Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1669 International Conference
Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik»,
«tushunish», «natijalilik», «ega bo‟lish», «sifat», «miqdor» so‟zlari yordamida
ta‟riflanadi, shu bilan birga ko‟pgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni
qayd etgan. L. Spenser va M. Spenserlarning ta‟kidlashicha, kompetensiyalarning
shakllanishi ularni o‟lchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga
suriladi
Dj. Raven kompetentlikni biror bir ob‟yekt yoki ob‟yektlar sinfiga ko‟ra
biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada ma‟lum
faoliyatning individual motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil bo‟ladi. U shaxs
kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan
holdagina aniqlanishi ma‟noga ega bo‟ladi - deb tushuntiradi.
Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon o‟qituvchisidan
yuqori
madaniyat, chuqur ma‟naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas‟uliyatlilik,
chuqur bilimga ega bo‟lishi, o‟z o‟quvchilarining ijodiy potensialini
rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o‟z
ustida ishlashga,
kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi.
Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy
masala, ya‟ni mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi
bugungi kunda o‟ta muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega,
ya‟ni faoliyatning qaysi usulini egallashi,
nimalarni bajara olishi, nimalarga
tayyorligini aniqlash – kompetentli yondoshuv deyiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta‟lim sohasiga psixologlarning ilmiy
izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik
“noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday
tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l
tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan
foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish
rejasiga egalik”
ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalarning egallanishi va
ularni amalda yuqori darajada qo‟llay olinishidir.
Kasbiy kompetentli o‟qituvchi birinchidan, o‟quv-tarbiya jarayonida ijodkor
ta‟lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi, ikkinchidan, o‟z kasbiy
faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan,
shaxsiy kasbiy
imkoniyatlarini amalga oshira oladi.
Agar bo‟lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish -
pedagogik muammo sifatida qaralsa, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: