Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.
Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar.
Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir:
tezda yakun topadigan nizolar; kuchsiz, sust kechadigan nizolar;
uzoq muddat davom etadigan nizolar; kuchli, tez kechadigan nizolar.
Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak.