Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar



Yüklə 55 Kb.
səhifə1/3
tarix09.04.2023
ölçüsü55 Kb.
#95419
  1   2   3
Pedagogik-texnologiya-tushunchasi-va-unga-berilgan-ta


Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar

Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo’llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so’zidan olingan bo’lib, «ta`lim texnologiyasi» degan ma`noni bildiradi.


"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan -texnos- san`at, hunar va logos- fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi . Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon -bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Texnologik jarayon- ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.
Texnologik operasiya - ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita- ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ana shu ta`rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’quvchi (talaba)larga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi.

Yüklə 55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin