2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqdagi o'ziga xos xususiyatlari Boshlang’ich sinf o’quvchilari nutqida o’stirishda yod oldirish, so’zlarning ma’nosini tushuntirish yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo’lgan o’yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko’zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo’lga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o’yin kichik maktab yoshidagi o’quvchilar faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psixoligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, o’yin dunyoni va o’zlikni anglashda, bog’lanishli nutqni o’stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Darslarda o’quvchilar zo’r qiziqish bilan ishtirok etadigan bir nechta o’yinlardan_namunalar_keltiramiz. .
”Hikoya” O’qituvchi xattaxtaga bir nechta so’z yozib qo’yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg’ir, kitob kabi. O’quvchilar mustaqil ravishda shu so’zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Bunda ularning lug’at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to’g’ri tuzish, tovushlarni to’g’ri tallaffuz qilish, ijodiy va mustaqil fiklash qobiliyati shakllanadi. O’qituvchi faol ishtirokchilarni vaqti - vaqti bilan rag’batlantirib borishi o’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi va bundan - da faol bolishiga ubndaydi. Mazkur o’yinlar darsdan tashqari mashg’ulotlarda va to’garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin.
“Qarama-qarshi.so’zlar.” Bu o’yin mantiqiy tafakkurning hamda nutqnining rivojlanishiga yordam beradi . O’yinni individual tarzda ham, guruh bilan ham o’tkazish mumkin. O’yin sharti quydagicha: o’qituvchi bola yoki o’quvchiga bir so’zni aytadi, o’quvchi shu so’zning ma’nosiga qarama - qarshi bo’lgan so’zni topib aytishi kerak. Masalan: katta - kichik, issiq - sovuq, achiq - shirin, qorong’u - yoruq, keng-tor, uzoq-yaqin va hokazo. Odatda bolalar o’yin boshida biroz qiynalshadilar, aytilgan so’zga javoban antoni so’zni emas, sinonim so’z bilan javob beradi, masalan: katta - baland, uzun - uzoq kabi. Ammo o’yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so’ng o’quvchilar yaxshi o’ynaydilar. O’yin bir necha marta o’tkazilganidan so’ng o’quvchilar abstrakt tushunchalarni ham osonlik bilan tushunadilar va javob beradi, shunda o’quvchilarning nutqi ham rivjlana boradi, masalan: chaqqon - yalqov, ishchan - dangasa kabi so’zlarga ham tez javob topa oladi.
”To’rtinchisi.ortiqcha.” Bu o’yin rasmlarsiz o’ynaladi. O’quvchiga yoki bolaga bir guruhga kiruvchi uchta predmet va boshqa guruhga mansub bitta predmet nomi aytiladi. Masalan: atirgul, boychechak, binafsha, qo’ziqorin. O’quvchi ular orasidan ortiqchasini aytganidan so’ng undan fikrini asoslab berishi so’ralishi kerak. Bu o’yinlar o’quvchilarning tafakkuri rivojlanishiga yordam berishi bilan birga nutqning o’sishiga ham yordam beradi. O’yin individual tarzda o’tkazilsa ham yaxshi samara beradi, guruhda musobaqa ko’rinishida o’tkazilsa o’quvchilarning qiziqishi yanada ortadi.
”O’zaro_bog’liqlik.” O’quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o’quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi. Masalan: bu olma. Olma bog’da o’sadi va mevalarga kiradi. Uni o’quvchilar juda yaxshi ko’rishadi”. Keyin ikkinchi bola ham o’zidagi predmet haqida gapiradi va o’zidagi predmet bilan birinchi o’quvchidagi predmetni o’zaro bog’liqligini aytishi kerak.
”Masalan”: Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o’quvchilar yaxshi ko’rishadi. Quyosh istib tursa olma va boshqa mevalar pishadi”. Keyin uchinchi o’quvchi o’zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o’zidagi predmet orasidagi bog’liqlikni topishi kera. O’yin shu tartibda davom etadi.
”Buni_qanday_qo’llash_mumkin.”
O’quvchilarga imkon qadar ko’p hollarda ishlatilishi mumkin bo’lgan predmet nomini ayting. Har bir o’quvchi o’z uslubini taklif qilishiga erishing. Masalan: Siz qalam so’zini aytishingiz mumkin. Uni ishlatish yo’llari turlicha bo’lishi mumkin: rasm chizish, yozish, ko’rsatkich sifatida va hokaza.
”Umumiylikni_izlash.” O’quvchilar aylana qurib o’tiradilar. Olib boruvchi o’quvchilardan biriga to’pni otayotib, bir-biri bilan bog’lanmagan 2 ta so’zni aytadi. Masalan: maktab va o’quvchi, kitob va javon, quyosh va gul va hokazo. To’pni tutib olgan o’quvchi so’z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to’pni qaytaradi.
”Safar”. O’quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma’lum bir joygacha bo’lgan yo’lini tasvirlash topshirig’i beriladi. O’quvchilar bir necha kun davomida “obyekt” ni mustaqil kuzatadilar va uni og’zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof - muhitga diqqat – e’tibor talab etiladigan bu o’yib vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, chor – atrof e’tiborli bo’lish hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, mazkur o’yinlardan foydalanganda o’quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug’at boyligi yanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan ta’limiy o’yinlar o’quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o’stirishga yo’naltitirilgan har bir mashg’ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi.
Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og'zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki nutq ko'pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo'ladi. O'quvchilar nutqiga qo'yilgan talablar.
O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi.
1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin.
2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin.
3. Nutq aniq bo'lsin.
4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin.
5. Nutq tushunarli bo'lsin.
6. Nutq ifodali bo'lsin.
7. Nutq to'g'ri bo'lsin.
8. Nutq madaniyatli bo'lsin.
Nutq o'quvchilar tafakkurini o'stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo'libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o'stirish mumkin. Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o'sadi. Tushuncha so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo'lgan so'zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so'z (so'z birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo'ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog'langandir. Nutq bo'lmasa, tafakkur ham bo'lmaydi, til materiali bo'lmasa, fikrni ifodalab berib bo'lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo'lishini ta'minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug'at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o'stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o'rganishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Nutqdan o'quvchiniig fikriy rivojining asosiy o'lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O'quvchining barcha predmetlardan materialni o'zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o'z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi. Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo'lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o'sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
Uchinchi tomondan, nutqning o'sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. O'quvchilar nutqini o'stirishning mashg'ulotning boshqa turlari bilan bog'liqligi. O'quvchilar nutqini o'stirish boshqa o'quv predmetlaridan o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog'lanadi.
Ona tili darslarida o'quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o'ylashni va ko'rganlari, eshitganlari, o'qiganlari bo'yicha to'g'ri bayon qilishni o'rganadilar. Ona tili darslari bolalap lug'atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni tuzishni o'rgatadi. O'qish darsi va u bilan bog'liq holda olib boriladigan ekskursiya o'quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda o'quvchi nutqiga, uni shakllantirish va o'stirishga keng imkoniyat mavjud. Grammatika va to'g'ri yozuv darslarida tilni maxsus o'rganish bilan bolalar alohida tovush, bo'g'in, so'z va gaplarni eshitishga va aytishga o'rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan ko'pgina so'zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo'g'in, o'zak, so'z, so'z yasovchi, forma yasovchi, qo'shimcha, so'z turkumi, ot, sifat, son, fe'l, olmosh, bog'lovchi, gap, gap bo'lagi, bosh bo'lak, ikkinchi darajali bo'lak, darak gap, so'roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko'p yangi terminlarni bilib oladilar.
Natijada o'quvchilarda quyidagi:
- Turli xil shakl va mazmundagi samarali og'zaki, va yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish;
- Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baxolash, boshqarish hayrixoh bo'lish; turli xil istiqbollarga e'tibor bilan qarash;
- Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma'sulyatlarni qabul qila olish; boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh bo'lish; turli xil istiqbollarga e'tibor bilan qarash kabi hayotiy ko'nikmalarning shakllanishi kafolatlanadi.
Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang`ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta’lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda — bilimlarni olish bilan birgalikda qo’shimcha manbalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o’qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelgan bolaning differensial bo’lmagan, umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi sabablarini anglashda, “o‘zi uchun” o‘qish mazmunini anglab yetishda ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi.