Pedagogik tadqiqotning mavzusini aniqlash met
odologik me’yorlari (metodologik kamchiliklar):
Ilmiy tadqiqot mavzusi jiddiy ravishda uning
asosiy
natijasi bilan aniqlanadi! «Tafakkur madaniyati: ilmiy-
pedagogik tadqiqotning metodologik muammosi» nomli
fundamental monografiyasida professor Yu.A.Petrov
ta’kidlaydi: «Savol tug‘iladi: ilmiy ishning mundarijasiga
mos sarlavhasini, yakuniy holatda esa – uning asosiy
natijasini qanday tanlash mumkin? Buning
uchun ish
nimadan tashkil topganini aniq
tasavvur qilib, uning
asosiy natijasi nima ekanligini anglash kerak». Misol
uchun tadqiqotning mavzusi «Ta’lim
va fan
internatsionallashuvi
sharoitida amaliy-pedagogik
tadqiqotlar sifatining invariant mezonlari» tarzida bo‘lsa,
asosiy natija – «Ta’lim sohasidagi xalqaro ilmiy
tadqiqotlar sifatining invariant mezonlari» ko‘rinishida
aks etadi.