Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Kichik yoshdagi til o'rganuvchilarning nutqini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar va yondashuvlar



Yüklə 55,08 Kb.
səhifə3/7
tarix05.04.2023
ölçüsü55,08 Kb.
#93681
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining o\'g\'zaki nutqini rivojlantirishda

3.Kichik yoshdagi til o'rganuvchilarning nutqini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar va yondashuvlar.
2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta`lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So’ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi», - deyilgan.
O’q uvchilar nutqini o’stirish usuliyoti. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta til, nutqni o’quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy va hodisalar haqida o’ylab, Rejalashtirib nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar, ular o’zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Usuliyot bolalarning nutqini boyitishni, sintaksisi va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak. Usuliyotning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bilib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir: tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi roli uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi til­ni aloqa — kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan, nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va shakllari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.
• Mavzuga oid muhit; O'qituvchi mavzusiga qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Traveling (sayohat) mavzusida o'qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish (Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma'lumot beradi. Bu hol o'quvchilarning so'z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o'stiradi.
• Qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish.
• Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumki.
• Aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo'g'liq bo'lgan o'yinlar
• Multfilmlar; Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunma-sada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.
• Ovozli ertak jarayonida bolalar o'qituvchi bilan birgalikda rasmlarni ko'rib chiqishadi va shu bilan birga so'zlarni talaffuz qilishadi.
• Ingliz audio ertaklarini tinglashni yanada qiziqarli qilish uchun siz ertak terapiyasining usullaridan biri - ertak chizishidan foydalanishingiz mumkin. Ammo tinglash paytida rasm chizish, agar ertak syujeti bolaga kamida bir oz tanish bo'lsa, ishlaydi. Shuning uchun ertak ikkinchi yoki uchinchi marta tinglanganda bolalarga qalam va qog'oz beriladi. Haqiqat shundaki, tinglash paytida rasm chizish - bu ma'lumotni bir vaqtning o'zida idrok etish va ko'paytirishning chuqur ko'nikmalariga ta'sir qiluvchi jarayon. Chizish jarayonida bola eshitganlari bilan assotsiativ aloqalarni shakllantiradi. Ixtiyoriy yoki beixtiyor, rasmda tasvirlangan syujet bilan bog'liq bo'lgan begona so'zlar esga olinadi. Yo'lda, u bir vaqtning o'zida tinglashi va eshitgan narsalarini chizish qobiliyatiga ega ekanligiga e'tibor berish kerak. To'rt yoshdan besh yoshgacha bo'lgan chaqaloqlarning aksariyati eshitgan ma'lumotlarini tezda ko'paytirish qobiliyatiga ega emaslar. Ammo olti yoshga kelib, eshitgan ma'lumotlarini takrorlash, rasm chizish, ilova va hk shaklida muntazam ravishda tinglaydigan va ko'paytiradigan bolalar bir vaqtning o'zida tinglash, eshitish, tushunish va talqin qilish qobiliyatini rivojlantiradilar.
Xulosa qilib aytganda kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko'plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo ilm- fanini o'rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo'lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan - el biladi''
Nutqni rivojlantirishga xizmatmat qiluvchi zamonaviy metodlar:

  1. Hisobot berish

  2. Rol ijro etish

  3. Rasmni hikoya qilish

  4. Hikoyani yakunlash

Hisobot berish metodi - biror bir narsa hodisa yoki boshqa malumotlar haqida hisobot beradi. Bunda o’quvchini nutqini rovojlantirish ancha samarali bo’ladi chunki o’quvchi o’z lug’at boyligidan foydangan holda bu metodni amalga oshiradi.
Rol ijro etish metodi – bunda o’quvchi turli qahramonlarni rolini ijro etib o’zlarini shu qahramondek ko’rsatishadi. Bu metod ham boshqa metoidlar singari nutiqni bir muncha yaxshilashga yordam beradi. Bu metod aksincha 5-6-sinf va undan yuqori sinflarga mo’ljallangan.
Rasmni hikoya qilish – bu metod o’quvchilarni anchagina o’ylab fikr yuritishga undaydi va shu bilan birga o’quvchini logikasini rivijlantiradi, bu metod nutiqni rivojlantirishga katta yordam beradi va o’quvchini nutqini ravonlaydi. Bu metodda o’quvchilar rasmlarga qarab o’zlarini fikrlarini bayon etishlari kerak.
Hikoyani yakunlash - bu metodda o’quvchilarga biror hikoya o’qib beriladi yoki video rolik sifatida namoyish etiladi so’ngra o’quvchilar hikoya qanday tugashi haqida suhbat qura boshlaydilar. Bu metod asosan guruhlarga bo’linib bajariladi. O’quvchilar fikrlarini bayon qilganlaridan so’ng hikoyani davomi qo’yiladi va o’quvchi qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri fikrlagani haqida bilib olish mumkin.
Bu metodlarni barcha sinf o’quvchilari uchun qo’llash mumkin.



Yüklə 55,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin