I bob. Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida shakllanishi. Pedagogik maqsad va vazifalar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə1/7
tarix18.05.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#58461
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha


Mavzu : Maktabgacha pdagogikaning nazariy va milliy asoslari.
Re’ja :
Kirish.
Asosiy qism :
I Bob.Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida shakllanishi.Pedagogik maqsad va vazifalar.
1.1.Maktabgacha pedagogikaning nazariy rivojlanish tarixi.
1.2.Pedagogika va didaktika haqida.
II Maktabgacha pedagogikaning tadqiqiy metodlari. Pedagog –tarbiyachi va jamiyat.
2.1.” Metod” tushunchasi va pedagogik tadqiqotlar.
2.2. Pedagog-tarbiyachi va pedagogik jarayonlarni tashkil etish.
Xulosa.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida o’ziga xos, takrorlanmas, tarixiy an'analarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to’la javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.


Pedagoglik kasbi, uning paydo bo’lishi va ravnaq topishi. Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog’liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o’zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o’simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o’rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug’)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo’lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o’zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo‗lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo’lishi, shuningdek, urug’ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg’or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
1.1.Maktabgacha pedagogikaning nazariy rivojlanish tarixi.
Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo’lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yo’nalishida yetarlicha bilimga ega bo’lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o‗rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yo’nalishlar bo‗yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo’lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo’jalik boshqaruvi asoslari o’rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so‗zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‗z shogirdlariga ma'ruzalar o‗qigan bo‗lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, qudorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug‗ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o‗rgatilgan.
O‗rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko‗rinishidagi ta'lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo‗lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag‗dod), «Ma'mun akademiyasi» (XI ar boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo‗nalishlari bo‗yicha kuchli bilimga ega bo‗lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo‗lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo‗nalishlarda keng ko‗lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O’rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (Sharqda madrasa)lar ko‗rinishidagi maktablarda ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo’yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag‗ay Ulug’bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o’z davrining taniqli olimlari – Ali qushchi, Taftazoniy, qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, g‗iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta'lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma'rifatparvarlar – Mahmudxo‗ja Behbudiy, Munavvar qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar.
Sharq mutafakkirlari va g‗arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‗rni haqida. Jamiyat tomonidan o‗qituvchi shaxsiga qo‗yilayotgan talablar o’z davrida Sharq mutafakirlari hamda g’arb ma'rifatparvarlarining asarlarida o’z aksini topgan.
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o‗qituvchining ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‗lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o’qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o’zi ega bo‗lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o‗rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo’la oladi.
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida o’qituvchi bolalarga ta'lim berishdek mas'uliyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvafaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
1) Bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;
2) Berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga e'tiborni qaratish;

3)Ta'limda turli shakl va metodlardan foydalanish;


4) Talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
5) Fanga qiziqtira olishi;
6) Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
7) Bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
8) Har bir so’zning boalar hissiyotini uyg‗otish darajasida bo‗lishiga erishish14.
11Rahimov S. Abu Ali ibn Sino, Ta'lim va tarbiya haqida. – Toshkent, Ыqituvchi, 1967. – 75-bet.
22 AlisherNavoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. Ыn besh tomlik. 13 tom. – Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966. –189-190-betlar.
11, Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. Ыn besh tomlik. 13 tom. – Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966. 192-193-betlar.
Alisher Navoiy o‗z davrining ayrim maktabdorlari ega bo‗lgan sifatlar, xususan, qattiqqo‗llik, ta'magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o‗qituvchining ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo‗yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g‗arazi mansab bo‗lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‗rgazmasa va olg‗irlik uchun gap-so‗z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‗lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‗rin bo‗lmasa. ... Yaramasliklardan qo‗rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‗zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo‗lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‗lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir»15.
Ayni o‗rinda o‗qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta'kidlab o‗tadi: «Uning ishi odam qo‗lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‗da bolaga ilm va adab o‗rgatadi, ko‗rkim bunga nima yetsin.
Shunisi ham borki, u to‗dada fahm-farosati ozlar bo‗ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‗ladi. Har qanday bo‗lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‗pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‗lida kim senga bir harf o‗qitmish ranj ila,
Aylamak bo‗lmas ado oning haqin yuz ganj ila»16.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o‗z asarlarida o‗qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o‗rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning sog‗lom bo‗lib o‗sishida ota-onalar o‗ziga xos rol o‗ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o‗qituvchining o‗rni
beqiyos ekanligini ta'kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini ta'kidlaydi.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin