Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va uziga xo-fayllar.org (1)
2. Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari va uning xususiy metodikadan farqii. «Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanining metodologik asosini O’zbekiston respublikasi Konstitustiyasi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonun va farmonlar hamda pedagogika tashkil etadi. Chunki, tarbiyaning asosiy maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy strukturalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo'llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o'zining o'rnini topadi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov «….shuni yaxshilab tushunib olishimiz zarurki, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuharolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechog’lik faol ishtirok etishi bilan uzviy bog’liq», deb ko'rsatdi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g’oyasiga sodiq bo'lgan shaxsni shakllantirish kerak.
Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta'lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashi, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holga ta'lim oluvchilarni o’qitishni jadallashtirish sanaladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli qal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o’quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o'z oldiga bir qator maqsad va vazifalarni qo'ygan.
Mazkur dasturning maqsadi:
ta'lim sohasini tubdan isloh qilish;
uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish;
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish kabilardir.
Ushbu maqsadni ro'yobga chiharish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi:
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o’quv ishlab chiharish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan, demokratik-huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning tashkiliy va ijtimoiy ma?omini ko'tarish;
kadrlar tayyorlash tizimini hozirgitalablar doirasida qayta qurish;
ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
tizimni attestatsiya va akkreditatsiya qilishning yagona metodikasini joriy qilish;
normativ va moddiy - texnika axborot bazasini yaratish;
ta'lim, fan va ishlab chiharishning integratsiyasini ta'minlash;
tizimga byudjetdan tashqari investitsiyalarni jalb qilish;
kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalharo hamkorlikni rivojlantirish.
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, yangi ta'lim modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat etib belgilandi:
1) shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
2) davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
3) uzluksiz ta'lim - malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari va standartlarini o'z ichiga oladi;
4) fan - yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlovchisi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarining ishlab chiquvchisi;
5) ishlab chiharish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, ular sifatiga qo'yilgan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, tizimni moliyalashtiruvchi va moddiy-texnik baza bilan ta'minlash qatnashchisi.
Prezidentimiz I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'la ro'yobga chiqsa, ijobiy ravishda “portlash effekti” sodir bo'lishini bashorat qilib, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javobida shunday degan edi: «Ishonchim komil, agar bu islohatni amalga oshirsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma'nodagi portlash effektiga, ya'ni uning samaradorligiga erishamiz».
Nazarda tutilgan vazifalar to’liq amalga oshsa:
1) ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatdagi mavjud muhit butunlay o'zgaradi;
2) insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi;
3) jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi;
4) ta'limning yangi modeli jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro'yobga chiharishda katta ahamiyat kasb etadi;
5) oldimizda turgan har qanday vazifani bajarishda va maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a'zosi qo'shadigan hissa «portlash effektiga» olib keladi.
Bu jarayonda yangi pedagogik texnologiyalarning bir qancha muammolari o'z yechimini topadi. Ular-ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarining yanada mustahkamlanishi, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta'minlanishi, milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarining haror toptirilishi va rivojlantirilishi, kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishining ta'minlanishi va o'zini-o'zi boshqarish shakllarining mustahkamlanishi kabi vazifalardir. Bunda ta'lim jarayonini axborotlashtirish va uzluksiz ta'lim tizimini jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmoqi bilan to’liq qamrab olish ham ko'zda tutilgan.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma'lumotlarda e'tibor ko’proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi etarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o'tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog’lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o'tilayotgan mavzu bo'yicha talabaning bilimni aniqlash, mavzuga xos bo'ladigan dastlabki ma'lumotlarni berish etarlicha amalga oshirilmagan. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning аn’аnаviy tа’limdаn аfzаlligi, u pеdаgоgik jаrаyonini bir butunlikdа ko’rib, pеdаgоgik mаqsаdi, kutilаdigаn nаtijаlаri, uning mаzmuni, pеdаgоgik mеtоdlаri, shаkllаri vа vоsitаlаri, hаmdа tаhsil оluvchi vа pеdаgоgik bеruvchilаrning fаоliyatlаrini tizimgа kеltirib, pеdаgоgik bоsqichlаrini lоyihаlаb, pеdаgоgik jаrаyonini nаzоrаt qilish vа pеdаgоgik nаtijаlаrini bаhоlаsh kаbi elеmеntlаrini o’zаrо uzviy bоg’lаb tizimgа kеltirib turib uning lоyihаsini tuzishidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyasining аn’аnаviy pеdаgоgikdаn kеyingi fаrqi, u tаhsil оluvchilаrning o’zlаrigа bеrilgаn bilimni yodlаb оlib аytib bеrishigа emаs, bаlki pеdаgоgik vа tаrbiya jаrаyonining yakunidа аmаliy ishlаrni bаjаrishigа yo’nаltirilgаnligidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya аsоsаn o’z ichigа quyidаgi оmillаrni оlаdi:
pеdаgоgikdа umumiy mаqsаdning qo’yilishi;
tuzilgаn umumiy mаqsаddаn аniq mаqsаdgа o’tish;
nаzоrаt tоpshiriqlаrini ishlаb chiqish;
talabalаrning bilim dаrаjаlаrini dаstlаbki (tаshхisli) bаhоlаsh;
bаjаrilаdigаn o’quv tаdbirlаri mаjmuаsi (bu bоsqichdа talabalаr bilаn mulоqоt аsоsidа pеdаgоgikgа jоriy tuzаtishlаr kiritilishi lоzim); nаtijаni bаhоlаsh.