Pedagogik texnologiyalarning ahamiyati xususida


“Yangi O‘zbekiston ustozlari” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №1



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix15.12.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#74927
1   2   3
Abdullayeva Fazilat Hamroyevna (1)

“Yangi O‘zbekiston ustozlari” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №1 
27 
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari 
bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini 
ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, o‘qitishning axborotli vositalaridan va didaktik 
materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. 
Ta’lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo‘lib, u o‘z rivojlanishida jamiyat 
taraqqiyotining yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda ro‘y berayotgan aksariyat 
o‘zgarishlarga muvofiq o‘zgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar ta’lim oldida 
turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan 
hisoblanadi.
7
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, 
pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus 
bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksa axloqiy fazilatlarni egallagan
ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvch shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi 
kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi: 
1. O‘qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq
madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir. 
2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his tuyg‘ularini har 
lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi ularning ham mehriga, 
hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak. 
3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar olib 
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga 
xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri asosli ma’lumotlarni doimiy 
bera olishi lozim. 
4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi. 
5. O‘qituvchi o‘z rnutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, 
barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy 
izlanishlar olib borishi lozim. 
6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi
o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-
tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak. 
7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali 
zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olishi imkoniyatiga ega 
bo‘lmog‘i lozim.
8
7
H.T.Omonov, N.X.Xo‘jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar vа pedagogik mahorat. 
Toshkent. “Iqtisod-moliya”-2009. 
8
A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Toshkent. “Iqtisod-moliya”-2011. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin