Darsning borishi: Qisqagina suhbat. Arining turli joylarda uchib yurishi, uning qanotlari nozik bo‗lishi, kabutarning tadbirkorligi, bir-biriga yaxshilik qilish, yaxshilikka-yaxshilik qaytishi haqida qisqacha so‗zlanadi.
0‗qituvchi matnni ifodali o‗qiydi va savollar asosida tahlil qiladi.
«Hikoyaning uchinchi qismidagi «... falokatdan qutildi» iborasi qanday ma‘noni anglatadi? 0‗ylab ko‗ring-chi? «Ari suvda oqib ketmadi» ma‘nosini bildiradi, Kabutar Arining suvdan chiqishi uchun nima qildi? (Bu savol kabutarning arini qutqarish uchun qilgan ishini gapirishni talab qiladi.) Kabutar bir chopni suvga tashladi. Ari cho'pni кета qilib falokatdan qutildi». Ari so6zini takrorlamaslik uchun o‗qituvchi quyidagilarni so‗raydi: «Matnda ishtirok etuvchilarni ayting (ari, kabutar, bola). Hamma o'rinlarda ari so'zi ishlatilganmi? (Yo‘q.) 0‗ylab ko'ring- chi, hikoyaning qaysi qismida ari yoki ari o‗rnida и so‗zini ishlatish ma‘qul. Shuningdek, matnda kabutar so‗zini doimo ishlatish kerakmi yoki matnning qaysi qismida и so'zini ishlatish o‗rinli bo‗ladi.
Bola so‗zi hamma o‗rinlarda ishlatilganmi? (Ha, ishlatilgan.)» Shundan keyin o‗qituvchi matnni qismlar bo‗yicha ifodali o‗qiydi. 0‗quvchilar esa qismlararo qaysi so‗zlar ishlatilganini ko‗rsatadilar.
0‗qituvchi ko‗rsatilgan so‗zlarni reja qismlariga moslaydi va savol- ning qatoriga yozib, tik chiziq bilan ajratadi.
Birinchi qism o‗qiladi. Ari so‗zi ajratiladi. Bu qismda hikoyaning boshlanishi va arining qayerda uchib yurganligi, hikoya qahramonining nomini ko‗rsatish lozimligi aytiladi. Ikkinchi qism o‗qiladi va bu qismdagi voqea ariga tegishli bo‗lganligi uchun ari so‗zi o‗rnida и so‗zi qollanganligi aytiladi. Uchinchi qismda kabutar haqida gapirilgan. Shuning uchun kabutar so‗zi ishlatilganligini aytadilar.
To„rtinchi qismda ari haqida gap boradi. Bunda ari so‗zining berilishi to‗g‗riligi uqtiriladi.