I bob. Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida shakllanishi. Pedagogik maqsad va vazifalar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə3/7
tarix18.05.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#58461
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha

Adabiyotiar bilan ishlash metodi.
Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o’rganishdan boshlanadi. O’rganilgan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjitlar, qonunshunoslikka oid huquqiy hujjatlar kiradi. SHu bilan birga pedagogika *faniga oid bo'lgan tarixiy pedagogik adabiyotiar, darsliklar, o'quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o’rganish metodi muammolarining qay tomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi; bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish.
Ilg’or tajribaiarni o’rganish metodi.
Maktabgacha pedagogikaning ko'pgina muammolarini hal etishda ta'Iim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o’rganish jarayonidagi muammo, yutuq va kamchiliklar aniqianadi. Pedagogik tajribaiarni o'rganishda kuzatish, ankctalashtirish, tarbiyachi va bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarni o’rganish metodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish metodi.
Ma'Ium bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko’zlab muntazam ravishda o’rganish, ta'Iim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o’zgarishini kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktiar to’plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalrni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo'lishi mumkin. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea xodisalari to'g'risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o4kaziladi.
Anketa yo'li bilan so'rash metodi.
Anketa yo'li bilan so'rash metodining boshqa melodlardan af'zalligi shundaki. qisqa vakt ichida anketa orqali anchagina kishilarga savollar berib, ulardan yozma javoblar olish mumkin. Olingan javoblar ko’rib chiqiladi va tahlil kilinadi.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin