Pedagogik takt о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi


Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə9/12
tarix05.12.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#173903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Pedagogik taktni qo`llash shartlari.

Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:
• o'qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o'zida muloqotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;

  • sinf jamoasida ongli intizonim vujudga keltiradi; o'quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi:

  • o'qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o'tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo'llaydi;

  • o'quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o'rgatadi.

Pedagogik nazokat asosida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo'l qo'ymasligi o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma'lumki, o'qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va subyetivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to'g'ri munosabatda bo'la olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o'quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg'otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.
4. O'qituvchining dilkashlik xususiyati va uning ahamiyati.
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo'lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo'lishga intilishi deb ta'riflanadi. Bu intilish o'qituvchining o'quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o'rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta'minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir
bo'lmaydi, ayniqsa yosh o'qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Psixologlar o'qituvchilaming dilkashlik xususiyat iikki toifadagi odamiar xarakterida mujassamlashgan deb ta'kidlaydilar:
Birinchisi. ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta'sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi. introvert shaxslar: Ular faqat o'z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o'z-o'zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar o'qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo'lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo'lishini ta'kidlaydilar. Biroq, ko'pincha, pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e'tirof yetilganlar. O'qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin