30
- talabalarni loyiha ustida guruhlarda ishlashga o‘rgatish mavzu va
muammolarni aniqlash, vazifalarni taqsimlash,
rejalash tirish, bahs-
munozara natijalarini muhokama qilish va baholash.
- talabalarni turli xil shakldagi munozaralardagi ishtiroki.
- talabalarda o‘z harakatlarini tartibga solishni shakllanti rish.
- baholash tizimi orqali talabalar o‘z bo‘lg‘usi natijalarini
takomillashtirish, o‘z darajalariga va natijalariga baho berib, ularni yanada
takomillashuviga erishish.
O‘qituvchilarda “Rivojlantiruvchi muhit”ni yaratishga yo‘nalti rilgan
harakatlar imkoniyatlari.
1. Mustaqil ravishda biror narsa qilmoqchi bo‘lganlarning harakatini
rag‘batlantirish.
2. Qo‘yilgan maqsadga yetmoqchi bo‘lgan talabalar yutuqlarini
namoyish etish va ularning yutuqlari bilan qiziqish.
3. Aniq qo‘yilgan, mukammal lekin
amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan maqsadlarga undash.
4. Atrofdagilarning qarashlariga nisbatan o‘z qarashlarini ifodalashga
o‘rgatish.
5. Boshqacha xulq va fikrlash usullariga undash.
6. Talabalarni turli xil rivojlantiruvchi faoliyatga o‘rgatib borish.
7. Turli motivatsiya shakllarini yaratish va talabalar faoliyati ni yanada
faollashtirish.
8. Madaniy namunasi va tushunchasi negizi asosida o‘z dunyosini
tasvirlash.
9. Shaxsiy tasavvurlari asosida yangi faoliyat sharoitlarini yaratish.
10. Muammolarni hal qilishni o‘z tushunchasi bo‘yicha qo‘rqmas dan
bayon qilishga o‘rgatish.
11. Savol berishga va o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish.
12. O‘zgalarni tinglash, ular fikrini tushunish lekin ular bilan
kelishuvchanlik qoidasiga amal qilish.
13. Qiziqishi va qobiliyati yuqori va o‘zgacha bo‘lgan
talabalar ni
tushunishga o‘rgatish.
14. Muhokama qilinayotgan muammoga o‘z nuqtai nazarini bildi rish
va guruhda o‘z o‘rni bo‘lishiga o‘rgatish.
31
15. Talabalarga ish natijalarining baholarini to‘liq tushunar li yetkazib
berish.
16. O‘z faoliyatini va uning natijalarini aniq manbalar asosida o‘zini-
o‘zi baholashga o‘rgatish.
17. Agar talabalar xato qilsalar ularni qo‘llab-quvvatlash va xatolarini
tuzatishlariga yordam berish.
18. Talabalarga qanday qilib mustaqil o‘qish mumkinligini ko‘rsatish
va yangicha narsalarni o‘ylab topish.
19. Talabalarga “Bilmayman”, “Bajara olmayman”, “Tushuna
olmayman” tushunchalari uyat emasligi, ularning o‘rniga esa, dastlab,
“Bilaman”, “Bajara olaman” va “Tushuna olaman” iboralarini tushuntirish.
20. Talabalar o‘z tengdoshlari bilan muhokama qilinayotgan mavzu va
muammolarni, o‘z fikri va kechinmalarini o‘rtoqlashish lari yoki fikr
almashishlariga imkoniyat yaratish.
21. Yakuniy va ijobiy natijalarga erishish uchun talabalarga
mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga o‘rgatish.
Zamonaviy o‘qituvchining asosiy kompetensiyasi:
1. O‘z “ta’limiy kamchiliklari”ni mustaqil tuzatib, talabalar bilan birga
o‘qishni bilish.
2. Talabalarni mustaqil faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishni
bilish.
3. O‘quv jarayonini sahnalashtirish bunda turli xil faoliyat usullaridan
foydalanish, ularga talabalarning moyilligi va
qiziqishiga qarab ishlarni
taqsimlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4. Tadqiqotchilik tafakkuriga, talabalarda tadqiqotchilik ko‘ nikmasini
tashkil etishni bilishi kerak.
5. Talabalarni yutuq va rivojlanishlarini baholash tizimi dan
foydalanish.
6. O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ni
bilish.
7. Dars jarayonida suhbat va bahs-munozara olib borish, talabalar
o‘zlari hoxlab aytmoqchi bo‘lgan fikr, qarash
va munosabatlarini bayon
eta olishlariga yo‘naltirilgan muhit yaratish. Nafaqat talabalar bir-birlari
32
bilan balki, o‘qituvchi bilan ham shaxsiy qarash va munosabat, tanqidlarni
tahlil qilishlari kerak.
O‘qituvchining tayanch pedagogik kompetensiyasi yuzasidan
Rossiyada kasbiy standart talablari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular:
• ijtimoiy-shaxsiy kompetensiya;
• pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarini amalga oshirish;
• o‘quv faoliyati motivatsiyasi;
• informatsion kompetensiya;
• pedagogik dasturlarini ishlab chiqish va qaror qabul qilish;
• o‘quv faoliyatini tashkil etish.
Yuqoridagilardan
kelib chiqqan holda, oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy
kompetensiyasi tizimi uchun tayanch hisoblangan bir necha turini tilga
olishimiz mumkin.
1.
Aksiologik kompetensiya (rivojlanish va takomillashuv) – shaxs
qadriyatlari, individligi, kasbiy pedagogik faoliyat
maqsadlarini chuqur
anglashi, kasbiy etik madaniyatga ega bo‘lishi, o‘z kasbini yashashdan
maqsadi deb bilishi, talabalarni o‘qitish jarayonlarini ijtimiy-madaniy
qadriyatlarni kashf etish deya bilishi, pedagogik fanlarning insopparvarlik
funksiyalarini chuqur idrok qilishi.
Dostları ilə paylaş: