Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
;Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya – bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya turlari Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.