilayotgan hodisalarni kuzatish va izohlab berish qobiliyatini
rivojlantiradi.
• o‘z-o‘zini takomillashtirish sari yetaklaydi.
Shunday qilib, talabalarning amaliyot faoloiyatini oliy o‘quv yurtlari
o‘quv mashg‘ulotlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Amaliyotchi-talaba
o‘zlashtirgan bilimlarini qo‘llagan holda pedagogik faoliyatning yangi
ufqlariga qadam tashlaydi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida pedagog
innovatsion faoliyatga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodolo giya va
o‘quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi,
yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo‘ladi;
2. Ta’lim mazmunini insonpavarlashtirish doimo o‘qitish ning
yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
Pedagog innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritish ning
samaradorligini belgilovchi muayyan shartlardan foydalanish ni talab
qiladi. Bunday me’yorlarga – yangilik – maqbullik, yuqori natijalilik,
ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi.
Pedagogning innovatsion faoliyati - o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish
va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini
shakllantirish. Ushbu
rejani
amalga
oshirish
va
tahlil qilish,
samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari pedagogning innovatsion faoliyatga
hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastinin).
1. Innovatsion faoliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash;
2. Ijodiy faoliyatga talab qilinishiga tayyorgarlik;
3. Shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashti rish;
4. Innovatsion faoliyatni ijro etish texnologiyasiga tayyorgar lik
darajasi.
Innovatsion
jarayonlari,
ularning
funksiyalari,
rivojlanish
qonuniyatlarining pedagogik asoslarini o‘rganish o‘quv jarayonini
zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon
standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
61
Demak, o‘qituvchi, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar,
konsepsiyalar muallifi, tadqiqotchi, foydalanuvchi va targ‘ibotchi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Hozirgi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi
innovatsion faoliyatiga bo‘lgan talablar quyidagilar bilan aniqlanadi:
• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi metodologiya va o‘quv
jarayonining texnologiyasini tubdan yangilanishni talab qiladi. Bu
sharoitda o‘qituvchi innovatsion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish,
o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;
• ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, o‘qitishning yangi
shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritish ning
samarasini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunday me’yorlarga yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy
tajribalarda innovatsion ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik
pedagogik yangilik me’yori sifatida, o‘zida taklif qilinadigan yangilik,
yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni
qo‘llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutloq,
chegaralangan mutloq, shartli, sub’ektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishishi uchun
sarflangan kuch va vositalarni bildiradi. Natijalilik o‘qituvchi vositasidagi
muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik esa o‘z
mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim.
V.A.Slastinin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion
faoliyatiga ijobiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi:
• mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari
muvaffaqiyatini bashorat qilish;
• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan
samaradorini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini
aniqlash;
• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliya tiga
baho berish.
62
Bunda o‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil
qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va
konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish,
samaradorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining
samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy
xislatlari:
• shaxsning ijodiy motivatsiyani qo‘llaganligi. Bu qiziquvchan lik,
ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o‘z kamolotiga intilish;
• kreativlik, bu – xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o‘z
kamolotiga intilish;
• kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va
pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi
va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga
hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati;
• o‘qituvchining individual qobiliyati, bu – ijodiy faoliyat sur’ati va
ish qobiliyati; qat’iyatlik, mas’uliyatlik va halollik, o‘zini tuta bilish.
Innovatsion
faoliyat
tadqiqotlari
o‘qituvchining innovatsion
faoliyatiga sezgirligi me’yorlarini belgilashga imkon beradi:
• innovatsion faoliyatga bo‘lgan zaruratni aniqlash;
• ijodiy faoliyatga jalb qilishga tayyorgarlik;
• shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
• ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga tayyorlik;
• innovatsion faoliyatni kasbiy mustaqillikka ta’siri.
Innovatsion faoliyatni eng muhim masalalaridan biri - o‘qituvchi
shaxsi: u novator, sermahsul ijodiy shaxs, keng qamrovli qiziqish, ichki
dunyosi boy, pedagogik yangilikka o‘ch bo‘lishi lozim.
Innovatsion faoliyat motivatsion, texnologiklik va refleksiyalik
qismlardan tashkil topadi.
O‘qituvchini bu faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshadi:
yangilikni idrok qilishga innovatsion tayyorgarlikni shakllantirish va
yangicha harakat qilishga o‘rgatish.
63
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning bilish faoliyati va
uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, funksiyalari, mexanizmlari va uni amalga
oshirish texnologiyalari va boshqarish tamoyillarining pedagogik
asoslarini o‘rganish o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogika va
psixologiya fanlari yutuqlari asosida tashkil etish imkonini beradi.
Pedagogik jarayonni samarali boshqarish o‘qituvchining xilma-xil
faoliyatiga bog‘liq: yoshlarni o‘qitish, auditoriyadan tashqari tarbiyaviy
ishlarni tashkil eta bilish va o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida pedagogik
targ‘ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning barchasi
o‘qituvchidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni
sevishni talab etadi. Shu asnoda o‘qituvchining amaliy ishlaridagi
muvaffaqiyati uning bola xatti-harakatining sabablarini qanchalik to‘g‘ri
aniqlanganligiga, xatti-harakat sabablaridai kelib chiqib, aniq pedagogik
maqsadni qanchalik to‘g‘ri ifodalaganligiga, oldiga qo‘ygan maqsadiga
erishishning optimal usullarini qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga hamda
ularni real pedagogik jarayonda mohirlik bilan qanchalik joriy qila
olganiga bog‘liq.
Aslida o‘qituvchi va talabalar topshiriqqa turlicha nazar bilan
qaraydilar. O‘qituvchilar qisqa muddat ichida talabalarning butun guruhini
ma’lum ko‘nikmaga o‘rgatishni istaydilar, yoki o‘z qoidasi asosida ularni
so‘zsiz itoat etishni uylaydi. Lekin bu “maqsad” har doim ham o‘z
natijasini beravermaydi. Zamonaviy pedagog qiyofasida bu holatdan voz
kechib, o‘qituvchi va talaba hamkorligini innovatsion talablar asosida
namunaga aylansa, hamkorlikka asoslansa pedagogik faoliyat jarayoni
yanada yuqori samaraga erishiladi. O‘z ishining mohir ustasi, ijodkor,
pedagog shogirdi kelajagi, uning baxti yo‘lida tinimsiz izlanadi, jamiyat
manfaati va maqsadi asosida faol mehnat qiladi. Shunday o‘qituvchining
innovatsion faoliyati zamirada talaba hayotda muvafaqqiyat va
baxtsizliklarga bardosh berishning o‘zi uchun mos usullarini topadi,
mehnat faoliyati mos turini aniqlaydi, bo‘sh vaqtini uzluksiz ish shakllari,
odamlar bilan munosabatlar xususiyatlarini belgilaydi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimni isloh qilishni yangi Davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga
64
qaratilgan hozirgi kunda o‘qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik
mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim jarayonida faoliyat
ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning pedagogik fikrlashida o‘rin ola boshlagan
pedagogik texnologiyani dars jarayonida qo‘llashga oid tavsiyalar
o‘qituvchilar uchun juda zarur. Ayniqsa hamkorlikka asoslangan,
talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan, talabalarni va boshqalarni
fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaatlari bilan
hisoblashishi, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish o‘zining hamda
boshqalarning «men»ligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikrini
aniq, to‘g‘ri va puxta bayon eta olishga, ishlatishga qaratilgan «interfaol»
o‘qitish usullari tez sur’atlar bilan rivojlanib ijobiy samara bermoqda.
O‘qitishda foydalanib kelinayotgan interfaol metodlar talabalar o‘rtasida
raqobat muhitini vujudga keltirib, talabalarni harakatchanlikka boshlab
ruhlantiradi va ularni mantiqiy tafakkurini shakllantiradi. Natijada
talabalar hamkorlikka, ijodkorlikka, o‘z ustida ishlashga o‘rgana
boshlaydi. Har qanday interfaol metod to‘g‘ri va maqsadli qo‘llanilganda
talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tatbiq etishda, intellektual jamiyat
qurishda o‘qituvchi asosiy mas’ul shaxs hisoblanadi. Chunki uning asosiy
vazifasi va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib
tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi.
Ta’lim tazimida sodir bo‘layotgan o‘zgarish va yangilanishlar talabalarga
yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini berish bilan bir qatorda,
yoshlarimizni o‘ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, davlatga, tabiatga
nisbatan o‘zgarishini, vatanparvarlik g‘oyalarini ongiga va qalbiga
singdirishini ham ko‘zda tutadi.
Demak, o‘qituvchi - pedagog o‘z oldiga qo‘yilgan murakkab,
mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish uchun hamda ta’lim-tarbiya
jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi uchun quyidagi
hislatlarga ega bo‘lishi kerak:
— zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini chuqur
tushuna bilishi;
— dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai
nazarda anglashi;
65
— axborot ta’lim texnologiyalarini va o‘qitish vositalarini ta’lim
berishda tatbiq etishi;
— internet tarmog‘i to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi va undan o‘z
bilimini oshirishda foydalana olishi;
— pedagogik mehnatining samaradorligini tahlil etish yo‘llarini bilishi
va o‘ziga-o‘zi baho bera olishi;
— oilaviy ta’lim-tarbiya muammolari bo‘yicha tasavvurlarini
rivojlantirishi;
— umuminsoniy hamda milliy madaniyat va qadriyatlar;
— milliy g‘oya va milliy mafkura iqtisodiy islohatlar mohiyatini
tushunib olishi;
— dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish
yo‘llarini bilishi;
— talabalarning fikrlashlari va bir-birlari bilan fikr almashishlari
hamda do‘stona muhit yaratish uchun sharoit yaratishi;
— darsning samaradorligini oshirish uchun laboratoriya jihozlaridan,
texnik vositalar va o‘quv vositalardan foydalanish yo‘llarini bilishi;
— bolalarning barkamol inson bo‘lib yetishishida o‘zining
izlanishlari, ijodkorligi, tashabbuskorligi, hamda betinim mehnatlari orqali
ta’lim-tarbiya berish kabilardir.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy
kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga
amaliy
tayyorgarliklar
uzviyligi
ko‘zga
tashlanadi.
Bo‘lg‘usi
o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va
metodlarda bo‘lmasin, quyidagi didaktik prinsiplarga asoslanadi.
17
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi prinsipi.
2. Kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni tizimli tarzda takomil lashtirib
borish prinsipi.
3. Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan funksional bog‘liqlik prin sipi.
4. Talabalar amaliyotining ko‘rgazmaliligi prinsipi.
5. O‘z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat
yurgazishga intilish va mas’uliyat hissining shakllanishi.
17
Блинов В.И.Практическая подготовка будущих учителей: прогматика, преспективы. Москва. ИОО. МОНРФ.
2004.
66
6. Talaba amaliy o‘quvining takomillashib borishi prinsipi.
Bu
prinsiplarning
barchasi
kelajakda
o‘qituvchi
kasbiy
kompetensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy funksional, pedago gik-
psixologik takomillashuvi aspektlaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |