29
1. Ta’lim muhiti talaba shaxsining ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatga
erishish va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatishi lozim.
2. Talabalar imkoniyatlarini ta’lim natijalariga ko‘ra baholashni
ta’minlash va o‘z-o‘zini baholash jarayonida uni qo‘llash.
3. Talabalarni mustaqil, asosli faoliyatlarini tashkil etish ularni shaxsiy
motivatsiyasi va mas’uliyatini oshirishda turli shakllardan foydalanish.
4. Har bir millatning tarixi va madaniyati, oila va jamiyat
qadriyatlarini hurmat qilish va unga amal qilish.
5. O‘zgalar va o‘z fikrini hurmat qilish xushmuomalali bo‘lish.
6. O‘z hato va kamchiliklarini bilishi va uni mustaqil ravish da tuzata
olish.
7. Hayot xavfsizligi va sog‘lom turmush tarzi asoslarini egallagan
bo‘lishi kerak.
Ta’lim vazifalarini amalga oshirishda hayot davomida ahamiyatga ega
bo‘lgan kompetensiya zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
- kommunikativ kompetensiya;
- informatsion kompetensiya;
- muammolarni hal eta olish;
- rivojlantiruvchi muhitni yaratish.
Dostları ilə paylaş: