Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar


Pedagogik texnologiyaga nima uchun «yangi» so’zi ko’shib ishlatilmoqda?



Yüklə 55 Kb.
səhifə3/3
tarix09.04.2023
ölçüsü55 Kb.
#95419
1   2   3
Pedagogik-texnologiya-tushunchasi-va-unga-berilgan-ta

Pedagogik texnologiyaga nima uchun «yangi» so’zi ko’shib ishlatilmoqda?
«Yangi pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?

Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’unalishga burdi, ya`ni : «o’tmishdan qolgan mafkuraviy sarqitdan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash» deb belgilandi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning xam yangilanishi tabiiydir.
Ikkinchidan, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Pedagogik texnologiya mohiyati bilan boshqa texnologiyalar bilan bir qatorda turadi, chunki ular ham boshqa texnologiyalar kabi o’z xususiy sohasiga, metodlari, vositalariga ega, ma`lum material bilan ish ko’radi. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli texnologiyalardan farq qiladi.
Yüklə 55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin