Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 55,08 Kb.
səhifə6/7
tarix05.04.2023
ölçüsü55,08 Kb.
#93681
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining o\'g\'zaki nutqini rivojlantirishda

Birinchi bosqich – bu o’quvchini tarbiyaviy jarayon vaziyatidan xabardor qilishdir.
Ikkinchi bosqich – nutqiy muomala ob’ektining ya’ni o’quvchining diqqatini o’ziga jalb.qilishdir.
Uchinchi bosqich – nutqiy muomalani tashkil etish, yangi materialni bayon qilish yo’nalishida o’qituvchi o’quvchilarni bo’lajak muomalaga, yangi mterialni tushuntirib.berishga.tayyorlaydi.
To’rtinchi bosqich - nutqiy muomalaning o’zaro ta’sir ko’rsatishi bo’lib, uning obrazi.”ko’rish”.tizimi.bilan.birga.borish.lozim.

Pedagogik ta’sir ko’rsatishning beshinchi bosqichi ham mazmun jihatdan, ham xissiy jahatdan amalga oshiriladigan ”qaytish aloqasi” dir. Qaytish aloqasi har qanday nutqiy muomala jarayonining zarur tarkibiy qismi bo’lib, pedagogik faoliyatda u muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, o’qitish jarayonida pedagog o’quvchilar bilan individual holda nutqiy muloqotda bo’ladi.



Xulos
Didaktik o`yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo`lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho`xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o`qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo`ladi va bu boshqarning o`yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo`lsa ham o`yin qoidasi bilan birga qo`shib tushuntirsa metodik jihatdan to`g`ri bo`ladi.

XXI asrda o’zbek xalqi milliy an’analarini o’rganish borasida tarix sahifasiga yangi zarvaraqlar muhrladi. Ayniqsa mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so’ng xalqimizning etnomilliy o’zligini anglash hissini kuchayishi, milliy-ma’naviy meros, tarixiy an’analarga bo’lgan e’tiborning ortishi natijasida o’zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi muammolari dolzarb ilmiy amaliy ahamiyat kasb etmoqda.


Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonda yosh avlodning ma`naviyatini yuksaltirishga, ilmiy intellektual salohiyatga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma`naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma`naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e`tirof etdi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, ma`naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta`kidlanganligi bejiz emas.
Prezidentimizning mazkur asarida ta`kidlangan ta`lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda, fanlarni o’qitishda ustoz-murabbiylarga yordam tariqasida tayyorlangan buyuk me`rosidir. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim–tarbiya jarayonida tizimli ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Milliy ilmiy merosimizning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ta`lim va tarbiyadagi hikmatlardadir. Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari ko’plab daholar bundan tashqari jadidchilik namoyondalaridan Behbudiy, Avloniy, Fitrat kabi allomalarimiz ham ilm-fan, adabiyot va san`at, umuman, madaniyatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shganlar. Xalqimizning mard va qahramon farzandlaridan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlarning hayoti, ularning bosib o’tgan yo’li, butun faoliyati bugungi va kelgusi avlod uchun ibrat ekanini hamisha yodda tutish lozim. Buyuk allomalarimiz va xalq qahramonlarining faoliyati har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va xalqimizning milliy-ma’naviy merosi ekanligini anglashimiz zarur.
Badiiy asarni idrok etishdan oldin tayyorgarlik ishlari bajariladi, ikkinchi sintezdan so’ng esa o’qilgan asarga bog’liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o’tkaziladi.
O’qishga tayyorlash va asar ustidagi yakunlovchi ishlari o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog’lash va bolalarning atrof muhit haqidagi bilimlarini aniqlash, fikr-mulohazalarini chuqurlashtirish zarur. Agar badiiy asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, bolalar faollashadi, chunki o’quvchi uchun badiiy asar analizi ijodiy o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga bog’liq. Haqida ma’lum darajada aniq bilimga ega bo’lishlari zarur. Bu xulosa ko’pgina tadqiqotlar natijasida aniqlanib, maktab tajribasida tasdiqdan o’tgan. Agar o’quvchilarda bunday bilim etarli bo’lmasa, asarni o’qishdan oldin bolalar tasavvurini boyitish va unga aniqlik kiritishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Asarni idrok etishda unda muallif o’z fikrinigina emas, balki tasavvurini ham aks ettirishi hisobga olinadi. Bolalar asarni aniq, emotsional idrok etishlari uchun-uni ifodali o’qish lozim. Bunda asarni o’qishdan oldin o’tkaziladigan tayyorgarlik mashqlari muhim ahamiyatga ega.
Tayyorgarlik ishlarining vazifasi: a) o’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish; b) yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning ijodiga qiziqish uyg’otish; v) o’quvchilarni asarni emotsional id­rok etishga tayyorlash; g) asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so’zlarning leksik ma’nosini tushuntirishdan iboratdir.
Asarni o’qishdan oldin tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish-o’tkazmaslik masalasini asarning mazmuni va o’quvchilarning umumiy saviyasini hisobga olib, o’qituvchi hal qiladi.
Tayyorgarlik ishlarini tashkil etish shakllari xilma-xildir. Ulardan qaysi shaklini qo’llash asarning g’oyaviy-mavzu asosiga, o’quvchilarda aniq bilim bor-yo’qligi, maktabning moddiy bazasi va boshqa qator xususiy ishlarga bog’liq. Maktab tajribasida tayyorgarlik ishlarining didaktik shakllaridan ekskursiya, filmlar ko’rsatish, o’qituvchi hikoyasi, suhbat keng qo’llanadi.
Ekskursiya. Tabiat tasviri haqidagi asarlarni o’qishdan oldin tabiatga ekskursiya qilish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi, ularda tabiat hodisalarini kuzatish va aniq tasvirlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Ekskursiya orqali bolalarda tabiatni sevishga, unga ehtiyotkorlik bnlan munosabatda bo’lishga zamin yaratiladi.



  1. Yüklə 55,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin