Педагогик компетентлик



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
uslubiy qo\'llanma

Prognostik bilish – oldindan bilish, ijtimoiy jarayonlar ni boshqarish, 
ta’lim jarayonlarini oldindan ko‘zlagan maqsad va oxirgi natija, sub’ekt 
tafakkurida aks etib turishi demakdir. Prognostik bilishni uch guruhga 
birlashtirish mumkin: 
• jamoaning rivojlanishini tashxis qilish, aniqlash, uning strukturasi
o‘sishi sur’ati, o‘zaro munosabatlari takomillashuv tizimi, faollari 
o‘rnining o‘zgarishi, ba’zi talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi 
o‘zgarishlarni sezish kabilar; 
• shaxs rivojlanishini tashxis qilish; 


54 
• uning shaxsiy ishchanlik xususiyatlari, hissiyoti, odob-axloqi, hulqi, 
kamchiliklari, tengqurlari bilan munosabatlardagi qiyinchiliklari va 
hokazolar. 
Pedagogik jarayonlarni tashxis qilish: ta’lim-tarbiya va o‘quv darslik 
hamda jihozlarni rivojlantirish imkoniyatlari, talaba larning o‘quv va 
boshqa faoliyatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni 
oldindan bilish; u yoki bu ta’lim sohasidagi usul va vositalarni qo‘llash 
orqali 
olinadigan 
pirovard 
natijani 
va 
boshqalarni 
aniqlash; 
“ekstropolyaromnыe” – voqea-hodisaning bir qismini kuzatish orqali hosil 
bo‘lgan natijani, voqea va hodisalarning boshqa qismiga, boshqa hududiga 
yoyish hislatlari. 
Pedagogik tashxis qilish o‘qituvchida modellashtirish, gipo teza va 
tahlillarni olg‘a surish, fikriy sinov va tajribalar o‘tkazish va boshqa 
xususiyatlarni talab etadi. 
Loyihalashni bilish – uchlik: “tahlil”, “tashxis qilish”, “loyiha” kabi 
bilishning maxsus guruhi yordamida ta’lim-tarbiyaning aniq rejalarini 
amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.
Ta’lim-tarbiya ishlar istiqboli va dolzarb amalga oshirilishi lozim 
bo‘lgan reja sanaladi. Darslar va tarbiyaviy tadbirlar ana shular 
jumlasidandir. Loyihalashni bilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
• ta’lim-tarbiya maqsadlari, mazmun va mohiyatini aniq pedagogik 
vazifaga aylantirish;  
pedagogik vazifalar, talabalar faoliyatida ularning talab-istaklariga 
qarab mazmum-mohiyat, material zahirasi, tajriba va shaxsiy ishchanlik 
sifatlarini safarbar qilish; 
• pedagogik jarayonlarda bosqichlariga qarab eng asosiy va 
yordamchi vazifalarni aniqlab olish hamda ularni hisobga olgan holda 
yondoshish; 
• hamkorlikdagi ijodiy ishlar tizimi rejasini ishlab chiqishda faoliyat 
turlarini qo‘yilgan vazifaga mos kelishiga e’tibor qaratish; 
• talabalarning individual ishlarini loyihalashda, ularning qobiliyatlari 
rivojlanishidagi nuqsonlarni, ijodiy kuch va iqtidorlarini hisobga olish; 


55 
• pedagogik jarayonlar uchun mazmun, shakl, usullarni tanlashda 
hamma uchun maqbul bo‘lgan yo‘l va vositalarni qo‘llash; 
• talabalarning faolligini oshirishni rag‘batlantiruvchi va salbiy 
holatlarning oldini olish usullari tizimini loyihalash; 
• tarbiya muhitini rivojlantirish va ota-onalar, jamoatchi lik bilan 
aloqalarni mustahkamlovchi loyihalarni ishlab chiqish; 
• tezkorlik, dolzarb, zudlik bilan olib boriladigan ishlarni loyihalash, 
pedagogdan bir qator kichik metodologik bilish turlarini talab qiladi: 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin