Педагогик компетентлик


 O‘qituvchi-bakalavr tayyorlash sifatini baholash



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
uslubiy qo\'llanma

2.2. O‘qituvchi-bakalavr tayyorlash sifatini baholash 
 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil fevral oyidagi 
hay’at yig‘ilishida hal qilinishi zarur deb e’tirof etilgan masalalardan biri 
bo‘lajak mutaxacsisning kompetentligi ni aniqlash masalasi deb 
ta’kidlangan edi. Chunki yangidan kiritilayotgan Oliy ta’lim davlat ta’lim 
standartlarining “Bakalavr tayyorlash sifatini baholash” qismida OTMlar 
oldiga “talabalar bilimi va amaliy ko‘nikmalari darajasini, bitiruvchilar 
kompetensiyalarini ob’ektiv baholash protseduralari ni ishlab chiqish” 
vazifasi qo‘yilgan ( DTS..., 2011). 
Kompetentlik atamasi lotincha “competo” so‘zidan olingan bo‘lib, 
“erishayapman, munosibman” degan ma’noni anglatadi hamda ma’lum 
sohadan xabardorligini, bilishini va tajribaga ega ekanligini bildiradi 
(O‘zME, 2002).
Rus olimlari E.Zeer, D.Zavodchikovlar (2007) “kompetentlik” 
atamasiga mutaxassisning o‘z faoliyatini samarali tashkil qilishga 
qaratilgan xatti-harakatlar yig‘indisi deb qarashadi. Ogayo shtati 
universiteti olimlari “kompetentlik” tushunchasini shaxsning ma’lum 
sohada samarali ishlashi uchun kerak bo‘lgan ko‘nikma va malakalar 
to‘plami deb hisoblaydilar (Ivanov, 2007). 
Ushbu sohaning yetakchi tadqiqotchilaridan biri bo‘lgan amerika olimi 
R.Meyers “kompetentlik - bo‘lajak mutaxassisning qandaydir ma’lum 
kriteriylarga javob berishi emas, balki uni amaliyotda qo‘llab, isbotlay 
olishidir”, – degan xulosani beradi (Ivanov, 2007).


44 
Rus olimasi M.M.Shalashovaning (2008) fikricha, mutaxassis ning 
kompetentligi uning integrallashgan shaxsiy xususiyati bo‘lib, hayotda va 
ish faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni o‘z bilimi, tajribasi va 
shaxsiy iqtidori asosida hal qila olish qobiliyati tushuniladi.
Odatda malakaviy amaliyotda mutaxassisning kompetentligi quyidagi 
ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi: 
• kasbiy layoqatlilik; 
• o‘z sohasini yaxshi bilishi; 
• kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi; 
• o‘z ustida ishlab borishi; 
• o‘zining qabul qilgan qarorlariga mas’ulligi. 
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassis kompetent ligini 
aniqlash 
nihoyatda 
muhim 
masala 
sanaladi. 
Chunki 
bo‘lajak 
mutaxassisning ta’lim-tarbiya jarayonida faoliyat yuritishi uning 
kompetentligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi kunda Rossiya va 
ayrim qo‘shni davlatlarning OTMlarida talabani mutaxassis sifatida 
shakllanganlik darajasini uning o‘qish davridagi faoliyatini kompleks 
baholash orqali amalga oshirish taklif qilinmoqda. Bu holda talabaning 
quyidagi ishlardagi ishtiroki hisobga olinadi: 
• kurs ishlari himoyasi natijasi; 
• bitiruv malakaviy ish himoyasi natijasi; 
• talabaning ilmiy-tadqiqot ishlardagi ishtiroki; 
• talabaning turli tanlov, ko‘rgazma va boshqa yig‘inlardagi 
qatnashuvi; 
• pedagogik va ishlab chiqarish amaliyot yakunlari; 
• talabaning 
fan 
olimpiadalari, 
respublika 
va 
xalqaro 
konferensiyalar, ilmiy seminarlardagi ishtiroki va erishgan 
natijalari; 
• talabaning sport va boshqa sohalarda erishgan yutuqlari. 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni kompleks baholash natijasida bitiruvchi 
talabaning kompetentligini aniqlash mumkin deb hisoblanadi. 
Bizning 
ko‘p yillik kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, 
“kompetentlik” tushunchasi shaxsning kasbiy va shaxsiy xususiyatlari 


45 
bo‘lib, egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llay olishi 
hamda qo‘yilgan muammo va vazifalarni mustaqil hal qilish layoqatiga 
ega ekanligi bilan tavsiflanishi lozim bo‘ladi. U o‘zida bitiruvchining 
mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini ham mujassamlashtiradi.
Kompetentlikni shakllanishida asosiy o‘rinni talabalar mustaqil 
ta’limi egallaydi. Chunki bo‘lajak mutaxassis faqat bilim va ko‘nikmaga 
ega bo‘libgina qolmay, uni amalda qo‘llay olishi talab qilinadi. Bunga esa 
ta’lim jarayonida talabalarni muammoli topshiriq va vazifalarni mustaqil 
holda hal qilishga o‘rgatish orqali erishish mumkindir. Ushbu umumiy 
maqsaddan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim bo‘lajak mutaxassislarni 
har qanday sharoitda va holatda o‘zlarining aqliy salohiyatlarini to‘la ishga 
solish, zarur bo‘lgan bilimlarni izlab topish, amaliy faoliyatlarida tatbiq 
etishga odatlantirib boradi. Bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy hayotda va 
ta’lim-tarbiya jarayonida to‘laqonli, raqobatbardosh mutaxassis sifatida 
faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Talabalik davrida o‘qituvchining 
hamkorligida, maslahatlariga suyangan holda mustaqil bilim olish 
ko‘nikma va malakalari tarkib topadi. O‘quv rejasi, dastur va darsliklarda 
belgilangan o‘quv materiallari o‘zlashtiriladi. Amaliy faoliyatda 
qo‘llashga, kafolatlangan natijalarga erishishga o‘rgatiladi. Bu jarayonda 
imkon qadar talabaning mustaqil faoliyat yuritishiga e’tibor qaratish ijobiy 
natija beradi. 
Oliy o‘quv yurtidagi mustaqil ta’limning foydali tomonlaridan biri 
shundaki, talaba o‘quv dasturi va darsliklaridan tashqaridagi kasbi va 
ixtisosligiga aloqador bo‘lgan bilimlarni ham izlab topishga, tajriba-
sinovlar o‘tkazgan holda yanada boyitishga erishadi. Bu, o‘z navbatida, 
tashabbuskor, bunyodkor va ijodkor kadrlarning shakllanishiga turtki 
bo‘ladi. 
Mustaqil ta’lim talabalar o‘rtasida ijobiy ma’nodagi raqobatni 
keltirib chiqaradi. Bir-biridan ibrat olgan holda o‘zlarining aqlini, kuchini, 
vaqtini foydali faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘naltiradilar. Turli xil 
tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, fan olimpiadalarida ishtirok etish va 
g‘olib bo‘lishga intilish, ilmiy-ijodiy ko‘rgazmalarda qatnashish orqali 
talaba iste’dodining noma’lum qirralari ochiladi. Talabaning o‘ziga, aqli 
va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchi ortadi.


46 
Mustaqil ta’lim yoshlarning shaxs sifatida kamol topishlariga ham 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Unda xarakter xususiyatlarining barqarorlashuvi, 
ayniqsa, irodaviy sifatlarning mustahkamlanishi, o‘z-o‘zini boshqarish 
kabi fazilatlarning takomillashuvi ro‘y beradi. Atrof-muhitdagi narsa va 
hodisalarga befarq bo‘lmaslik, ularni to‘g‘ri baholay olish, o‘zlarining 
mustaqil fikrlarini bildirish va dalillashga odatlanadilar.
Mustaqil ta’lim OTMlarda o‘quv reja va dasturga amal qilgan holda 
tashkil etilsa-da, talabalar bilim doirasini keng va chuqur bo‘lishiga, 
amaliy faoliyatga tatbiq etgan holda zarur natijalarni qo‘lga kiritishiga 
imkon yaratadi. Bizning nazarimizda, mustaqil ta’lim yoshlarni ertangi 
kunning murakkab muammolariga qiynalmas dan javob topishga 
tayyorlashning omili bo‘lib xizmat qiladi. 
Yoshlarning mustaqil bilim olishlari oliy o‘quv yurtlarida o‘quv reja 
va dasturda aniq belgilangan. Xuddi shunday tartib umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ham amal qilinsa bilim egallashdagi 
izchillik va uzluksizlik yanada takomillashadi. Ayrim hollarda umumiy 
o‘rta ta’limidagi tartib-qoidalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan 
farqlanadi. Xuddi, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
bosqichida o‘quvchining bilim olishi oliy o‘quv yurtlaridagidan keskin 
farq qiladi. Ushbu tafovutlar talabalarning bilim olishi va kasb 
egallashlarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bo‘lajak 
mutaxassisning 
kompetentligi 
shakllanishi 
uchun 
ta’lim-tarbiya 
jarayonining uzluksizligi, izchilligi, tizimliligi katta ahamiyatga ega 
ekanligini unutmasligimiz kerak. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bo‘lajak mutaxassis ning 
kompetentligini 
shakllanishida 
yuqori 
kurslardagi 
malakaviy 
amaliyotlarning o‘rni ham benihoya kattadir. Shuning uchun OTM larda 
malakaviy amaliyotlarning o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va uni 
samaradorligini oshirish masalalarini hal etish zarur hisoblanadi. 
Shuningdek, talabaning kasbiy va tashkilotchilik tomonlarini hisobga 
olgan holda malakaviy amaliyotdagi faoliyatini baholash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa xozirgi axborot asrida talabaning axborot 
kommunikatsion texnologiyalar dan erkin foydalana olishi va chet tilida 
muloqot qilishi ham uning to‘laqonli mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim 


47 
o‘rin egallaydi. Shu sababli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlaridagi chet tilini 
o‘qitish uslubiyotini tubdan isloh qilish zarur.
Hozirgi kunda Respublikamizning tayanch OTMlarida Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining topshirig‘iga ko‘ra DTSlari talablaridan kelib 
chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi bitiruvchi larining kompetentligini 
aniqlash mezonlarini tayyorlash yuzasi dan ishlar boshlab yuborildi. Oliy 
ta’lim muassasasining bitiruvchisi amaldagi DTS talablariga ko‘ra o‘quv 
rejasida ko‘rsatilgan fanlarni o‘zlashtirishi, soha uchun kerakli bilim, 
ko‘nikma va malakalarni egallashi hamda ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha 
davlat attestatsiyasi, bakalavr uchun bitiruv ishi himoyasini bajarishi talab 
qilinadi. Davlat attestatsiyasi komissiyalari yuqoridagilarni hisobga olgan 
holda bitiruvchilarga kvallifikatsiya berish to‘g‘risida qaror chiqaradi. 
Ammo bu ko‘rsatkichlarni bitiruvchining kompetentlik darajasini 
aniqlashda yetarli emasligini ko‘pchilik tan olmoqda. Ikkinchi tomondan, 
kompetentlik ko‘p jihatdan shaxsning intellektual - psixologik 
xususiyatlari bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 
OTMlarda talabalarning kompetentligini aniqlash mezonlari: 
• talabaning fan bo‘yicha egallagan bilimi, ko‘nikmasi va 
malakasini amalda qo‘llay olishi; 
• intellektual qobiliyati; 
• psixologik xususiyatlari; 
• muammoni mustaqil hal qila olishi; 
• yangiliklarga intiluvchanligi va o‘z ustida ijodiy ishlashi; 
• o‘z fikrini ayta olishi va himoya qilishi. 
Ushbu mezonlar talabaning kompetentlik darajalarini ishlab 
chiqishda tayanch OTMlar kafedralarining professor-o‘qituvchilari va 
mutaxassislari tomonidan e’tiborga olinishi lozim.


48 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin