Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1133 International Conference Didaktik(yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda
foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat
usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga
foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni
amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash
kabilar kiradi.[1;2]
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
bo’lgan tarbiyaviy masadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy
masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash,
hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, masuliyatlilik, intizomiylik,
mustaqillilik, ish bajarishga, qobiliyatlilik, e’tiborlilik halollik va boshqalar)ni
shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob
talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaquyat
qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirib boriladigan rivojlantiruvchi
talablarga o’quvchilarda o’qib-o’rganish faoliyati ijobiy tashabbuskorlik va
sifatlari, qiziqish ijodiy tashabbuskorlik va faollik, shakllantirish hamda
rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish,
hisobga olish, rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish, o’zib ketish
darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi
o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning intelektual, emotsional, ijtimoiy
rivojlantirishlaridagi
sakrashlarni
oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan
o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish
kabilar kiradi.[2]
1997-yil 29- avgustda O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risi”gi
qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Bu qonunda
ta’kidlanishicha, ta’limning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni
hahotga va dunyoviy demokratik jamiyat baxt-saodati yo’lidagi yuqori unumli
mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilanadi.[3]
Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning
mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:
-fan va tajribadagi yangi muvaffaquyatlarni aks ettirish;