Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1670 International Conference 1.
O„qituvchining kasbiy–pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish
uning mazmuni bilan bevosita bog„liqdir. Pedagogik kadrlar tayyorgarligi sifatini
sezilarli darajada oshirish uchun pedagogik va texnik bilimlar sintezini ta‟minlash
zarur.
2.
Pedagogik
kompetentlik
pedagogik
mahorat
tushunchasiga
bog„liqligini N.V.Kuxarev shunday ta‟riflaydi: «Psixologik – pedagogik
tayyorgarligidan kelib chiqadigan o„qituvchi shaxsining aniq sifatlarini va
pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar to„plami».
3.
A.K.Markova o„qituvchini kasbiy kompetentlikka ega bo„lgan
o„qituvchi deb aytadi, qachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani
yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni o„qitishda va tarbiyalashda yuqori
natijalarga erishsa. Kompetentli o„qituvchi o„zining kasbiy bilimlarini, psixologik
fazilatlarini o„z mehnatida qo„llashni bilishi kerak.
Hozirgi
vaqtda
kasbiy kompetentlilikni shakllantirishda o„qitish
texnologiyasiga katta e‟tibor berilmoqda. Oliy ta‟lim muassasalarining professor-
o„qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o„qitish
texnologiyalari bo„lajak pedagoglar kasbiy kompetentligining qaror topishi va
tarbiyalash ta‟lim tizimining tarkibiy qismi bo„lib, kasbni egallashning kasbiy-
ahamiyatli bazasini dastlabki yaratishga, kasbiy faoliyatni yuqori darajada amalga
oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning va qodirlikning
sekin-asta shakllanishiga yordam beradi.
Bundan
tashqari,
boʼlajak
pedagoglarda
kasbiy
kompetentlikni
shakllantirishning oʼziga xos xususiyatlarida
kompetensiya tushunchasi muhimdir.
Kompetensiya - o„z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni
o„rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish
mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o„z amaliy faoliyatida qo„llashni talab
qiladi. Kompetensiya egasi bo„lgan mutaxassis muammolarni yechishda o„zi
o„zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni
yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo„lgan metodlarni tanlab olib qo„llashi,
to„g„ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko„z bilan qarashi kabi
ko„nikmalarga ega bo„ladi.
Kompetentlikning asosi qobiliyatlardan iborat bo‟lganligi uchun ularning har
biri o‟z kompetentligiga mos kelishi kerak. Qobiliyatlar eng umumiy ko‟rinishlari
bilan kompetensiyaning jismoniy madaniyatdagi, aqliy sohadagi, umumo‟quv,
amaliy, ijrochilik, ijodiylik, badiiy, texnik, shu bilan birga pedagogik-psixologik,
ijtimoiy va boshqa ko‟nikmalariga mos keladi.