Педагогик компетентлик



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix15.03.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#87982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
uslubiy qo\'llanma

 
 
 
 
 
1.4. O‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini
shakllantirish tizimi 
O‘qituvchining asosiy faoliyati komil insonga ta’lim va tarbiya 
berishdan iborat ekan, ana shu pedagoglarni yetkazib berishda faoliyat 
yurgizuvchi oliy ta’lim o‘qituvchisi zimmasiga yanada og‘ir vazifalarni 
yuklashi aniq. Bu vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs, o‘qituvchi, 
pedagoglarni tayyorlashga har tomonlama haqli va munosib bo‘lishi va 
ana shu vakolatga ega bo‘lishi lozim. Biz yuqorida ana shunday vakolatga 
ega bo‘lish huquqini pedagogning kasbiy kompetensiyasi deb belgilab 
oldik. Bu tushuncha albatta, pedagog faoliyatini amalga oshirishi uchun 
kasbiy mahorati hamda nazariy-amaliy tayyorgarligidir. Pedagogning u 
13
Каримов И.А.Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент. Маънавият-2008. 


23 
yoki bu mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarligi malaka tasnifi – 
kompetensiya egasi bo‘lgan pedagog me’yoriy modelida aks etadi.
Kvalifikatsiya, malaka tasnifi – bu bir qator talablar yig‘indisidan 
iborat bo‘lib, o‘qituvchining nazariy va amaliy tajribalari darajasini 
ko‘rsatadi. Umuman olganda, psixologik-pedagogik bilimlar o‘quv 
dasturlarida aniq belgilab qo‘yilgan. Psixologik-pedagogik jihatdan 
o‘qituvchining tayyorgarligi metodologik asoslar, pedagogik darajalar
shaxsning ijtimoiy takomillashib borishiga suyanadi. Mohiyatan ta’lim-
tarbiya maqsadlari va texnologiyalariga asoslanadi.
Pedagogik-psixologik va (maxsus) fanlar bo‘yicha bilimlar kasbiy 
kompetensiya egasi bo‘lish uchun yetarli emas, bu bilimlarning 
ko‘pchiligi, xususan, nazariy, amaliy va metodologik bilimlar 
o‘qituvchining itellektual amaliy malaka va mahoratini oshishiga sabab 
bo‘ladi. Pedagogik mahorat keng qamrovli uzluksiz faoliyat bo‘lib, shaxs 
kamoloti uchun xizmat qiladi. Bu tushuncha nazariy bilimlarning bo‘lg‘usi 
o‘qituvchilar amaliy tayyorgarligi dagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin