Pedagogik texnologiya tamoyillari Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Sobirov Jamshidbek



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#95654
  1   2
pedagogik-texnologiya-tamoyillari



22 
Pedagogik texnologiya tamoyillari 
Andijon davlat universiteti 
 Tarix fakulteti 3-kurs talabasi 
 Sobirov Jamshidbek

 
Andijon davlat universiteti 
Tabiiy fanlar fakulteti 3-kur talabasi 
Toychiyeva Diyora

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davrda ta’lim tizimida ilg‘or qo‘llanilayotgan 
pedagogik texnologiyalarning tamoyillari haqida so‘z yuritiladi hamda misollar orqali 
tushuntiriladi. 
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, Bilim, ko’nikma, malaka, jadval, me’yoriy 
ko’rsatkichlar 
 
1. Ta’lim natijalarining kafolatlanganligi. 

Korxonada mahsulot sifati qanday 
kafolatlansa, texnologik ta’limda ham ta’lim natijasi shunday kafolatlanadi. 

Pedagogik 
texnologiya – bu intellektual mahsulot ishlab chiqaruvchi konveyerdir. Undan chiqqan 
mahsulotlarning sifati etalon asosida belgilangan va kafolatlangan bo’ladi. 

Ta’lim 
natijalarini qayd qilish uchun maxsus testlar, jadvallar, pedagogik taksonomiyalar 
qo’llaniladi. Ular asosida o’quvchilarning xatti-harakatlari baholanadi.
2. Ta’limning amaliy xarakterda ekanligi. 

Yuz marta ko’rgandan bir marta bajargan 
afzal. 

Texnologik ta’limda faqat bilim emas, ko’nikma va malakalar ham orttiriladi. 

Ta’limning nazariyga nisbatan amaliy xarakteri kuchliroq bo’ladi. 

O’quvchining biror 
bilimni o’rganishi, uni o’zi uchun kashf qilishi bilan barobardir. Shu sababli texnologik 
ta’limda tayyor bilimlar berilmaydi, balki ular dars paytida ishlab chiqiladi. 

Ta’lim 
natijalari faqat biror ma’lumotni eslash, aytib berishdan iborat bo’lib qolmaydi, balki 
biror amaliy ishni bajarish ko’nikmasi darajasiga yetkaziladi.


23 
3. Ta’lim maqsadlarining ta’lim natijalariga mosligi. 

Ta’lim maqsadlari asosida ta’lim 
natijalari ishlab chiqiladi. Keyin ta’lim natijalari qayta ishlanadi va uning asosida 
qaytadan ta’lim maqsadlari tuzatiladi. 

Tarbiyaviy maqsadlar o’quv maqsadlaridan kelib 
chiqib aniqlanadi. Tarbiyaviy maqsadlar asosida o’quv maqsadlariga ham tuzatishlar 
kiritish mumkin. 

Tarbiyaviy natija bu – o’quvchining darsda orttirgan ahloqiy tarbiyasi 
va madaniyati emas (o’quvchining dars nihoyasida ma’naviy saviyasi oshishi, ahloqining 
shakllanishi kabi), balki fiziologik, psixologik va kasbiy tarbiyadir (ya’ni, diqqatni 20 
minut davomida chalђimasdan o’rganilayotgan ob’ekda ushlab tura olish, berilgan 
muammo bo’yicha texnik fikrlay olish, boshqa o’quvchilarga o’z fikrini o’tkaza olish va 
h.k.). 4. Ta’lim natijalarining ishonchliligi. 

Ta’lim natijalari aniq bo’lishi, bitta 
mazmunni ifodalashi zarur. 

Mahsulot sifati korxona laboratoriyasida qanday o’lchansa, 
ta’lim natijasi ham shu kabi o’lchanuvchan xususiyatga ega bo’lishi zarur (testlar, 
savollar va sh.k. bilan). 

Pedagogik texnologiya takrorlanganda doim bir xil natijalarga 
erishilishi zarur. 

Dars beruvchi kim bo’lishidan qat’iy nazar (professor yoki katta 
o’qituvchi) etalon natijalar ta’minlanishi zarur.
5. Darsning tizimli, bosqichma-bosqich rejalashtirilgan dastur asosida o’tilishi. 

Har bir 
mavzu va uning bosqichlari vaqt bo’yicha va mantiqan rejalashtiriladi. 

Ta’lim 
natijalariga bosqichma-bosqich erishiladi. 

Ta’lim bosqichlari o’zaro boђliqlikda 
bo’ladi.
6. Asosiy e’tiborning o’quvchiga qaratilishi. 

Pedagogik texnologiyada o’qituvchining 
vazifasi ma’lumot berish emas, balki o’quvchining dars materialini o’rganishini tashkil 
qilishdir. 

Darsning asosiy qismi o’qituvchining monologi shaklida emas, balki 
o’quvchilarning faoliyati shaklida tashkil qilinadi. 

O’quvchi o’z o’rtoђidan, 
o’qituvchidan o’rgangandagiga qaraganda erkinroq va yaxshiroq o’rganadi. 

O’rgatgan 
odam ikki karra ko’proq o’rganadi. Shu sababli o’quvchilar birbiriga o’rgatib o’rganishi 
tashkil qilinadi. 

O’quvchi nafaqat ma’lumotni bilishi, balki uni amalda qo’llay olishi, 
boshqaga o’rgata olish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak. 

Ijrochi mijozning xohishiga 
qarab ish ko’radi. Shu sababli o’qituvchi darsni tashkil qilishda o’quvchining 
qiziqishlarini e’tiborga oladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin