Педагогик компетентлик


berishda: qanday qilib irodani tarbiyalash kerak, qanday qilib xarakterni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
uslubiy qo\'llanma

berishda: qanday qilib irodani tarbiyalash kerak, qanday qilib xarakterni 
shakllantirish kerak, qanday qilib birdamlikni rivojlantirish kerak, — 
degan savolga bitta kuchli so‘z bilan — mehnat orqali” degan javob 
borligini payqamasligi mumkin emas. 
Dunyo pedagogik olimlari oldida turgan eng muhim muammo, agar 
kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshilsa, pedagogik va psixologik 
fanlarni ma’lum bir tizimga solish, korreksiya qilish, zamon talablariga 
javob bermaydigan pedagogik nazariya va usullardan voz kechish vaqti 
yetganligini ko‘rsatib turibdi.
Ko‘p hollarda o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi deganda faqat 
psixologik-pedagogik va maxsus bilimlar birligini tushunadilar. Faqat 
bilimlarini oshirish bilangina ish bitmay di o‘qituvchi tajribasi tizimida 
qo‘llay bilmasa, bilimlar keraksiz toshdek og‘ir yukka aylanadi. Shu bois 
ta’lim berishning nazariy asoslariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. 
Nazariy faoliyat pedagogik fikr yuritishning umumlashgan bilish xususiya 
ti bo‘lib, o‘qituvchining tahliliy, taxminiy, loyihaviy va refliksiv bilish 
xususiyatlarini o‘zida birlashtiradi.
Adekvat – “tenglik”, to‘laligicha bir xillik”, “aynan o‘zi” ma’nosini 
beradi.


53 
Tahliliy bilish – tahliliy bilish xususiyatining shakllanganligi, 
pedagogik mahoratning eng muhim qirralaridan biridir. Analiz-tahlil aynan 
tahliliy bilish orqali pedagogik fikr yuritishning umumlashgan tarzdagi 
bilishini yuzaga chiqaradi. Bunday bilish bir qator shaxsiy bilish tizimini 
o‘zida birlashtiradi. Pedagogik hodisalarni uni tashkil etuvchi unsurlarga 
ajrata olishi (sharoit, sabablar, oqibatlar, rag‘batlan tiruvchi omillar, 
vositalar, shakl va boshqalar), har bir bo‘lakning bir butunlik bilan 
bog‘liqligi va tomonlarning birgalikdagi harakatini anglashi; ta’lim-tarbiya 
nazariyasidan kelib chiqayotgan hodisa mantig‘iga mos keluvchi g‘oya, 
fikr va qonuniyatlarini topa bilishi; pedagogik hodisalarni to‘g‘ri aniqlay 
olishi, eng muhim pedagogik vazifani (muammo) topish va uni samarali 
yechish yo‘llarini bilish kabilardir.
Fakt va hodisalarni nazariy tahlil qilish; narsa va hodisalarni boshqa 
narsa va hodisalardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish; ana 
shu narsa va hodisalarni tashkil etuvchi unsurlarni aniqlay olishi; ushbu 
tizimdagi barcha unsurlarning mohiyati va vazifasini, rolini aniqlay olishi, 
butun bir hodisaga har bir unsurning o‘ziga xos ta’siri, ushbu hodisaning 
ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlashi kabilar. Bu yerda pedagogik narsa 
fakt sifatida, u yoki bu tarbiyaviy munosabat, pedagogik hodisa esa 
hayotdagi hodisa va voqeaning hayotda yuz berishi, bunda ana shu 
hodisani tahlil qilish orqali pedagogning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini 
bajarishdagi harakati, talabalar harakati orqali yuzaga chiqqan pedagogik 
natija. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin