I bob. Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida shakllanishi. Pedagogik maqsad va vazifalar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə2/7
tarix18.05.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#58461
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha

1.2.Pedagogika va didaktika haqida.
Bola tugMIgan kundan boshlab, uni maktabga borgunga qadar bo’lgan davrda bar tomonlama etuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganish maktabgacha ta'Iim pedagogikasining muvzuidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi birligini. maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab ishid^gi aloqadorlikni, bolalami maktabda o’qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy malftabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chikdi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi boMib shakllandi. Maktabgacha ta'Iim pedagogikasi jamiyat va insonni o’rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog’langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa. sifatida tarbiyani o’rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog’liqdir. CHunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o’rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to’g’risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfly mohiyatini ochib berish, uning paydo bo’Iishi va rivojianishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojianishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o’rgatishda pedagogika etikaning axioq to’g’risidagi ta'limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini. yo’Ilarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojianishining umiimiy qonuniyatlarini o'rganadi. nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo’lib xizmat kiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo’lib. u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojianishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojianishi haqidagi ma'Iumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to’g’ri hal etishda; bola rivojianishiga, uning qobiliyatlarini shakJIantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O’sib borayotgan organizm tuzilishining va harakal qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'Iim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to’g’risidagi xulosalarni pedagogikaga o’quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chikishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. SHu bois pedagogika uchun pedagogik psixo4ogiyaning bola xususiyatlari, ularda o’tadigan psixik Jarayonlarining qominiyatlari haqidagi ma'Iumotlar muhimdir. SHunga ko’ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog’liqligi an'anaviy tus olgan.
Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarga ko’zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlami tarkib toptirishi yo’lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillaming hamkorligi bilan belgilanadi.
1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'Iumot egallanadi.
2. Tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxsni kamolga etkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish mumkin.
4. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'Iim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixii tajribasini o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro’y beradi. Natijada bola o’zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.
Bolaning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo’lgan insoniy tajribani o’zlashtirishi
kerak, ikkinchi lomondan, u тагкиг tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'ladi.Tarbiya va ta'Iim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o’zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo’shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi; uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o’sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko’rsatish usullari tobora xilma-xil bo’lib boradi.
Tarbiyaning o’zgarishi. bolaning «eng yaqin rivojianish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog’lik bo’lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko’nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o’zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo’lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o’zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo’lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o’zlashtirish; buyum asosidagi o’yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'Iim «eng yaqin rivojianish zonasi»ga asoslanib. bugungi rivojianish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg’a harakatlantiradi.
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog’liq bo’ladi, awal erishilgan bosqieh yanada yuqoaroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo’shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojianish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo’ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko’zi ojiz va kar bolalar uchun mo’ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi. Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. SHuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg’un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o’rtaga qo’yiladi (A. V. Zaporojets).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli pedagogning ham etakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini ta'kidlab shunday yozgan edi:
«Tarbiyaviy ta'siming g’oyat qudratli ta'sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’Isa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan qarzdordir».
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddly turlari undagi shaxsiy qobiliyallar. xususiyallar, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanida asos bo'lib xizmat kiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo’ladigan hissiy. hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijlimoiy talabni vujudga kcitiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, ta'surotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini cgallab borish orqali bolada t'aollik rivojianadi. Ammo I'aollikning qay darajada rivojianib borishi irsiyalga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo’ladigan munosabati Va narsu-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy Faoiiyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala kilish orkali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.Mana shu yul bilan bola buyumlar bilan bo’ladigan Taoliyatning o'ziga xos tomonlarini cgallab boradi.
2.5 yoshdan key in buyumlar bilan bo’ladigan laoliyatda bolalar ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o’tishlari uchun asos varatiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida. t'aoliyatlarda o’z4)'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to'g'risidagi. ijtimoiy hayot, kishilar to'g’risidagi bilimlarni o'zlashlirib oladilar. SHuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlliri kengayib boradi.
Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to’g’risidagi konkrcl faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berishda a.sosiy e'libor muhim bog’likliklar va munosaballarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojiantiriladi.Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o’qish asosiy faoiiyat bti'lib qoladi va bu faoliyalni bolalar ijtimoiy ahamiyalli Faoiiyat deb anglay boshlaydilar. Bola o’zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi.Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojianishida faoiiyat etakchi rol o’ynaydi. Turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil ctish kerak. Bunga albatta. bolalar faoliyalining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singclirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga. tabiatga, mchnatga, boshqa odamlarga va o’ziga munosabat sislemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda boialik va o’smirlik yoshi ayniqsa miihimdir.Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida bar tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e'tikod, ma'naviy sifatlar, his-tuyg’ular (burch. vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta'sir. etadi.
SHaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy laoliyatning lurli xillarida: o’quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojianliradi. lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo’ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. SHaxsning etakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta'sir natijasida rivojlanadi. SHaxsning ma'naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o’z ichki ishining yakuni bo’lib, bu Jarayonda tashqi ta'sirlar qayta ishlanadi va o’zlashliriladi.Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o’zgarishi, eskining yo’q bo’lishi va yangifting vujudga kelishi Jarayoni bo’lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kucPtlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o’zgaradi. Bu rivojlanish va o’zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo’ladi. SHaxsning ijtimoiy rivojlanish manbai shaxs bilan Jamiyatning ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o’zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o’yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o’yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.
SHaxsni shakllantirish tarbiya Jarayonida ro’y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo’lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo’ladi.

2.1.” Metod” tushunchasi va pedagogik tadqiqotlar.


Maktabgacha pedagogika o’z tadqiqot ob'ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi maktabgacha pedagogika fanini ham rivojlanib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni takomillashtirishga, ularni to’gTi hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin