Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 55,08 Kb.
səhifə1/7
tarix05.04.2023
ölçüsü55,08 Kb.
#93681
  1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining o\'g\'zaki nutqini rivojlantirishda

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI


11-8 ING -20 - guruh talabasi

Nematilloyev Izzatilloning



“BOSHLAG’ICH SINF O’QUVCHILARINING OG’ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM BO’LGAN INTERAKTIV METODLAR VA ULARNINMG TAMOYILLARI”

mavzusidagi



KURS ISHI



5120100 –Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)







Ilmiy rahbar: Qodirova X.X.


Buxoro -2022

MUNDARIJA
1 Chet tilini o'qitishda nutqni rivojlantirishning o'ziga xos qiyinchiliklari..............................................................................................................3
2 Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqdagi o'ziga xos xususiyatlari...............................................................................................................10
3 Kichik yoshdagi til o'rganuvchilarning nutqini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar va yondashuvlar........................................................................................16
4 Intertiv o'yinlardan o'g'zaki nutiqni rivojlantirishda foydalanishning afzalliklari……………………………………………………………………........19
5 Og'zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar tasnifi………...…………………………………………………………………...…24
Xulosa........................................................................................................................29


  1. Chet tilini o'qitishda nutqni rivojlantirishning o'ziga xos qiyinchiliklari

Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo'lmish yoshlarga innovatsion, ilg'or usullar va metodlarni qo'llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta'lim berish hamda o'quvchilarning ta'limdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar
strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi 187-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o'quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da belgilab berilgan "mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" vazifasi kichik maktab yoshidagi o'quvchilarining mustaqil fikrlash salohiyatini kengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, izlanuvchan va zamon bilan hamnafas bo'lishni taqozo etadi.
Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fïkrlash,fïkrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiynazariy tomoni lug'atlarda, darslik va o'quv va metodik qo'llanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan.
Forobiyning fikricha, qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya'ni substansiya va aksidensiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so'zlarni va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma'lum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o'rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilinmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to'g'ri va nima yolg'on ekanligi haqida hukm chiqaramiz".
Bolalar kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani o’ylab o’rganishmaydi. Ingliz tilidagi dars «shu yerda va aynan hozir» ma’nosida o’tkazilishi, bo’lishi kerak. Bolalar chet tilni hikoyalarni tushunish yoki o’yinlarda g’alaba qozonish xohlagan holda, ularda o’zlari ham ishtirok etib yaxshi o’rganishadi. Bir tomondan, til bilan ifodalangan kontent bolalar hayoti, kundaligi bilan bog’liq bo’lishi kerak, boshqa tomondan, bolalarni muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar ular uchun qiziqarli va muhim bo’lishi kerak. 1O’quvchilar dars davomida o’zlarini darsning bir qismi sifatida tushunishadi va dars jarayonida xuddi asar qahramonidek o’zlarini tutishadi, harakat qilishadi. Boshlang’ich sinflarda, odatda, chet tillarni o’rganish hayotiy situatsiya va o’yinlarga asoslangan harakat usullaridan foydalangan tarzda o’rganilganda juda samarali hamda muvaffaqiyatli bo’ladi. Agar o’yinli-syujetli situatsiyalar orqali chet tili o’rgatilsa, barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, sababi ular shu tarzda o’sha situatsiyaning bir bo’lagi ekanligini his etishadi. O’quvchilar chet tili bilan, birinchi navbatda, o’z sinf xonalarida birga “yashaydilar”. Shuning uchun sinfda muloqot imkoni bo’lsa, o’sha chet tilida bo’lishi kerak. Bolalar nafaqat yo’riqnomalarni tushunish bilan cheklanmasdan, balki chet tilida o’z ehtiyojlarini ifodalashlari ham mumkin. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilida gaplashadigan odam (ona tili ingliz tili bo’lgan) lar bilan muloqot, sinfga taklif etish ham foydali. Konstruktiv yondashuvga ko’ra, bolalar imkon qadar ko’proq tilda o’zlari so’zlar mazmunini, qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. Barcha o’quvchilar singari, bolalar ham turli xil ta’lim uslublariga ega. Bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim barcha ta’lim uslublarini hisobga oladi. Taktik va kinestetik o’quvchi turlari alohida e’tibor talab qiladi. Boshlang’ich maktablarda o’quvchilarning iqtidorlari, malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq bo’ladi. Chet tilini o’rganish, shuningdek, o’rganuvchilarning yaxshi tushuna olish qobiliyatiga bog’liqdir. Ularni har bir bolada boshdan boshlab rag’batlantirish kerak. Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. Bolalar tez o’rganishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutq doimo takrorlanadi va yana bir kontekstda qayta ishlatiladi. Kurslar spiral bo’lib, muntazam takrorlashlar ajralmas qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o’rganish keng qamrovli usullarni talab qiladi. Muloqotga kirishishning miqdori va sifati tilni tezroq o’rganishning asosiy sabablari hisoblanadi. Dars jarayonida o’quvchilarning e’tibori asosan tilning mazmuniga, ahamiyatiga qaratilishi kerak. O’quvchilar e’tiborini birinchi navbatda tilning kontent mazmuniga qaratishi kerak. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o’rganish yana o’rganganlarni qo’llash uchun imkoniyat bor-yo’qligiga ham bog’liqdir. O’quvchilarga shunday vazifalar berish kerakki, toki ular o’rgangan bilimlarini dars jarayonida amaga oshirish, qo’llashga majbur bo’lishsin. O’zaro muloqot qilish imkoniyatlari til ko’nikmalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabat, ayniqsa o’quvchilar tilning ma’nosini amalda qo’llay olishsa, tilni o’rganish muvaffaqqiyatli o’rganishga imkon yaratadi. O’qituvchi tomonidan ushbu jarayon uchun ma’no va muzokaralar o’tkazish imkoniyati muvaffaqiyatli o’qitishning asosiy shartlari hisoblanadi. Chet tili ta’limi, birinchi navbatda, chet tilidagi kundalik uchraydigan, real bilim va ko’nikmalrni o’rganishga chorlashi kerak, lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet tili ta’limida qo’llaniladigan metodik-didaktik qarashlarga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ta’kidlab o’tishimiz talab etiladi: Dars jarayoni bu nafaqat kommunikativ, balki kelajakda o’rgangan bilimlarni qo’llay olish imkoniyatini beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. Bolalrning ko’pchiligi chet tillarni o’rganishga qishiqishadi. Ularning qishiqishlari, albatta, dars jarayonini tashkil etilishi va bolalarning bu dars jarayonida ma’lum muvaffaqqiyatga erisha olishi bilan bog’liqdir. Bu qiziqish yillar davomida birdek saqlanib qoladi deb zikr qilish- bu noto’g’ri, shu sababdan, pedagoglar bu haqida qayg’urishlari, ya’ni o’rgnuvchilar darsda quvonchga to’lib, muvaffaqqiyatlarga erishib qatnashishlarini ta’minlashi zarur.
O’rganilayotgan mavzular ham, shu bilan birga savol-topshiriqlar ham o’rganuvchilar uchun ahamiyatli, qiziqarli va aktual bo’lsagina, dasrning mazmuni hamda maqsadi o’rganuvchilarga tushunarli va esda qolarli bo’ladi.
Chet tili o’rganuvchilari chet tili ta’limida o’zga bir til, ma’daniyat bilan to’qnash keladilar. Shu sababdan, mashg’ulotlarda aynan o’sha chet tilga xos bo’lgan autentik materiallardan, o’sha madaniyatni yetkazib bera oladigan matn adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo'lmish tilni tabiiy muhitda ya'ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o'rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko'p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o'quvchi va talabalar odatda uch tilni o'rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o'taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so'z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo'shnilar tili sifatida qaraladi.
Chet til - bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G'arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o'qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta'lim muassalarining o'quv rejalaridan o'rin olgan. Uchala tilni o'qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun'iy muhitda o'rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o'rganish va o'rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o'z navbatida, tegishli chet til o'qitish texnologiyasini qo'llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o'zlashtirish orqali o'quvchi-talabaning to'plagan til tajribasi me'yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o'rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o'rganish va o'rgatish ko'p jihatdan chet til o'qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan
ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo'llanilishiga bog'liqdir.
Metodikaning predmeti - chet til predmeti orqali ta'lim-tarbiya berish jarayoni va usullari, chet til o'rgatish ilmi, muallim va o'quvchi faoliyatini o'rganish metodikaning predmeti sanaladi.
Metodikaning asosiy tushunchalari - metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani o'rgatamiz? o'qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika - qanday o'rgatamiz? ta'lim usullari va metodlari demakdir. Metod - metodika tushunchasi grek-lotincha "metodos-"metodus" so'zidan olingan bo'lib, ma'lum maqsadga eltuvchi yo'llar, usul ma'nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va keng ma'nosini uchratish mumkin. "Metodika" atamasi tor ma'noda ta'limning konkret dars jarayoni bilan bog'liq tushunchani anglatadi. Mashg'ulotlarni rejalashtirish va o'quv materiallarini tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatmalarni qamrab oluvchi boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi. "Metod" atamasi keng ma'noda o'quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab "didaktika" va "metodika" tor ma'noda qo'llanilib kelinmoqda. Shunga ko'ra didaktika ta'lim mazmuni nima o'rgatiladi? Metodika esa ta'lim usullari qanday o'rgatiladi? Masalalari bilan shug'ullanadi. Chet tillarini o'rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o'zga madaniyat ta'limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o'z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni o'rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta'lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo'lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi.
Chet til o'qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o'qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V. Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha, har qanday fanni o'qitish metodikasi fan bo'lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi. Jumladan, chet til o'qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va harakatlanish qonuniyatlari bilan shug'ullansa, metodika bu qonuniyatlarga asoslanib zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga javob beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar tomonidan yozilgan. Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va buyuk ingliz tilshunosi G. Suit, XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng original fonetist va nazariyotchi tilshunos hisoblangan O. Yesperson, XIX asrning
oxiri va XX asr boshlarida eng ko'zga ko'ringan fransuz lingvistlaridan F. Bryuns va Brealya, ko'zga ko'ringan anglist va taniqli fonetist V. Fiyotor va boshqalar kiradi. Rossiyada til o'qitish metodikasi masalasi bilan akademik L.V. Shcherba va uning ustozi buyuk tilshunos olim I.A. Boduen-de-Kurtone va ularning shogirdlari shug'ullanganlar. Chet til o'qitish metodikasiga psixologlar o'zgacha munosabatda bo'ldilar. Metodika va psixologiya fanlarning o'zaro munosabatlari haqida professor V.A. Artemov qimmatli fikr bildirgan. Uning fikricha, psixologiya metodika uchun material beradi. Metodika o'qituvchining qanday dars o'tishini o'rganadi. Psixologiya esa, o'quvchilarning bu predmetni qanday o'zlashtirib olayotganliklari bilan shug'ullanadi. Lekin, bu fikrga to'la qo'shilib bo'lmaydi. Chunki o'qituvchi dars berish jarayonida, o'quvchi esa o'zlashtirish davrida ma'lum ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, ular xohlaydilarmi, yo'qmi psixologiyaning qonunlariga ro'baro bo'ladilar va ta'sirlanadilar.
Metodika tarixga oid adabiyotlarni chuqurroq o'rganish shuni ko'rsatadiki, ayrim tadqiqotchilar metodikani san'at deydilar. Ular odatda fransuz metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar, ya'ni "yaxshi" yoki "yomon" metod yo'q "yaxshi" yoki "yomon" o'qituvchilar bor. Bunday fikrdagi kishilarga nemis metodisti E. Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berishi mumkin. U jumladan shunday deydi: "Agar kimki metodikani san'at deb hisoblar ekan, u fan nazariyasini uning amalda qo'llanishi bilan qorishtirib yuboradi".
Har bir fanda o'z tushunchalar yig'indisi mavjud. Chet til o'qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ta'lim sistemasi, ta'lim metodi, ta'lim prinsipi, ta'lim vositasi, metodik usul.
Chet til o'qitish metodi - deyilganda chet til o'rgatishning amaliy, umumta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta'minlovchi muallim va o'quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi "ta'lim usullari yig'indisi" va "ta'limning yo'nalishi" ma'nolarida qo'llanadi. Birinchisi ta'lim nazariyasida jarayon metodlar ma'nosida ishlatilsa, ikkinchi ma'noda uni o'qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, chet til o'qitishning tarjima metodi, tog'ri metod, ongli- qiyosiy metod, an'anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.2



Yüklə 55,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin