Muloqotda turli xalq og’zaki ijodiga xos bo’lgan afsona, rivoyat, ertaklar, maqollar va hikmatlardan foydalanish ham kishini muomala madaniyatni kuchaytiradi va ikkinchidan katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Jamiyatni demokratlashtirish - maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirishdir. Pedagogik amaliyot davrida talabalar bilan birga maktab direktori fan bo’yicha eng ilg’or deb tanishtirgan o’qituvchining darsiga kiradilar. Haqiqatdan ham, o’qituvchi mavzuni juda yaxshi biladi, qator ko’shimcha adabiyotlardan foydalanadi, mavzuni yorita oladi. Lekin o’quvchilarga nima bo’lgan? O’qituvchi qiziqarli, mazmunli savollar berayapti. Lekin hamma o’quvchilar pedagog fikrini tshunib yetmayapti, ozgina yordam kerak. Lekin o’qituvchida o’quvchi javobini eshitishga chidam yetishmayapti. Hatto bir qo’l ko’tarib javob bermoqchi bo’lgan o’quvchiga jerkib berdi: "Nimaga qo’lingni buncha chaypaysan? Boshimni og’ritib yubording" «Bilmasang nimaga qo’l ko’tarasan?" Darsdan so’ng ko’pgina talabalar darsni qoniqarsiz deb baholaydilar. Bu yerda faqat o’qituvchining bilimi emas, balki dars muhiti, o’qituvchi va o’quvchi muloqoti, munosabati muhimdir. Ayniqsa hozirgi kunimizda oldimizga erkin, mustaqil fikrlovchi har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalash vazifasi turganda, bu muloqot aslida muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik muloqot - bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto’g’ri pedagogik muloqotdan o’quvchida qo’rquv, ishonchsizlik paydo bo’ladi, e’tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi.
O’qituvining o’quvchilar bilan muloqoti bunday kayfiyatga yo’l qo’ymasligi, o’quvchini faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak.
A.S.Makarenko fikricha o’qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat bo’lishi kerak.
V.Suxomlinskiy aytadiki: "Maktab hovlisida gapirilganda har bir so’z o’ylangan aqlli, maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak". O’qituvchi so’zi faqat quloqqa emas, balki yurakka ham qaratilgan bo’lishi kerak.
O’quvchi o’qituvchisiga do’stiga, o’rtog’i va ustoziga bo’lgani kabi munosabatda bo’lishi kerak. O’qituvchi o’quvchi munosabati do’stlikka asoslanishi lozim.
Umuman ilg’or pedagoglar fikricha tu’lim faqat hamkorlik pedagogikasi pozitsiyasida bo’lishi kerak.