Pedagogik muloqotning psixologik asoslari



Yüklə 199,66 Kb.
səhifə1/5
tarix04.05.2023
ölçüsü199,66 Kb.
#107560
  1   2   3   4   5
PEDAGOGIK MULOQOTNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

PEDAGOGIK MULOQOTNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

R E J A 1. Ta’limda turli xildagi muloqotni tashkil etish va unda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi 2. Sharqona tarbiya va uning muloqaotga ta’siri. 3. Muloqotga kirishda o’zbek urf odatlari, udumlar, ular haqida rivoyat, afsona, hikmatlardan foydalanish va kasbda tatbiq etish usullari. 4. Pedagogik muloqot mohiyati, funksiyalari va tuzilishi. 5. O’quv - tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari

Insonning o’zini qurshab turgan olam bilan o’zaro birgalikdagi harakati odamlar o’rtasidagi ularning ijtimoiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida tabiatgagina emas, balki bir - birlariga ham o’zaro ta’sir ko’rsatadilar.

"Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq ta’lim - tarbiya ishlarida milliy - madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga e’tibor berib kelinmoqda. Bu ustuvorlik turli xildagi muloqotlarda ham saqlab kelinsa maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ko’rsatib berilgan O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy axloqiy negizlari:

  • 1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
  • 2. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
  • 3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
  • 4. Vatanparvarlik kabilar turli muloqotlarda asos bo’lib xizmat qilishi lozim.

Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda kishilar bilan munosabat, so’zlashuv va shuningdek ish, xizmat bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go’zal muomala lutf - karamdir. Alisher Navoiy buni muomala - pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan.

  • Muomala madaniyati, eng avvalo, xalqimizning bolajonligi, oilani muqadas bilishida namoyon bo’ladi.

Yüklə 199,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin