Umuman, hamkorlikda o'qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega: O'quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o'qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o'zlashtiriladi.
O'quvchilar 2-5 a'zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. o'quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o'rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan hulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
o'quvchilar ijobiy va mustaqil bo'lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o'rganish faoliyati bo'yicha ishlarni tashkil etish, o'quvchilaming bir-birlariga ko'maklashishlari talab etilishini hisobga olgan holda tuzilgan bo'ladi.
o'quvchila o'z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, o'qishga, ta'lim olishga, shaxsan mas'uliyatli va javobgardirlar.
Hamkorlikda o'qitish nima uchun kerak?
Hamkorlikda o'qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
o' quvchining о' rganish j arayonini bo' yitadi;
o'quvchilarga ular o'rtasida taqsim qilinib, o'zlashtirilgan kognitiv axborotlar to'plamini beradi;
o'quvchilaming o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
o'quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlami oldinga suradi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasiga asoslangan mashg'ulotlarni o'ziga xos turlarga ajratish va ularni amalda qo'llash tizimi mavjud bo'kb, quyida shu mashg'ulotlardan ayrim namunalami ko'rsatib o'tamiz:
uch pog'onali intervyu;
davra suhbati;
ro'yxat tuzish;
muammolar yechishni tashkil qilish;
bir daqiqali ishlar;
juftlik izohlari;
muammom jo'natish;
baholash chizig'i;
kam uchraydigan birlik
jamoa kutuvi; ikki qismli kundalik; o'zaro savol yo'llash.
Bu mashg'ulot turlarining ko'pida o'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lish, ularga rollar va vazifalar taqsim qilish ko'zda tutiladi.