Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi



Yüklə 27,79 Kb.
səhifə1/2
tarix12.05.2023
ölçüsü27,79 Kb.
#112109
  1   2
Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi


PEDAGOGIK ODOB. PEDAGOGNING MUOMALA ODOBI.
REJA:
1. O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha.
2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. Darsda pedagogik nazokat.
3. Pedagogik nazokatni egallash shart - sharoitlari.
4. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha.


1. O‘kituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi.SHuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham talab etiladi.
Muallining bilimdon bo‘lishi, ma’naviy barkamolligi o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ijobiy axloqiy ta’sir o‘tkazadi. «Qadimgi ajdodlarimiz», - degan edi I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ro‘zasida, - komil inson haqida butun bir ahlokiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar".
O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axlokiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi.
Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda o‘qituvchi "yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak.
Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun bo‘lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o‘zlashtiri6 olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va ahlokiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o‘qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axlokiy fazilatlariga aylanadi.
Haqiqatdan, o‘qituvchi yoshlarga ta’lim - tarbiya beruvchi kishi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida shunday yozilgan: "Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega". CHunki HO‘qumat xalk ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yilayottan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq.
Har qanday mutaxassis odob-ahloq namunalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik odoblilik mutlaqo o‘zgacha holdir. CHunki tabiatga, jamiyatga, notanish kishilarga, jism va ashyolarga, o‘z-o‘ziga munosabatda haqiqiy mezon rolini bajaruvchi qobiliyatga ega bo‘lishlik aynan o‘qituvchi shaxsida mujassamlashadi. Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi:
emostional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari,
chegaralariga batamom rioya qilish;
xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish;
nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar
ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;
hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish,
manmanlikni namoyish etmaslik;
o‘quvchilar va o‘kituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo.
O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha yuksaklikka ega inson. Uning bu darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va. rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
2. Pedagogik nazokat o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi.
O‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib o‘zida muloqotning demokratik uslubini shakllantiradi, o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi.
Pedagogik nazokat o‘qituvchiga bolalar bilan muloqotda konflikt (qarama - qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabatni to‘g‘ri kurishga yordam beradi.
Takt so‘zi ta’sir etish ma’nosini bildiradi. Bu kishilar o‘zaro munosabatini boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriyadir. Taktik xulq insonparvarlik prinstipiga asoslanib, murakkab konflikt holatlarida ham kishiga hurmat saqlab qolishni talab qiladi.
Nazokatli bo‘lish barcha kishilarga qo‘yilgan axloqiy talab, ayniqsa pedagoglarga bu juda muhim. Pedagogik takt o‘qituvchining kasbiy sifati, uning mahoratining bir qismi.
Pedagogik takt - bu o‘qituvchining o‘quvchiga maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir o‘lchovi, muloqotning maxsuldor uslubini o‘rnatish ko‘nikmasi. Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda oxirgi holatga (choraga) yul qo‘ymaydi.
Hurmat erkalash va talabchanlikni ham talab etadi. O‘quvchiga munosabat ularning yosh xususiyatlariga ham bog‘lik bo‘ladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga munosabatda o‘qituvchi bolani kuchog‘iga olishi, boshini silashi, erkalab chaqirishi mumkin. Katta o‘quvchilar bilan bunday holatga ayrim sharoitlarda yo‘l qo‘yiladi. O‘spirinlar bilan bunday munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ular o‘zini katta, mustaqil deb bilishadi.
O‘qituvchi takti darsda, sinfdan tashqari ishlarda va boshqa joylarda namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining darsdagi pedagogik takti. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, buning muhim sabablaridan biri - o‘qituvchining taktsizligidir. Ba’zi o‘qituvchilar "nimaga jim o‘tirolmaysan, tagingda mix bormi?" kabi ogohlantirishlarni normal holat deb hisoblashadi. Ba’zi o‘qituvchilar darsga kirib o‘quvchini ko‘chada ko‘rganligi, kim bilan yurganligi va qanday kiyinganini kesatib aytib beradi. Ba’zan shundan ziddiyatlar boshlanadi.
Nazokat (takt) darsning barcha etaplarida zarur. Ayniqsa, o‘quvchilar bilimini baholash vaqtida bunga alohida e’tibor berish kerak. Javob berayotgan o‘quvchining gapni bo‘lib, "hech narsa bilmaysan", "bu gaplar nima kerak?" kabi so‘zlar bilan ularni to‘xtatish mumkin emas. Ba’zi duduq o‘quvchilar nazokatli o‘qituvchi darsida yaxshi gapira olsa, taktsiz o‘qituvchi darsida javob berishda qiynaladilar.
Barcha o‘quvchilar ularning javobini e’tibor va hurmat bilan tinglovchi o‘qituvchiga javo6 berishni xohlashadi. O‘quvchi gapirayogganda o‘qituvchi uni quvvatlab, qapashi, mimikasi bilan ma’qullab turishi kerak. Javobni befarq tinglasa yoki mensimay e’tibor bermasa o‘quvchi shu o‘qituvchiga javob berishdan qochadi.
Baho qo‘yish vaqti ham muhim. Ba’zan o‘qituvchi avval yaxshi javob bermagan o‘quvchi yaxshi gapirib qolsa: "Sen meni hayron qoldirding, senga "4" baho qo‘yishga majburman", - deydi. Aslida, u o‘quvchi muvaffaqiyatidan mamnun bo‘lishi kerak edi.
Pedagogik takt o‘qituvchi xulqining moslashuvchanligi – taktikani talab qiladi. CHunki o‘kituvchi bolalar oldida turlicha nazokatni talab etuvchi turli rollarda chiqadi.
Sinfda o‘kuvchilar darsga tayyor bo‘lmaganda qat’iylik va muomalaning sovuq bo‘lishi ko‘zatiladi. Sinfdan tashqari ishlarda ko‘ngil ochiqligi, majbur etmaslik, ayniqsa individual suhbat, sayohatlar, do‘stona aloqa, bolalarga ishonch o‘qituvchi uchun zaruriy holatlar.
Muloqotda taktni tanlash rolli holatlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan bog‘lik. Bunda 4 ta holat bor:
• yuqoridan qurilgan holat;
• pastdan qurilgan holat;
• yonma - yon holat;
• aralash holati.
YUqoridan o‘rnatilgan holatda o‘qituvchi o‘zining mustaqilligini, javobgarligini o‘z ustiga olishini, hech kim bilan hisoblashmasligini ko‘rsatadi. Bu holat "Ota - ona" holati deyiladi.
Pastdan o‘rnatilgan holatda bo‘ysunuvchan, o‘ziga ishonmaydigan shaxs namoyon bo‘ladi. Bu "Bolalar" holati deyiladi.
YOnma - yon qurilgan holat sharoitni hisobga olish, boshqalar qiziqishini tushunish, javobgarlikni o‘zi va bolalar o‘rtasida teng bo‘lish kabilarda ko‘rinadi. Bu "Katta kishi" holati deyiladi. Bunda o‘qituvchi, "Men sizlar bilan maslahatlashmoqchiman" yoki "birgalikda o‘ylab ko‘raylik" usulida ish ko‘radi.
Ba’zan o‘qituvchi passivlik holatini ko‘rsatadi. Masalan "doskada adashadi", o‘quvchilar esa katta quvonch bilan uni to‘g‘rilashadi. Bu holat o‘quvchi mustaqilligini ko‘rsatishiga kengrok imkoniyat beradi. Umuman bu holatlarda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan rol almashib turadi.
3. Pedagogik nazokatni egallash sharoitlari. Pedagogik nazokat pedagog mahorat bilan 6irga tarbiyalanadi va egallanadi. O‘qituvchining ma’naviy etO‘qlik
darajasi, bolalar bilan muloqot ko‘nikmalarini hosil qilishi uchun maxsus bilimlarni egallashida o‘z ustida ishlash natijasida erishadi.
Avvalo, bu bilimlar yosh psixologiyasini va bolalarning individual xususiyatlarini bilish bilan bog‘lik.
Axloq asoslarini bilish, xatti - haraktlardagi axlokiy ma’noni ko‘rish ham katta ahamiyatta egadir. SHu bilan birga, o‘quvchiga ta’sir etish yullarini bilish ular qobiliyatiga aylanishi lozim:
bolalarni sevish, o‘z muhabbatini ko‘rsatish; bolalar xulqidagi nozikliklarni ko‘rish va ko‘zatish; sharoitta moslashish;
hamkorlikning maqsadga muvofiq yulini tanlash; bolalar bilan suxbat.
To‘g‘ri muloqot uslubini tanlashda o‘zini boshqara olish, adolatlilik, boshqalar tajribasiga ijobiy yondashuv, pedagogik texnikani rivojlantirish, hazil - mutoyibaga moyillik ham katta ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi bolalarni hurmat qilishi va o‘z qadrini saqlashi muhimdir.
Pedagogik faoliyatda turli konfliktlar, pedagogik vaziyatlar uchrab turadi.
SHuning uchun yosh pedagoglar yuqoridagi qoidalarni bilishi lozim.
Pedagogika o‘z usullarini yo‘q narsadan yaratmaydi, ularni o‘ylab topmaydi. U hayotdan kishilar hulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi, tarbiyaviy ishda pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari sifatida foydalanadi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar sistemasidan iboratdir. Bu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, bolalarning hulq-atvorini rag‘batlantiradi, ularning qiyin va murakkab vazifalarini quvonch ijodiy shavq-zavq manbaiga, har bir tarbiyalanuvchi O‘quvchining shaxsiy muddaolariga aylantiradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikridir.
Talab — tajribada juda keng tarqalgan usul bo‘lib, ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo‘lishi yo‘li bilan u yoki bu xatti-harakatlarning rag‘batlantirilishi yoki to‘xtatilishini ta’minlaydi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli bo‘lgan talab bilan kollektivni tashkil etish metodi sifatidagi yagona pedagogik talablarni bir-biridan farqlash kerak. Agar yagona pedagogik talablar bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini rag‘batlantirish mazmunini va kollektivni jipslashtirishda pedagoglar bilan bolalarning harakatlari birligiga erishish yo‘llarini ta’minlasa, talab esa hulq-avtor va faoliyat normalarini bolalarning xatti-harakatlari hamda ishlarida amalga oshirish usullaridan iboratdir.
Istiqbol — ta’sir ko‘rsatishning juda ta’sirchan usuli bo‘lib, u bolalarning xattiharakatlarini ular oldiga maroqli maqsadlar qo‘yish yo‘li ta’minlaydi, bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu usul maktab o‘quvchilarida shaxsning eng muhim fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Rag‘batlantirish va jazolash — tarbiyaning eng an’anaviy usuli bo‘lib, bolalar hulq-atvoriga to‘zatish kiritishni, ya’ni foydali xatti-harakatlarni ko‘shimcha rag‘batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning nomaqbo‘l xatti-harakatlarini to‘xtatishni ta’minlaydi, bunda ularning huquq burchlarini kengaytirish yoki cheklash, ularga ahloqiy ta’sir ko‘rsatish yo‘lidan foydalaniladi.
Rag‘batlantirish va jazolash metodi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lganligi sababli (bu haqda quyiroqda gap boradi) uni qo‘llanish alohida ehtiyotkorlikni, pedagoglarning sezgirligi va xushmuomalaligini talab qiladi.
Jamoatchilik fikri— ta’sir ko‘rsatishning qudratli usuli bo‘lib, bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini g‘oyat har tomonlama va muntazam rag‘batlantirib borishni ta’minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to‘liq amalga oshiradi. Bu usul jamoa a’zolarining ijtimoiy faolligini va o‘rtoqlarcha birdamligini rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini alohida-alohida tasvirlashga o‘tishdan oldin ularni muvaffaqiyatli qo‘llanishning umumiy qoidalarini qarab chiqamiz;
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning zarur sharti pedagogning bolalarga bo‘lgan munosabatlarining chinakam insonparvarligidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari o‘z tarbiyalanuvchilari taqdiriga beparvo bo‘lgan kishilar qo‘lida sof kasbkorlik vositalari majmui emas, bu usullar bir jamoa bo‘lib, yagona intilishlar, umumiy mas’uliyat bilan birlashgan jonli kishilarning jonli munosabatlaridir.
Qattiqlik va toshbag‘irlikni, rasmiy ma’muriyatchilikni o‘zining bolalar bilan munosabati normasiga aylantirgan kishilar haqiqiy pedagog bo‘lolmaydilar. Bizning sharoitimizda faqat pedagoglar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘rtoqlarcha munosabatlarni rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan yo‘lgina pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosi bo‘lishi mumkin. Binobarin u yoki bu usullarni qo‘llanish har bir holda bolalarning faoliyatida faqat jo‘z’iy o‘zgarishlarga olib kelib bo‘lmay, shu bilan birga hamisha pedagoglar bilan tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga faol xizmat qiladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usulini qo‘llanishning ikkinchi umumiy qoidasi shundan iboratki, bu qoida oqilona tayyorlangan bo‘lishi lozim, uni qo‘llanish esa amalga oshirish uchun shart-sharoitning mavjudligini nazarda tutadi.
Bolalarning real imkoniyatlarini, ularniig tarbiyachi rag‘batlantiradigan ishlarni bajarish qobiliyatini hisobga olish pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalaridan foydalanishdagi shaxsiy yondashuvning mohiyatini tashkil etadi. Ba’zan u yoki bu pedagogik ta’sir natijasiz qoladi, chunki pedagog uning amalga oshirilishi uchun zarur moddiy vositalarning mavjud bo‘lishini oldindan ta’minlamagan bo‘ladi. Masalan, barcha o‘quvchilar ham ishga zarur bo‘ladigan asboblar bilan ta’minlangan emas, o‘qituvchi asa ularga navbatdagi topshiriqni bajarishni taklif qiladi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishda bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish kabi umumiy prinstiplarni izchillik bilan o‘tkazish ham muhim ahamiyatga egadir.
YUqorida aytib o‘tilganidek, ta’lim-tarbiya jarayonining u yoki bu usulini to‘g‘ri tanlash va uni qo‘llanishning muvaffaqiyati pedagogdan pedagogik vaziyatni bilish va hisobga olishni talab qiladi. Pedagogik vaziyat pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari uchun o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini muvaffaqiyatli qo‘llanish uchun zarur bo‘lgan hal qiluvchi shart-sharoitlarni aytib o‘tamiz. Bu avvalo tarbiyalanuvchi bilan pedagogning munosabatlaridir. Bu munosabatlar doimiy bo‘lib qolmaydi, ular o‘zaro muomala jarayonida birgalikdagi faoliyatda rivojlanadi va boyib boradi. SHu narsa mutlaqo ravshanki, o‘rtoqlarcha munosabatlarda ta’sir ko‘rsatish usullaridan biri ta’sirchan bo‘ladi, betaraf yoki salbiy munosabatlarda (bunday munosabatlar ham bo‘lishi mumkin) boshqa usul, boshqa shakl kerak bo‘ladi.
So‘ngra tarbiyalanuvchilarning pedagog taklif qilgan faoliyatga munosabati muhim shartlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, o‘quvchini oson va echimli ish bilan shug‘ullanishga majbur qilish — boshqa gap, uning jiddiy, odatdan tashkari mehnatni bajarishiga erishish esa butunlay boshqa bir gap.
Ko‘p narsa tarbiyalanuvchining kollektivdagi mavqeiga borliq bo‘ladi. U hali yangi bo‘lishi, an’analar va o‘rtoqlarining qiliqlarini bilmasligi mumkin. Kollektiv hayotning hamma sohasida tajribasi bor bo‘lishi ham mumkin. Birinchi holda ham, keyingi holda ham tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatish usuli bir xilda bo‘lishi mumkin emas.
Nihoyat, hamisha bolalarning ruhiy holatini hisobga olishga to‘g‘ri keladi, pedagog ularga biror topshirish bilan murojaat qiladi: bolalar quvnoq va vazmin bo‘lishlari, biror narsadan ranjib jahllari chindan bo‘lishi ham mumkin. Bu ham yana ta’sir ko‘rsatish shaklini tanlashga ta’sir qiladi.
Pedagogik vaziyat bilan u taqozo qilgan pedagogik ta’sir ko‘rsatish usulining biror shakli o‘rtasidagi bog‘lanish muhim ahamiyatga egadir. Bu aloqadorlikni tushunish tarbiyachilarga o‘z harakatlarida ko‘proq samaradorlikka erishish, ularni ongli ravishda rivojlantirish imkonini beradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning ayrim usullarini qarab chiqishni talab usulidan boshlagan ma’kul.
Talab pedagogik ta’sir ko‘rsatishning boshlang‘ich usuli bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini rag‘batlantirishni yoki to‘xtatishni va aniq amaliy hamda ahloqiy sifatlarini namoyon qilishni taminlaydi.
Talab qilish usuli bolalarning ko‘pgina ahloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, lekin tarbiyalanuvchilarda o‘ziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
YAgona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, fakat bizning sostialistik jamiyatimizdagina halkning ma’naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiyaning ta’sirchan usuliga aylanishini aytib o‘tgan edik.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli bo‘lgan talabning ahamiyati nimadan iborat ekanligini qarab chiqamiz.
O‘qituvchi bolalar bilan ishlar ekan, binobarin, ularning faoliyatini tashkil etar ekan, o‘z ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarning ayrim harakatlarini rag‘batlantiradi. Ish jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag‘batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo‘nda bo‘lib, sezilar-sezilmas majbur qilish rolini uynasa, boshqalari ancha keng tushuntirish yo‘l-yuriqlar shakliga ega bo‘ladi. Bir xillari o‘quvchilarni faqat ishga jabr qilish zarurati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishiga to‘zatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; bir xillari o‘quvchilarning keraksiz va noto‘g‘ri harakatlarini to‘xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarini mustahkamlaydi va qo‘llabquvvatlaydi. O‘qituvchi tomonidan berilgan barcha ko‘rsatmalar va tushuntirishlar, mulohaza va tanbehlar pedagogik ta’sir ko‘rsatishning ana shu eng muhim usuln bo‘lgan talab qilishning turli shakllarida aytiladi. SHuning uchun ham mubolag‘a qilishdan qo‘rqmay aytish mumkinki, pedagogning talabisiz o‘quvchilarning o‘quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tajribali pedagog bolalar ho‘zuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi, o‘z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilishini aniq va muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos.
Talablar bolalar kollektivi bilan ishlashning boshlang‘ich davrida, dastlabki darslarda ayniqsa muhim rol uynaydi. Ana shu bosqichda sinfda ishlarning qanday borishi, u yoki bu harakatlarning o‘quvchilar tomonidan qanchalik aniq bajarilishi ham, o‘qituvchining o‘quvchi bilan munosabatlari qanday yo‘lga qo‘yila boshlashi ham, bolalar uni obro‘li o‘rtoq — uO‘ rahbarlari deb e’tirof qiladilarmi yoki yo‘qmi,
— bo‘larning hammasi tarbiyachining talablariga nihoyatda bog‘liqdir.
SHunday qilib, bolalar bilan ishlashning boshlang‘ich davrida va ular faoliyatining yangi-yangi turlarini tashkil etishda pedagogning talablari bolalarning zarur xatti-harakatlarini rag‘batlantarishning muhim vositasi hisoblanadi, shuningdek noma’qul va foydasiz harakatlarning oldini olish va to‘xtatish vositasi ham bo‘ladi.
Talabning asosiy guruhlari va shakllarini qarab chiqamiz.
Pedagogning talablari bevosita talablar bo‘lishi mumkin, bunda ular shunday bolalarga qaratilgan bo‘ladiki, tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi yoki pedagogning talablari vositali talablar bo‘ladi, bunda o‘qituvchi o‘z talablari bilan bolalarda o‘z o‘rtoqlariga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi.
Biz avvalo talabning asosiy shakllarini ta’riflashga o‘tamiz, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik vaziyatni hisobga olish bilan borliqdir. Bevosita talablar uchun pedagogik vaziyat ikkita asosiy shartdan, ikki omildan vujudga keladi. Birinchi omil — kimdan talab kilinsa, o‘shaning talab qiluvchiga bo‘lgan munosabatidir. Ikkinchi omil —bu tarbiyalanuvchining pedagog rag‘batlantiradigan faoliyatga munosabatidir. Umuman olganda bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta’riflaymiz, holbO‘qi amalda bu munosabatlarning juda ko‘pdan-ko‘p ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin.
Endi talab shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. Talab to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bunda o‘qituvchining murojaati «SHunday va faqat shunday qil» formulasi buyicha kat’iy, dadil oxangda ifodalangan aniq ayon ko‘rsatmaga ega bo‘ladi. Bunday holda bolalarga harakatga undovchi omil talabning o‘zi hisoblanadi.
To‘ppa-to‘g‘ri talab jamoa bilan ishlashning birinchi bosqichida ayniqsa ta’sirchan bo‘ladi. Buni bir adib ko‘rsatib o‘tgan edi: «Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg‘in va qat’iy talab bo‘lmasa, jamoani tarbiyalashni boshlab bo‘lmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan, berilgan vadalarni shuvab ketuvchilardan ish boshlashni uylasa, u xato qilgan bo‘ladi».
Pedagog bolalar uchun yangi bo‘lgan faoliyatni tashkil etayotgan joyda ham to‘ppa-to‘g‘ri talab zarurdir. Bu erda to‘ppa-to‘g‘ri talabning ta’limning boshlang‘ich metodi bo‘lgan yo‘l-yuriq berishga o‘xshab ketishi o‘ziga e’tiborni jalb qiladi. SHuni ham aytib o‘tamizki, to‘ppa-to‘g‘ri talab ko‘pincha o‘quvchining pedagogga yoki u boshlagan faoliyatga betaraf munosabatda bo‘lishi sharoitida ishlatiladi. Bunday vaziyatda to‘ppa-to‘g‘ri, bevosita talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir.
Birinchi qoida: odatda, talab ijobiy bo‘lishi, ya’ni mutlaqo muayyan xattiharakatni keltirib chiqarishi, bolalarning u yoki bu harakatlarini shunchaki ta’qiqlamasligi, to‘xtatmasligi lozim.
Albatta, o‘qituvchining taqiqlashlaridan ayniqsa bolalar belgilangan hulq-atvor qoidalarini har xil tarzda bo‘lgan xollarda foydalaniladi. Biroq pedagoglar talablarining asosiy mazmunini ta’qiqlashlar tashkil etmaydi. Talablardagi asosiy narsa bolalar hulq-atvori va faoliyatining ijobiy dasturidir.
Ikkinchi qoida: to‘ppa-to‘g‘ri talab yo‘l-yuriq tarzida, ya’ni bir xil ma’noli, aniq va tushunarli, konkret bo‘lishi lozim. Dastlabki paytlarda bolalarning yangi harakatlarini rag‘batlantirganda talab yo‘l-yuriq berish bilan qo‘shilib ketganday bo‘ladi, bu harakatlarni detallashtirib, ularni aniq ta’riflab beradi.
Uchinchi qoida: pedagogning harqanday oqilona, aniq va tayyorlangan to‘ppa-
to‘g‘ri talabi albatta bajarilishi, oxiriga etkazilishi kerak.
SHuni esda tutish kerakki, o‘xshash pedagogik harakat qonunining namoyon bo‘lishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogning keyingi talablarining kuchi va ta’sirchanligini oshiradi O‘quvchida tarbiyachiga aql-idrok bilan aniq bO‘ysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha, har bir bajarilmagan talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytirdi.
To‘ppa-to‘g‘ri talablarning texnik ijrosi haqida gapirganda, ularni qo‘yishning qat’iy, ishonarli ohangini ta’kidlab utish kerak. U osoyishta, vaziyatga qarab, jiddiy bo‘lishi, lekin hech vaqt baqirishga, bolani haqorat qilishga aylanib qolmasligi kerak.
Talab-maslahat tarbiyalanuvchi ongiga ishonchsizlik bildirishdan iborat bo‘lib, u yoki bu xatti-harakat, amaliy vazifani u yoki bu usulda echishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘ri sida o‘qituvchining mustaqil ravishda qaror qabo‘l qilish uchun tarbiyachining tavsiyasini o‘z ichiga oladi.
Iltimos singari, maslahatni ham majbur qilib tiqishtirmaydilar, tanlash huquqi bolaning o‘zida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi va bundan tashqari, pedagogni katta yoshdagi o‘rtoq deb bilishga o‘rgatadi, uning obro‘si keng bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirilib yotganligiga asoslanadi. SHu bilan birga masalahat—bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab beradigan yo‘l-yuriq emas, balki ko‘pincha echimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir.
Bevosita talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan vaziyatlarda, ayniqsa paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarda o‘rtoqlari, o‘quvchilar bilan maslahatlashishga o‘rgatadi. O‘z navbatida pedagoglar o‘zlariga bolalar maslahat uchun murojaat qilishini qadrlashni, o‘zining javob reakstiyasini shunchaki aytib berish emas, balki kichik yoshdagi o‘rtoqlariga tabiiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatishlari lozim.
Talab-sha’ma bolalarni muayyan xatti-harakatlarga rag‘batlantyarishning yashirin shakli va eng nozik vositalaridan biridir. SHa’ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish bo‘lgan talablarni, ma’nosi ochib berilmaydigan talablarni o‘ziga xos shartli qisqartirishdir. Tajribali pedagogga ba’zan bolalarning zarur harakatlarini bajarishini ta’minlash uchun ko‘z tikib qarash, qoshlarning harakati, ritorik savolning berilishi kifoya qiladi. Muayyan sharoitda sha’ma talabning «yashirin» shakli rolini uynaydi, u faqat ikki kishiga tushunarli bo‘lib, atrofdagilarning diqqatini jalb qilmaydi.
SHartli talab shundan iboratki, bola uchun yoqimli bo‘lgan biror faoliyat turi yoqimsiz yoki qiyin faoliyat uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
«Darslaringni qilsang—uynagani borasan»- bu bavosita talabning ana shu shakliga eng oddiy misol bo‘ladi. SHartli talabdan foydalanganda bajarilishi shart bo‘lgan faoliyat bilan sarflangan kuch-g‘ayrat uchun o‘ziga xos mO‘qofot bo‘lgan faoliyat o‘rtasidagi aloqa tabiiy edi. Aks holda bolalarda o‘z manfaati yo‘lida foydalanish kayfiyati paydo bo‘lishi mumkin, bunda shartli talabdan endi pedagog foydalanmaydi, bolalar esa uning oldiga o‘z shartlarini qo‘yadilar: «Bizning futbol» uynashimizga ruxsat etsangiz, sinfni yig‘ishtirib chiqamiz» va hokazo.
Umuman talabning bu shaklini qo‘llanish bolalarni, ularning qiziqishlari va mayllarini yaxshi bilishni, ularning individual qobiliyatlarini va me’er tuyg‘usini hisobga olishni nazarda tutadi. Bu usulni (xullas, boshqa harqanday usul kabi) suviste’mol qilmaslik kerak.
O‘yin shaklidagi talabdan odatda qiziqarli bo‘lmagan va ba’zan zerikarli mashg‘ulotlarni tashkil etish haqida gap boradigan joyda, biror ishni, ayniksa kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashni jonlantirish uchun foydalaniladi.
Misol keltiramiz. Maktab-internat tarbiyalanuvchilaridan bir guruhi odatda uxlashga yotish uchun juda o‘zoq, hozirlik ko‘rishardi. Bolalar tez echinishni bilmas, o‘z buyumlarini tartibsiz qilib tashlayverishardi. SHunda tarbiyachi kechqurunlari «Kim tezroq?» o‘yinlarini o‘tkaza boshladi, har kimning vaqtini sekundomer bilan qayd qilib qo‘ydi. O‘yin hammani jalb qildi, hatto o‘z rekordchilari paydo bo‘ldi.
Bolalar kollektivini tashkil qilishga o‘yin singib ketishi lozim, degan edi bir adib. Bavosita talabning bu shakli nihoyatda ta’sirchan bo‘lishi mumkin, chunki bolalarni qiziqtirib, udarga quvonch bag‘ishlaydi, birinchi qarashda eng yoqimsiz bo‘lib ko‘ringan ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilishga imkon beradi.
Qoralovchi talabdan pedagog shunday hollarda foydalanadiki, bunda bolaning u yoki bu harakatlariga salbiy baho berish uning yoqimsiz xatti-harakatlarini to‘xtatishda rol o‘ynaydi va foydali harakatlarni rag‘batlantiradi.
1. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Pedagogik faoliyat madaniyat bilan o‘zviy ravishda bog‘langan bo‘ladi.
YUqori saviyali madaniyat - pedagog mehnatining zaruriy sharti hisoblanadi.
Madaniyat - so‘zi lotinchadan tarjima qilinganida «ishlov berish», «etishtirish» ma’nosini bildiradi. U insoniyat tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida yaratilgan va yaratilayotgan, jamiyatning rivojlanshidagi tarixiy erishilgan darajasini ifoda etuvchi moddiy va ma’naviy qadriyatlari to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Madaniyat keng ma’noda - bu jamiyatning rivojlanishi tarixiy darajasidir. U odamlarning hayoti va faoliyatini tashkil etish turlari va shaxslarida hamda ular yaratayotgan moddiy – ma’naviy qadriyatlarda xam o‘z ifodasini topadi. Tor ma’noda madaniyatni modiy va ma’naviylik kabi ham tushuniladi.
Moddiy madaniyat ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy mablag‘lardan iborat bo‘ladi.
Ma’naviy madaniyat fan, san’at, adabiyot, ta’lim, falsafa kabi sohalarda ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va foydalanishdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rivojlanish strategiyasi jamiyatda islohotlar va qayta qurishlarni o‘tkazish haqida gapirar ekan, asosiy vazifalaridan biri jamiyatni yanada ma’naviy yangilanishi deb belgilanadi.
I.A.Karimov ma’naviylikni o‘z-o‘zini, jamiyatdagi o‘z o‘rnini chuqur tushunib etishga intilish sifatida belgilaydi. Bu insonlarning – siyosiy, iqtisodiy huquqiy ongi darajasining o‘sishidir. Insonlar ongida, ayniqsa, yoshlar da mustahkam ahloqiy va ma’naviy tushunchalarni, ijtimoiy va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi haqida ko‘p bor ta’kidlaydi.
I.Karimov ma’naviyat haqida gapirganda, u insonni ruhiy poklanishi va o‘sishiga, ichki dunyoni boyitish, irodani mustahkamlash, ishontirish, qadriyatlarni, vijdon o‘yg‘onishiga undovchi ichki kuchni tushunishi ekanligini ta’kidlaydi.
O‘qituvchi faoliyatda inson madaniy faoliyatning uch shakli ko‘rinadi:
1-shakli: O‘qituvchining madaniy ijodkorlik va madaniy ochuvchi faoliyati. U pedagog shaxsining rivojlanishi (o‘zini anglash, o‘zini dasturlashtirish, o‘zo‘ziga ta’sir) va o‘quvchilar shaxsi rivojlanishiga yo‘naltirilgan.
2-shakli:O‘qituvchining insoniy to‘plangan madaniy boyliklarini o‘zlashtirish va egalash. U psixik holat, nutq va hokazolarni boshqarishda pedagog shaxsining o‘zini namoyon etishga qaratilgan.
O‘qituvchining o‘zini namoyon etishi jamiyatning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi kuchi hisoblangan, insoniyat to‘plagan tajribani egallamay turib, amalga oshirib bo‘lmaydi.
3-shakli: (muloqot) va pedagogning bevosita ta’siri-muloqot va munosabat, o‘quvchilarga madaniy qadriyatlarni etkazishda o‘z madniyatining shaxsiy, bevosita, namoyon bo‘lishidir.
Faoliyat kategoriyasi sifatida pedagogik madaniyat pedagogik faoliyatning hamma turlarida amalga oshiriladi.
Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko‘p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‘zini anglashni, o‘zini takomillashtirishni ta’minlaydi.
Pedagogik madaniyat muammolari buyicha F.N.Gonobolin, N.V.Ko‘zmin, A.I.SHerbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
Bu tadqiqotlarda pedagogik faoliyatning turli xil sifatlari va ko‘rsatkichlari o‘rganilgan va pedagogik faoliyat orqali o‘qituvchining pedagogik madaniyati darajasini, uning mazmuni va mohiyatini anglaydilar.
E.A.Grishin pedagogik madaniyatni ifoda etib, o‘qituvchining quyidagi kasbiy ahamiyatga molik sifatlarini ko‘rsatadi:
- Umumiy bilimdonlik
- O‘z fanini bilish
- Pedagogik bilim va mahoratlarini doimiy rivojlantirib borish
- Pedagogik kasbini sevish
- Odamiylik, haqiqatgo‘ylik va talabchanlik
- Ko‘zatuvchanlik, e’tiborlilik va odoblilik.
V.A.Slastelin pedagogik madaniyatning integral ko‘rsatkichlari deb quyidagilarni hisoblaydi:
- Mutaxassislik sharafi va g‘ururini his etish
- Jamiyatga xizmat qilish shakli sifatida pedagogik faoliyatga tayyorlik
darajasi
V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyat madaniyati tizimiga quyidagilarni kiritadi:
- Ijodiy individuallik
- Sezgi farosat
- Odob
- Intuistiya
V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyatni ijodiy jarayon sifatida qaraydi. Pedagogik mahoratga u pedagogik mahoratlilikni kiritib, uni pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi.
Pedagogik madaniyatning muhim tashkil etuvchilari sifatida
V.I.Pisarenko quyidagilarni ko‘rsatadi:
- Intelegentlilik
- Bilimlar doirasining kengligi
- Kasbi bo‘yicha bilimlarining chuqurligi
- Ilmiy va ijtimoiy ma’lumotlar oqimida yo‘l topa olish mahorati
- Pedagogik faoliyatda bilm va mahoratlardan foydalana bilishi
Pedagogik madaniyat muamolarini o‘rganish. Bu tizimning quyidagi tashkiliy qismlarini ajratib ko‘rsatishga imkoniyat beradi.
1. O‘qituvchining shaxsiy kasbiy pedagogik yo‘nalganligi. Bu komponent tizimini tashkil etuvchi element hisoblanadi. U pedagogik jarayonning uning qiziqishlari, layoqati, ishonchi, g‘oyalari orqali pedagog faoliyatni insonparvarlashtirishga qaratilgan mustahkam sabablar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Pedagogik jarayoni tashkil etishda o‘qituvchining shaxsi kasbiy pedagogik yo‘nalganligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
G‘oyalarini (pedagogik vazifalarni keng ko‘ra olishi, pedagogik fikrlashi, rivojlanishi, o‘zini rivojlantirish bilan shug‘ullanishi, pedagogik o‘zaro aloqalarda professionalzmga erishish)
Qiziqishlari (fanga qiziqishi, psixologik-pedagogik bilimlarini takomillashtirishi, o‘qituvchilarning ta’lim darajasini va umumiy ma’naviy madaniyatlarini oshirish)
Qadriyatli yo‘nalishlari (yuqori bilmga ega bo‘lish, tarbiyalash, o‘qituvchi va rivojlantirish jarayonlarida o‘quvchilarini faollashtirish)
Bu tadqiqotlarning umumiy xulosalariga asosan, kasbiy pedagogik yo‘nalganlikning muhim omili bo‘lib, o‘qituvchining insonparvarligi, uning o‘quvchilarga oliy qadriyat sifatida munosabati, o‘quvchining shaxsi, qadr- qimmatini hurmat qilish, mehribonligini do‘stona talabchanligini, befarqlik kamsitish va shavqatsizlikka yo‘l qo‘ymasligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatga iste’dodi asosida sabablari va maqsadlari yotadi. Sabablari pedagogning pedagogik faoliyatiga anglab etgan holda intilishi bilan ifodalanadi.
Maqsadlari - bu o‘qituvchining kasbiy faoliyatida natijalarga erishishga intilishlaridir.
SHunday o‘qituvchi shaxsining kasbiy pedagogik yo‘nalganligi o‘zida uning g‘oyalarini, qiziqishlarini, qadriyatli yo‘nalishlarini birlashtiradi va pedagogning shaxsiy sifatlarini moslashtirishi haqiqiy imkoniyatlarini, uning o‘kuv tarbiyaviy jarayon talablari kasbiy darajasini aks ettiradi.
2.Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri Insonning o‘zini qurshab turgan olam bilan o‘zaro birgalikdagi harakati odamlar o‘rtasidagi ularning ijtimoiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida tabiatgagina emas, balki bir-birlarga ham o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. ("Pedagogik muloqot" 1-8 bet)
"Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya ishlarida milliy- madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga e’tibor berib kelinmoqda. Bu ustuvorlik turli xildagi muloqotlarda ham saqlab kelinsa maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa, Prezidentimiz I.A.
Karimov tomonidan ko‘rsatib berilgan O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy axloqiy negizlari:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
vatanparvarlik
kabilar turli muloqotlarda asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv va shuningdek ish, xizmat bilan bog‘liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go‘zal muomala lutf- karamdir. A.Navoiy buni muomala-pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan.

Yüklə 27,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin