Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy -1
2. Pedagogik texnologiya tamoyillari. Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani korinishidagi mazkur tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi.
1. Ilmiylik tamoyili.
Bu tamoyil har qanday oquv predmeti, oquv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini korsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo oquv dasturlar, oquv qollanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi oquv rejalari va oquv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashgulot otkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili organiladigan predmetlar xarakterining asosiy korsatkichlari hisoblanadilar. Ilmiy axborotni ifoda etilish aniqligi va qatiyligi, uni ifoda etish tizimi va aloqalariga, juda katta etibor qaratishni talab etadi.
Oliy maktabda, ilmiylik birinchi navbatda obektiv olam qonuniyatlarini ochish bilan uzviy bogliq va fanlararo boglanishlar va fanlarning ozaro tasirini shakllanishini talab etadi.
2. Loyihalanish tamoyili
Bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini belgilaydi. Loyihalanish tamoyili - bu oquv jarayonini tashkil etish, hujjatlarini oquv jarayoni grafigi; ishchi oquv reja; fanning ishchi oquv dasturi; fanning, bolimlarning, tayanch iboralarining oquv maqsadlari toifalari; oqitish jarayoni texnologiyasi, egallangan bilim va malakalarni baholash oldindan yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida oquv jarayoni amalga oshiriladi. Bu hujjatlarning barcha bandlariga rioya etilishi, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydi. Ishlab chiqarish texnikaviy sohada, loyihalanish bazaviy hisoblanadi, yani binolar va inshootlar, mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari oldindan loyihalanadi.
3. Tizimlilik tamoyili
Pedagogik texnologiya, oquv jarayonining barcha elementlarini qamrab olishi bilan alohida ajralib turadi. Tizimlilik tamoyilining mohiyati shu bilan ifodalanadi. Oquv jarayonining barcha elementlari, ularning ozaro bogliklik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda oquv jarayonning barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati talabalarni oqitishga ragbatlantiradi.
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonida - mahsulotni tayyorlash boyicha texnologik operatsiyalar bajariladi.
Ishlab-chiqarish jarayoniga oxshab, oquv jarayoni ham ikkita qismdan oquv jarayonini tayyorlash va oqitish jarayonlaridan iborat.
Oquv jarayonini tayyorlash qismida oquv jarayoni grafigi va ishchi oquv reja ishlab chiqiladi, mashgulotlar jadvali tuziladi, fanning ishchi oquv dasturi, oquv uslubiy materiallar va boshqalar ishlab chiqiladi. Oqitish jarayoni qismida bilimlar, malakalarga ega bolish va ular sifatini baholash amalga oshiriladi.
4. Maqsadga yonaltirilganlik tamoyili.
Oquv jarayoni maqsadga yonaltirilgan bolishi lozim. Maqsad ham qonun kabi odamning xarakteri va harakat usulini aniqlashi zarur. Buning uchun ornatiladigan maqsad, aniq va olchaniladigan bolishi shart. Bixeviorizm goyalariga tayangan, pedagogik texnologiya aynan shu bilan farq qiladi. Psixologiyada bu yonalishning xususiyati organizmni qozgatishga bevosita bogliqligini shak shubhasiz tan olish va uni bu qozgalishga undashdan ibortdir.
«Oqitish - bu oqituvchi va oquvchi orasidagi munosabatning maqsadga yonaltirilgan jarayoni bolib uning davomida inson malumotli boladi». Ushbu ifodadan, oqitish sifati, maqsadlarni shakllantirish sifatiga bogliq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyada, maqsadlarni shakllantirish umumiylikdan xususiylikka tizimli yondashish asosida amalga oshiriladi. Buning uchun Davlat talim standartidan foydalaniladi, uning asosida fanning umumiy oquv soatlari oquv mashgulotlari turi leksiya, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar boyicha bolinadi.
5. Faoliyat yondashuvi tamoyili
Ilmiy texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qollash, ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi, bunda nafaqat fan ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Balki ishlab chiqarish fanning jadal rivojlaniga sharoit yaratadi. Bu sharoitlarda, faoliyat yondashuviga tayangan oquv jarayonning samaradorligi oshadi. Oquv reja, fanlar dasturi, mashgulotlar turi boyicha oquv soatlari, mutaxassis faoliyatining batafsil tahlili asosida ornatilishi maqsadga muvofiqdir - hozirgi paytda «yuz bor eshitishdan kora, bir bor korish afzaldir» degan tamoyilga tayanish kamlik qiladi. «Hozirgi zamon sharoitida, oquv jarayoni «yuz bor kormoqdan kora, bir bor bajarish afzal» degan tamoyilga asoslanib tashkil etilishi kerak. Kasb talimi maktabi uchun, bu tamoyil ota muhim ahamiyatga egadir.
«Faoliyat» tushunchasining mohiyati oz ichiga maqsad, vosita va jarayonni ozini qamrab oladi.
6. Boshqariluvchanlik tamoyili.
Pedagogik texnologiya oqitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga, faqat oquv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, oqitish maqsadlariga erishish dasturini royobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil oqitishning joriy natijalarini kop bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar otkazish imkoniyatini, - kozda tutadi butun oqitish davrida oqitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. Oqitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani taminlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, kozlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni ozgartirish orqali oqitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, oqitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
7. Qayta takrorlanish tamoyili
Qayta takrorlanish tamoyili, malum fani boyicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani, turli guruhlarda turdosh talim muassasalarida boshqa subektlar bilan kop marotaba (takroriy) qollash imkoniyatini anglatadi.
Ushbu maqsadlarda, yani pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishini taminlash uchun pedagogik-texnologik xaritalar tuziladi. Bu oquv hujjatlar fanining har bir mavzusi (moduli) boyicha ishlab chiqiladi.
Qayta takrorlanish tamoyili - pedagogik-texnologik xarita asosida, pedagogik texnologiyani kop marotaba takrorlanish imkoniyatini anglatadi.
SHunday qilib, takrorlanish tamoyili, pedagogik texnologiyaning mohiyatini oqitishning kozlangan natijalariga erishish kafolati bilan uni turli guruhlarda kopchilik oqituvchilar tomonidan kop marotaba qollash imkoniyatini belgilaydi.
8. Samaradorlik tamoyili
Ushbu tamoyil, pedagogik texnologiya oqitishning kozlangan natijalariga maqbul xarajatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishini korsatadi. Oquv jarayonining samaradorligiga pedagogik texnologiyaning yuqorida bayon etilgan tamoyillari: - ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yonaltirilganlik, faoliyat yondashuvi, boshqariluvchanlik, qayta takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi.
Maqbullashtirilgan o'quv jarayoni xususiyatlari:
O'quv jarayoni elementlarini tahlil etish va maqbullashtirish asosida, uni maqsadga yonaltirilgan, tizimli loyihalash;
Davlat talim standartlari asosida o'quv maqsadlari toifalarini aniq ornatish yoli bilan bilimlar va malakalarni ozlashtirilish darajasi maqbullashtirilgan Bu bilan talimning ommabopligiga va oquv dasturlarini bajarilishiga erishiladi;
Bilimlar va konikmalarni ozlashtirilishining tizimliligi, ketma-ketligi va mustahkamligi, muntazam diagnostik testlar otkazilishi va oqitish jarayonini boshqarilishi, zamonaviy axborot vositalaridan foydalanilish orqali taminlanadi;
SHaxsga-yonaltirilgan o'qitish texnologiyasini qollanilishi talabalarni faollashtirish, shaxsni rivojlantirish, oquv vaqtidan maqbul foydalanishni taminlaydi.
Bir marta tuzilgan o'quv hujjatlari asosida oquv jarayonini kop marotaba takrorlash imkoniyati orqali pedagogik texnologiyada iqtisodiy samaraga erishiladi.