Педагогика факультети



Yüklə 230,45 Kb.
səhifə6/31
tarix26.06.2023
ölçüsü230,45 Kb.
#135136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Ïåäàãîãèêà ôàêóëüòåòè

Ko’nikma: So‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish; gaplarni ifoda mazmuniga ko‘ra farqlay bilish; gaplarni ohangga rioya qilib o‘qiy olish; gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini ajrata olish: gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish; gapda so‘zlarnio‘rinli qo‘llay bilish; matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish;
diktant turlari: ta‘limiy diktant va nazorat diktantini farqlay olish; ma‘nodosh, qarama – qarshi ma‘noli, shakldosh so‘zlar guruhini tuza bilish; xabarnoma, xat, alifbo tartibida ro‘yxat tuza bilish.
Malaka. 50 – 60 so‘zdan iborat diktantni matn asosida to‘g‘ri yozish; xabar, tasvir, ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; diktant turlarini farqlay olish, saylanma diktant, lug‘at diktant, ta‘kidiy diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko‘rsatish diktantlarini yozish, tahrir qilish, tabriklash kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalariga rioya qilish.
1.2. O`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirishning an`anaviy uslublari.
Boshlang'ich maktabning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdir. Shubhasiz, hamma fanlar o'quvchilarning lug'at boyligini o'stirishga, imlodan savodxonligini oshirish va nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ona tilini muvaffaqiyatli o'qitishning muhim sharti ta'limni o'quvchilarning hayotiy tajribasi bilan, ularning bevosita ko'rganlari, kitoblardan o'qib bilganlari bilan bog'lash hisoblanadi.
Ma'lumki, o'qish darsliklaridagi matnlar turli manbalardan olinganligi aniq. Ona tili darsini o'qish bilan bog'lansa, o'quvchilarning o'qish darsida o'qiganlari asosida olgan haqiqiy bilimlaridan foydalanishga imkon yaratiladi.
Buning uchun o'quvchilarga mamlakatimizda, maktabda, oilada sodir bo'lgan qiziq voqea-hodisalar haqida, tabiatdagi o'zgarishlar haqida o'qiganlaridan foydalanib gap tuzish, ayrim parchalarni kitobdan ko'chirib yozish, grammatik tahlil kabi topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiqdir. Shuni ham aytib o'tish lozimki, ona tili darsida o'qishdan beriladigan topshiriq o'ylanmasdan, puxta tayyorgarlik ko'rilmay, mavzuga moslamay berilsa, yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi.
Ona tilidan ko'zlangan maqsadga erishish uchun: birinchidan, ona tili darsida o'qishdan beriladigan topshiriq oldindan
tayyorgarlik ko'rib, puxta o'ylab, so'ng berilishi; ikkinchidan, ona tili darsida o'tilgan mavzuni mustahkamlashga imkon
berishi hisobga olinishi; uchinchidan, topshiriq (misol qaysi asardan olingan bo'lsa) berilgan asar
g'oyasini yana ham mustahkamlashga yorlashishini hisobga olish kerak.
Ma'lumki, grammatik bilim tilni ongli egallashni va savodli yozish malakasini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham o'quvchilarning grammatikadan olgan bilimlari to'g'ri yozuv malakalarini shakllantirish bilan birga olib boriladi.
To'g'ri yozuv malakasini rivojlantirishda imloviy mashq turlari: grammatik imloviy tahlil, matnni ko'chirib yozish, ta'limiy diktant va bayondan mashq sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imloviy mashqlarni amalga oshirishda ona tili darsligi sahifalarida berilgan mashqlardan foydalanish bilan birga boshqa materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki o'quvchilar yangi materialga qiziqish bilan kirishadilar, o'ylashga, fikrlashga harakat qiladilar.
2-sinfda "Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf" mavzusini o'tishda "O'qish kitobi"dan samarali foydalangan holda o'rgatish mumkin. Mavzuni mustahkamlashda mashqlardan birini ko'chirib yozish topshirig'i berilganda, masalan, "Inoqlikda gap katta" she'rining to'rtta:

  • Bizlar yetti og'ayni: Men, Anvar, Ramz, G'ani, Tolib, Uchqun va Quvnoq,

  • O`ynaymiz ahil, inoq. - satrini o'qib, faqat kishilarning ismini xato qilmay, chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilib ko'chirib yozish topshiriladi. Topshiriq bajarilgach (ishni tekshirish uchun yig'ib olish mumkin), uch-to'rt o'quvchining ishi o'qitilib, tahlil qilinadi.

  • Kishilarning ismi qanday harf bilan yoziladi? Ularga qanday so'roq beriladi? savollariga javob olinadi. To'g'ri javob bergan, xatosiz, chiroyli yozgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Shuningdek, "Ular qanday bolalar ekan?" "Sizlar-chi?" savollariga javob olinib, tarbiyaviy tomoni ham yoritiladi.

3-sinfda "Bo'g'in" mavzusi takrorlanganda, "O'qish kitobi"dan imlosi va o'qilishi (talaffuzi) qiyin so'zlar uchraydigan gaplar tanlab olinib, ularni doskaga yozib, awal bo'g'inga bo'linmaydigan, so'ng bo'g'inga bo'linadigan so'zlarni yozib, awal bo'g'inlab, so'ng sidirg'a o'qish mashq qilinsa, o'qilishi va yozilishi qiyin bo'lgan so'zlarni to'g'ri o'qishni, to'g'ri yozishni bilib oladilar.
Masalan, "Shayx Mazididdin ot choptirish, qilich urishtirish, zarb berish bo'yicha ko'rikdan o'tishga shoshilardi" gapi sinf yozuv taxtasiga yoziladi. So'ng yozilgan gapdan awal bo'g'inga bo'linmayc gan, so'ng bo'g'inga bo'linadigar so'zlarni tanlab yozish topshiriladi, O'quvchilar "Shayx, ot, zarb" so'zlarini yozadilar. Topshiriq bajarilgach, o'quvchilardan: "Shayx, ot, zarb bir bo'g'inli so'z. Chunki uiarda bitta unli bor", degan javob olinadi va shu so'zlarni to'g'ri o'qish -mashq qilinadi. Shundan so'ng Mazididdin so'zini bo'g'inga bo'lib yozish topshiriladi: "Ma-zi-did-din" va yozilgan so'zni avval bo'g'inlab, so'ng sidirg'a o'qish mashq qilinadi. Shunda o'quvchilar Shayx, zarb, Mazididdin so'zlarini to'g'ri o'qiydigan va yozadigan bo'ladilar. Bu ish ona tili o'qitish samaradorligini oshiradi.
"Son‘ mavzusi o'rganilganda o'quvchilarga 3-sinf "O'qish kitobi" da berilgan "Bayramingiz qutlug' bo'lsin!" matnidan sonlarni tanlab yozing" topshirig'i beriladi. O'quvchila 1991 yilning 31 avgusti va 1991 yi . rinchi sentabr" so'zlarini ko'chirib yozadilar. Topshiriq bajarilgach oz: gan so'zlar qaysi so'z turkumi ekanilgi, uning turlari, so'roqlari, yozilishi so'rab aniqlanadi. Bu bilan o'quvchilar "Son" mavzusini o'qib-o'rgangan hayotiy misollardan foydaianib, o'zlashtiradilar. O'qituvchi esa o'quvchilarning "Son" mavzusini o'zlashtirib olganliklari haqida ishonch hosil qiladi. Shuningdek, "Jigarlarga tilaklarim" she'ridan "Son"ga misollar topib yozing, ularga qanday so'roq berilishini, turini ayting" topshirig'i berilib, o'quvchilardan quyidagicha javob olinishi mumkin:
Bir, ikki, uch so'zlarini yozdik. Ularga qancha? so'rog'i beriladi. Bular sanoq son.
Rasmli diktant o'tkazish uchun "Do'stlar" matniga mos berilgan rasmdan foydalanish mumkin. Buning uchun quyidagicha topshiriq beriladi.
- Rasmda nimalarni ko'rayapsiz? Ular nomini yozing. "Yozgan so'zlaringizni (Qarg'a, Sichqon, Toshbaqa, Ohu, ovchi) matndan tekshiring va to'g'ri yozilishini bilib oling". Ishning bajarilishi tekshiriladi.
Izohli yozuv o'tkazilganda "Ibn Sino shogirdlari" matnidan tubandagi parcha asqotishi mumkin.
"Ibn Sino qoldirib ketayotgan zo'r tabiblarning biri tozalik, ikkinchisi - parhezdir. Uchinchisi badantarbiyadir va qolgan ikkitasi mijoz bilan kayfiyatdir". So'zni bir vaqtda hamma yozadi. O'qituvchi o'quvchining izohini kuzatib, lozim bo'lsa, zarur tuzatishlar kiritadi, ta-bib-lar-ning, ik-kin-chi- si, par-hezdir, kay-fiyat, mi-joz so'zlarini bo'g'inlab aytib yozdiradi. (Bu tanlab izohlashdir).
Lug'at diktant o'tkazishda bog'lanishli matn yoki gaplar emas, balki o'rganishgan ayrim imlosi qiyin so'zlar aytib turib yozdiriladi va lug'atdan tekshiriladi.
Shu o'rinda aytmoqchimizki, ayrim so'zlarning o'zbekcha atamasi bo'lishiga qaramay, hamon bolalar nutqida sekretar, buxgalter, zvonok, koridor, spravka, ostanovka, baza, kassir, kassa kabi so'zlarni uchratamiz. Shu so'zlarning o'zbekcha atamalarini kotiba, hisobchi, qo'ng'iroq, yo'lak, ma'lumotnoma, bekat, omborxona, xazinachi deb yozilishi va qo'llanilishini o'rgatish zarurligini hisobga olib, lug'atdiktant yozdirish zarur. Chunki yuqorida tilga olingan ruscha so'zlarning o'zbekcha atamasini boshlang'ich sinfdanoq o'rgatish lozimdir. Shunday qilinsa, o'quvchilarning so'z boyligi ortadi, tilning sofligiga ham erishiladi.
4-sinfda "Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi" mavzusi o'rganilganda darsni mustahkamlash maqsadida saylanma diktant o'tkazilib, "O'qish kitobi" dan olingan quyidagi matn: Qanaqasiga sening iting bo'larkan? dedi Samad.
Bizning To'rtko'z bu! Rasul ostonaga yaqin joyda xumday boshini oyoqlariga qo'yib yotgan itiga g'amgin tikildi. Itining holiga achindi. Lekin sir boy bermay, chegarachilarga imo qildi". (Ona tili. 21-bet, 2003-yil) - o'qib, tahlil qilinib, "Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi" bo'yicha matndan qaratqich, jo'nalish va o'rin-payt kelishigi qo'shimchalari bilan turlangan otlar tanlab yoziladi va kelishik qo'shimchalariga tegishli belgi qo'ydiriladi. O'quvchilar ostonaga, joyda, boshini, ustiga, bermaslikka so'zlarini yozib, qo'shimchalar ustiga tegishli belgi qo'yadilar.
Agarda, o'quvchilarda sening, bizning so'zlarini yozib qo'yish hollari uchrasa, o'qituvchi alohida vaqt ajratib, shu o'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlab "Olmosh" va "Ot"ning farqini tushuntiradi.
"Gapning uyushiq bo'laklari" mavzusi o'tilganda mavzuni mustahkamlash maqsadida 4-sinf "O'qish kitobi"dan "Oltin fasl" ("O'qituvchi", 2002-yil, 26-bet) matnida: "Uyushiq bo'laklar qatnashgan gap topib yozing va o'qilishini, yozilishini tushuntirib bering", topshirig'i beriladi. O'quvchilardan quyidagi misolni yozishlari kutiladi. - "Issiqsevar qaldirg'ochlar, uzunqanotlar, ko'kqarg'alar birinchi bo'lib uchib ketishadi - O'quvchilar gapdagi uyushiq bo'laklar - qaldirg'ochlar, uzunqanotlar ko'kqarg'alar ni o'qiydilar, ular sanash ohangi bilan bog'langan. Ular orasiga yozuvda vergul qo'yiladi, degan javobni beradilar. Boshqa bir o'quvchidan "Ona suti" (O'sha kitob, 248-bet) matnidan uyushiq bo'laklar qatnashgan gap topib yozish va qanday bo'lak uyushganini aytib berish talab qilinadi.
O'quvchilarning "Bolaning ichi, ko'zi, tishi, qulog'i og'ribdi" yoki "Bolaning ichi, ko'zi, qulog'i tuzalibdi" gaplarini yozishlari so'raladi. O'quvchilar gapdagi ichi, ko'zi, tishi, qulog'i so`zlarini o'qib, ular gapning egasi bo'lib uyushib kelganligini, ular birdan ortiq bo'lib, bir xil so'roqqa javob bo'layotganini va bir kesimga bog'langanini tushuntiradilar.
Demak, boshlang'ich sinf ona tili darslarini o'qish faniga bog'lab olib borishda yuqoridagi usullardan foydalanish ona tili darslarining samaradorligini oshiradi.
O'quvchilarning so'z boyligi ortadi, ayniqsa, yozma savodxonligi rivojlanadi.



Yüklə 230,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin