Pedagogika fakulteti 5119900-pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


MEHNAT FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARNI AQLIY TARBIYALASH



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə8/9
tarix12.05.2023
ölçüsü151,5 Kb.
#111915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
qrq yekk

2.2. MEHNAT FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARNI AQLIY TARBIYALASH.
Aql keng manoda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‟z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‟indisidir. Aqliy faoliyat diqqatning xar doim malum maqsadga qaratilgan bo’lishini talab etadi . Kishining aqli uning asosiy faoliyatida uning erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning malum maqsad bilan tasir etishidir U bolalarga tevarak atrofdagi olam haqida bilimlar berishni , ularni sestemalashtirishni , bolalarda bilishga qiziqish uyg’otishni aqliy malaka va ko‟nikmalarni tarkib toptirishni , bilish qobilyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi . Bolalarni maktabga tayyorlash aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir . Bilimlar zaxirasini egallash , aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlantirish , aqliy malaka va ko‟nikmalarni tarkib toptirish maktabda muvaffaqiyatli o‟qishva bo’lg’usi mexnat faoliyatiga tayyorlanishning muxim shartidir . Bolalarning 6 yoshdan boshlab maktabda o‟qishga o‟tishi munosabati bilan ularni maktab talimiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanishi yetarli darajada bo‟lishini taminlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi . Aqliy kamolot – bu yoshning o‟sib , tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar tasirida bolaning aqliy faoliyati ro‟y beradigan miqdor va sifat o‟zgarishlarining majmuasidir . Maktabgacha tarbiya yoshida bilim tez suratlar bilan boyib boradi , nutq shakllanadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishinitaminlash ularning kelajakdaji butun faoliyati uchun katta axamiyatga ega bo’ladi . 5 Bola ijtimoiy muxit tasirida aqliy tomondan jivojlanib boradi. Tevarak atrofdagi kishilar bilan muomila qilish jarayonoda u tilni va u bilan birga tarkib topgan tushunchalar sestemasini o’zlashtiradi . Natijada maktabgacha tarbiya yoshidayoq bola tilni shunchalik egallab oladiki , undan muomila vositasi sifatida erkin foydalana oladigan bo’lib qoladi . Aqliy rivojlanish fikrning kengligiga voqealarning har xil bog’lanishlarda , munosabatlarda ko’ra bilish umumlashtirish qobilyatida namoyon bo’ladi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyati jarayonida dastlabki muomilada bo’lish narslar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o’quv , mexnat samarali faoliyatlar jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolalarning aqliy rivojlanishiga talim va tarbiya samaraliroq tasir etadi xozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sestemasini o’zgartirib olish ularni jamg’arish ijoboy tafakkurni rivojlantirish xamda yangi bilimlar xosil qilish uchun zarur bo’lgan bilim faoliyati usullarini egallab olishni aqliy rivojlanishning asosiy ko’rsatgichlari deb xisoblaydi.
Olimlar aqliy rivojlanish va aqliy tarbiyaga oid ko’pgina masalalarni tadqiq etmoqdalarki , bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqliy tarbiyasibni asosi bo’lgan sensor tarbiyaning mazmun va metodini ishlab chiqish uchun zarurdir; bolalarni ko’rgazmali- xarakatli , ko’rgazmaliobrazli va tushunchali – mantiqiy tafakkurini shakllantirish tadqiq etilmoqda , ularning bilish qobilyatlarini shakllantirishning o’ziga xos tomonlarini aniqlamoqda . Bolalarning bilimlarini egallab olishlari , ularning aqliy faolligini rivojlantirish mustaqillik aqliy malaka va ko’nikmalarni egallab olishlari ‘ ularning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi va bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo’lib xizmat qiladi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat ; 1. Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sestemasini ilmiy dunyoqarashni sharllantirish . 2. Bilishga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish; sezgi, idrok , xotira , xayol , tafakkur nutq. 3. Bilishga qiziqish va aqliy qobilyatlarni , aqliy mexnat madaniyatini rivojlantirish. 4. Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish. Maktabgacha yosh davrida bola xar kuni o’zi uchun notanish bo’lgan narsa va xodisalarga duch keladi. N. Tolstoy maktabgacha tarbiya yoshi haqida shunday deb yozadi; „‟ Men xazirda o‟zimda bor bo‟lgan xamma narsani o’sha yoshlik chog’imda egallab olganmanki , egallaganda xam shunchalik ko’p , shunchalik tez egallaganmanki , butun qolgan xayotimda bu egallagan narsamning yuzdan birini xam egallaganim yo’q .Besh yoshli boladan mengacha atiga bir qadam . Yangi tug‟ulgan chaqaloqdan besh yoshli bolagacha esa masofa juda uzoq. Biroq tegishli raxbarlik bo’lmasa , bilim va tasavvurlar tartibsiz bir tarzda to’planib boradi; ular yuzaki ko’pchilik xolda xato xam bo’lishi mumkin . Pedagogning vazifasi bolalardagi bilimlarni muntazam ravishda oshirib borish , ularni tartibgasolish,aniqlashtirishdir.Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi xam shaklanib boradi.Bola sanatning xar hil turlari to’g’risida tasavvur va tushunchalarni egallab boradi.
Bolalarda mexnat faoliyati haqida tushuncha 7 Mehnat tarbiyasi- yosh avlodda mexnat qilishga tayyorgarlikni shakllantirish , kommunistik jamiyat qurishda amaliy ishtirok etishga intilish ko‟nikmasini tarkib toptirishni aniq maqsadga qaratilgan jarayoni , mexnatga kommunistik munosabatni shakllantirish jarayonidir. Mehnat tarbiyasi yoshlarni maexnt faoliyatiga doir bilim , ko’nikma va malakalarni o’z ichiga olgan mexnat tarbiyasini muvafaqqiyatli o’zlashtirib olishiga , ularda mexnat va mexnat axliga axloqiy munosabat uyg’otishni , shaxsga xar tomonlama kamol toptirishga qaratilgandir . Mexnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai barcha moddiy va manaviy extiyojlarni qondirishning asosiy shart – sharoitidir , shu bilan birga inson xayotiy faoliyatining asosiy shaklidir . Kishi xayotining mazmuni xar bir jamiyat azosining vazifasi shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning azosining vazifasi , shaxs taraqqiyotining asosidir Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy prinsipi xisoblanib kelingan . Mehnat – faqat shaxsiy farovonlik manbaigina emas , balki xalqqa xizmat qilish , vatanimiz gullab yashnashi uning qudratini oshirishning asosi xamdir . Madaniyatli kishi mexnatsevar bo’lib yetishadi. Mehnat ni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi tarbiyalanganligi avvalo mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, guzallikka chorlaydi. Mexnat qilmaydigan inson xayoti zerikarlidir . U manaviy qashshoq , jismoniy zaif bo’ladi. Uzoq umr ko‟rish siri xam mehnatdir . Mehnat qilmasang xatto buyuk istedod xam so‟nadi, mehnat xar qanday qobilyatni rivojlantiradi. Terlab pishib qilingan mexnat erta xosil beradi, mehnatdan qobilyat , qobilyatdan istedod, undan keyin esa daxolik paydo bo’ladi. Xammasining zamirida sidqidildan qilingan mehnat yotadi. 8 Mexnat xar bir yosh guruxdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini etiborga olib tashkil etiladi, unga to’g’ri raxbarlik qilgandagina etarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatini o’ziga xos tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o’rganib chiqilgan . Bolalar mehnatining muxim belgisi uning maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mexnati biror jarayonga oid xarakat qiladi , u faqat kattalarning raxbarligi natijasidagina amalgam oshirishi mumkin . Bola ko’biklarni bir joydan ikkinchi joyga mashinadan stolga , stoldan – mashinaga ko’chadi va xokazo. Tarbiyachiga olib borishini aytadi . Katta gurux bolalarida mustaqil maqsad qo’yish qobilyadi moddiy samara beradigan mexnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi.; gulzorda , ekinzorda ishlash o‟yinchoqlar yasash va boshqalar . Faoliyatini rejalashtirish mehnat tarbiyasining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz , rejasiz ekanligini ko’rsatadi . Bolalar bunday xarakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko‟p vaqt va kuch sarflaydilar. Tarbiyachi bolalarni o‟z faoliyatini taxminiy rejalashtirib olishlariga o‟rgatishi ular faoliyatiga raxbarlik qilish lozim .
Shunday qilib butun bog’cha yoshi davrida mexnat va o’yin o‟zaro bog’liq holda kechadi biroq xar qanday holda xam bolalar mehnatini o’yinga almashtirish ularning farqini yo’qqa chiqarish noto’g’ri bo’lur edi . Tarbiyachilar va ota – onalar tasirida asta sekin bolalar mehnati va vazifasi . mazmuni metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi . Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatining majburiy tarkibiy qismi xisoblaydi . Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mexnat matijasiga bolalarda mehnatga havas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogic omil deb qarash kerak . Mexnatda natijaga erishishda , mexnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o’rtoqlarining baxosi va o’ziga o‟zi baxo berish katta axamiyatga ega . Bolalar yasagan buyumlar o’yin va mashg’ulotda qo’llanilsa ular o’zlari yasagan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar Maktabgacha yoshi davrida bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan mehnat sabablari ham o’zgarib boradi . Z. Neverovich , E.Obrasovlarning olib brogan ilmiy izlanishlari natijasida shuni ko‟rsatdiki bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalarda mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o’zlashtirib olar ekanlar. Lekin ular biror ishni mustaqil bajargandagina o’z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar . Masalan ; onalar va buvilar uchun 8 – martga sovg’a tayyorlash . kichik gurux bolalar maydonchasini yig’ishtirishga yordamlashish yirtilgan kitoblarni yamab berish , konsert va teatr qo’yib berish va boshqalar bolalarda mehnatning muayyan natijasiga erishish uyg’otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarni anglatib , mehnatga havasini ishni bajarishda bolalarning o’z oldilariga qo’yadigan talablarini oshiradi . I.Loginovaning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida takidlashicha bolalarga mehnat tarbiyasi berisg uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar sestemasini o’zlashtirib olishlari kerak ekan; 1. Mehnat maqsad qo’yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi ; maqsad- mehnat tasviri. 2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab olish. 3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab olish . 4. Natijaga erishish uchun mehnat xarakatlarini bajarish.
Mexnat faoliyati jarayonida bolalarni aqliy tarbiyalash. Bolalarning mehnat faolyatida ularning aqliy tarbiyasi uchun katta imkonyatlar bor. Maktabgacha yoshdagi bolaga beriladigan har bir mehnat topshirig’i, qanchalik oddiy bo‟lmasin, daslabki paytlarda malum darajada aqliy vazifadan iborat bo‟ladi. U nima qilishni, nima uchun qilishni, buni qanday bajarish kerakligini tushinishni anglashi; topshiriqni bajarish shartlarini tahlil qilib chiqishi, ishlashi lozim bo’lgan material va ‟asboblar‟ ni diqqat bilan ko’zdan kechirishi, ularning xossalarini, bo’lg’usi ishga muvofiqligini idrok etishi va baholashi kerak. Ayrim holarda u tafsiya qilinayotgan harakat rejasi va usullarini qabul qilishi, boshqa holatda esa bu usulni o‟zi belgilashi, o‟z ishining pirovart natijasini aniq, obrazli shaklda tasavvur qilishi mumkin. Mehnat harakatlarini bajarish jarayonida, xuddi tasviriy faolyatdagi kabi, bola o’zining tasiri natijalarini idrok qilishi va uni yakuniy obraz nuqtai nazaridan baholashi kerak. Shu munosabat bilan unda tafakkurning murakkab analitik-sintetik faolyati, muayyan sensor qobilyatlar, o’z ishini oddiy ravishda rejalash malakasi talab etiladi.Shu bilan birga bolada muayyan bilim, ko‟nikma va malakalar bo’lishi ham talab qilinadi. Bolaning mehnat faoliyati va shaxsning mehnat qilish bilan bog’liq bo’lgan psixik sifatlari faqat bilim, ko’nikma va malakalar birligi tufayli tarkib topadi. Mehnat bolalarning bilishga bo’lgan qiziqishlari ortib borishiga katta tasir ko’rsatadi. Bolalarning faol bilish faolyati va yangi bilimlar bilan bog’liq mehnat bilishga qatiy qiziqish uyg’otadi.Shunday qilib, bolalarning tabiatdagi hilma-hil mehnati ularda tabiat hodisalarining sifati, xossalari va 11 o’ziga hos tomonlari haqida aniq tasavvurlar hosil qilish, uni sensor nuqtayi nazardan tekshirish usullari bilan qurollantirish imkonini beradi.
Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari , kattalar mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak atrofdagi hayot haqida kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida , narsalar va ularning xususiyatlari , materiallarga ishlov berish usullari haqida , qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan tasavvurlarga ega bo’lishlariga yordam beradi . Mexnat bolalarda diqqat , o’tkir zexinlilik , topqirlik bilib olgan malaka va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay bilish , ijodkorlik qobilyatlarini egallashni talab etadi . Mexnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varag’ qog’ozni buklash , kerakli uzumlikni o’lchash , andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi xarakatlarni ) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishni , bajarilgan ishdagi izchillikni so’zlab berishga to’g’ri keladi . Bular bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi , uning mantiqiy bog’liq ravishda Grammatik jixatdan to’g’ri shakllanishiga imkon beradi . Bolalar eng oddiy mexnat qurollari materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak . Bog’chadagi mexnat ularni maktabdagi politexnik talimga tayyorlaydi . Mexnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun qanchalik axamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi . Mehnat xar bir bolani o’z mehnatining ijtimoiy axamiyatini tushunib yetishga uning jamiyat xayotiga kirib borishiga o‟zini shu jamiyatning a‟zosi deb xis qilishiga imkon yaratadi . Har bir bola oilada , bolalar mexnatida o’z ulushi borligini xis eta bilishi lozim . Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni , burj xissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa 12 mehnatida tarbiyalash muxim axamiyat kasb etadi .
Mexnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi axamiyati shundaki , mexnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoni yaratiladi . Bog’cha yoshidan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jixatdan xam rivojlantiradi. Maktabgacha yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o‟yin bilan bog’liqligidir . O’yin jarayonida biror xarakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‟naltirilgan bo’ladi . Ikkinchi tomondan , mexnat jarayonini bajarishda uni o’yin shakliga aylantirishda, masalan barglarni zambillarda tashishadi , mashinalarda yurishadi . Shu bilan birga o’zining xususiyati mazmuni , yuzaga kelish sababiga ko’ra mehnat va o’yin bir biridan farq qiladi . Mehnatda maqsad qo’yiladi , uni amalgam oshirish uchun shart – sharoit yaratiladi , vasitalar izlab topiladi . O’yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi . O’yinda mexnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi , ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag’ishlaydi, ular o’zlarida qoniqish xissini sezadilar. O’yinda bola o‟yin o’ynaganini rivojlantirishi yetakchi rolni o’ynaydi , mehnatda natijaga erishish uchun mehnat xarakatlari bajariladi . Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi Kichik bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z o’ziga xizmatdir . Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish . Shuning uchun bu yoshdagi bolalar mehnatining bu turiga o’rgatishda ko’pincha o‟yin vaziyatidan foydalaniladi . Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish axloqli qilib tarbiyalash kelajakdagi mexnat 13 faoliyatiga ruxiy jaxatdan tayyorlash mexnat qilish xoxishini singdirib borishdir.

XULOSA.
Mehnat bolalarni hayotga tayyorlaydi. O’sayotgan avlodni mehnatga tayyorlash ularda ko’nikma , malaka , bilimlarni egallashda yordam beradi. Bolalarni o’sishida jismoniy tomondan, aqliy, qobilyatlarini ishga soladi hayotga tayyorlaydi. Biz bolalarni guruxlarga ajratgan xolda ularga ishlarni taqsimlaymiz, bu bilan bolada oldinga maqsad qo’yib ko’nikmaga tayangan xolda ishlarni bajaradi. Katta va tayyorlov gruppa bolalari uchun ko’p marta takrorlanadigan bir xil xarakatlarni mustaqil bajarishga, murakkabligi jixatidan asta sekin ortib boruvchi turli masalalarni xal qilishda qo’yiladigan talablarni birga qo’shib olib borish bolalarni maktabga tayyorlashning zaruriy usullaridan birini tashkil etadi.
Shuningdek, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holdaqabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo‘llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo‘llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo‘ygan talablar asosida qaror toptirishga ko‘maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Mehnat bolalar uchun hamisha maroqli bo‟lishi lozim. Bolalar uchun qiziqarli, ayni paytda majburiy bo’lgan topshiriqlarni bajargan vaqtda bolalarda o’zini boshqara bilish maqsadga erishish qilinishi kerak bo’lgan ishga o’z diqqatini qaratish zarur bo’lganda xarakatlarini tiyib qola bilish singari fazilatlar rivojlanadi. Bola mehnatning nima ekanligini bilib olmasdan, umuman xamma kishilar uchun mehnatning foydasi nimadan iborat ekanligini bilib olmasidan, bolani mehnatkash insonga xurmat ruxida tarbiyalab bo’lmaydi. Bolalarni kishilar mehnati bilan tanishtirish ularni xotirasini boyitadi, ularning 31 kuzatuvchanligini boyitadi, ko’pgina masalalar to’g’risida o’ylashga majbur qiladi va ularda rang barang murakkab his tuyg’ular uyg’otadi. Mana shu fazilatlar ichida har qanday foydali mehnatga hurmat bilan qarash xissi aloxida axamiyatga egadir. Bolalar ozgina bo’lsada o’zlari to’plagan shaxsiy tajribalar davomida deyarli har qanday ishni bajarish xam qanchalik qiyinligi bilan tanishadilar. Bolalarni onalari va tarbiyachilari bolani rivojlanishi uchun foydali bo’lgan faoliyat turi mehnatga jalb qiladilar. A.Porembskaya olib borgan kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, mehnat bunday buyon xam bolari rivojlantirishning muhim sharti bo’lib qolishi uchun boladagi mustaqillikni rivojlantirish unda xarakat qilish istagini uyg’otish, foydali va jiddiy ishlarni bajargan vaqtda kollektiv muvaffaqiyatidan quvona olish xis tuyg‟ularini tarbiyalash muhim axamiyatga egadir . Xulosa qilib aytadigan bo’lsak mehnat insonni ulug’laydi, mehnat bu insonlarning hayot mazmuni, moddiy va manaviy ehtiyojlarning asosidir. Bu haqda buyuk shoirlar, yozuvchilar; Alisher Havoiy, Furqat, Muqimiy, Hamza mehnatning insonni manaviy guzallashtiruvchi roliga mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat axlini qadrlashga katta o’rin beradilar. Orzu –tilak yo’li mehnat tagida, Xazinaning mo’li mehnat tagida. Birinchi Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.



Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin