18
qilar
ekanmiz,
bu
ikki
tushuncha
haqida
turli-tuman
fikrlar
aytilayotganligini yaqqol sezamiz.
A.G.Bermusning
fikriga
ko‘ra, “Kompetentlik takomillashib
borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman
olganda, butun borlig‘ini yagona tizimga birlashtiradi”.
8
“Kompetentlik bu
nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini uzluksiz
ravishda yangilab borishi hamdir, – deydi M.A.Choshanov. M.Aronovning
fikricha, kompetentlik mutaxassis ning ma’lum
bir faoliyat uchun tayyor
ekanligini bildiradi.
Noaniq
vaziyatlarda
faoliyat
ko‘rsata olish qobiliyati bu
kompetentlikdir, deydi O.Ye.Lebedev.
9
Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy
faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi I.A.Zimnyaya.
10
A.V.Xutorskiy “kompetnsiya” va “kompetentlik” tushunchalari ni
quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya –
insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat
usullari)
hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan
shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir.
Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini
bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega
bo‘lishi demakdir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning
jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’lim-
tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish
zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy
kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki
an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan
kelib chiqqan holda
kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali
yechilmagan masalalar talaygina.
A.Avloniy nomidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti
pedagog olimasi L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma,
8
Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентностного подхода в образовании.
www.eidoc.ru
.
2005, 09, 10.
9
Лебедев О.Е. Компетентносный подход в образовании. www.nekrasovepb.ru
10
Зимняя И.А., И.А. Ключевных. Компетенции – новая парадигма результата образования. quality.petrsu.ru
19
malaka,
qarashlar,
individning
qadriyati
va
shaxsiy
sifatlari,
kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati”, –
deb ta’riflaydi.
Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va
garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy
masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim, ya’ni o‘qitishni tarbiya bilan
uyg‘unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim
jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni
tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib
chiqqan holda yondashilishi
ko‘zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki o‘ta mahoratlilik, oliy malakali
pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga, aytish
joiz bo‘lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan. Biz
yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogik faoliyat jamiyatdagi
funksiyalari bo‘yicha va kasbiy sifat xususiyatlariga qarab hamda
psixologik tamoyillari bo‘yicha artist va olimlar tomoniga yaqindir.
Pedagog mehnatining xususiyatlari insonni o‘qitish
va tarbiyalash uchun
mo‘ljallangan. Yoshlarda insoniy fazilatlarni shakllantirish, mehnat
predmeti inson hisoblanishi hamda jamiyatni boshqaruvchi shaxsga
bo‘lgan ta’siri o‘z-o‘zidan kompetentlikni talab qiladi. Qadimgi yunon
faylasufi Aflotun “Agar kosib yomon usta bo‘lsa, bundan davlat juda katta
narsa yo‘qotmaydi, faqat xalq yomonroq kiyinadi, xolos. Agar yoshlar
tarbiyachisi o‘z
vazifasini yomon bajarsa, u holda mamlakatda nodon,
johil, bilimsiz va ahmoqlar toifasi vujudga keladi”– degan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Kadrlar tayyorlash
bo‘yicha har tomonlama yetuk, malakali kadrlar tayyorlash –
dasturimizning asosiy sharti bo‘lishi kerak”, – degan edi.
11
Oliy ta’lim
muassasalari “Pedagog kadrlar qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimini yanada takomillshatirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida oliy ta’lim
tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazini tashkil qilish
vazifasini qo‘yadi.
11
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. 1999.