II BOB. Sinf rahbarining o’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini anglatishdagi o’rni 2.1 O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini singdirish usullari Ma’lumki, xalqning fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalash uzoq asrlar davomida shakllangan ajdod-avlodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o’rin egallab kelgan. vatanparvarlikning inson taqdiridagi ahamiyati shundaki u doimo o’zining hayotiyligi, ta’sir-chanligi, mehr-muruvvatligi bilan Vatanni mustahkamlashga, xalqni birlashtirishga xizmat qiladi. fuqarolik tuyg’ulari doimo hayot va inson muammolarini moddiy va ma’naviy jihatdan hal etishda o’z ta’sirchanligini namoyish etadi. Tarbiyaning dolzarb masalalarini yechishda asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbek xalqining insonparvarligi tarix to’fonlari-yu ur-yiqitlariga bardosh berib, tajriba-sinovlardan muvafaqqiyat bilan o’tib, toblanib, har bir davrda o’z faoliyatini takomillashtirib, avlodlar tarbiyasida hal qiluvchi rolni o’ynab keldi. Fuqarolik tuyg’ulari millatning barqarorligini ko’rsatuvchi va o’zbek xalqining qalbidan chiquvchi, mehr va muruvvat madaniyatini ifodalovchi fikrdir. Fuqarolik tuyg’ulari jamiyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Insonni ma’rifatga chorlaydi. Jamiyatni ma’rifat bilan boshqaradi. Ijtimoiy ongni o’zgartiradi. «Vatan tuyg’usi» kitobida yozilishicha fuqarolik tuyg’ulari, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ularni asrab-avaylash bilan birga yangi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borish–taraqqiyot mezoni, milliy ravnaq asosi. Bunday ruhiyatdagi odam hech qachon birovga tazyiq qilmaydi, shafqatsizlik va zo’ravonlik kabi g’ayriinsoniy illatlarga hamisha nafrat bilan qaraydi. O’z tabiatiga mos ravishda bag’ri keng va muruvvatli bo’ladi». Oynisa Musurmonovaning ta’kidlashicha «fuqarolik tuyg’ulari insonning ezgu fikri, ezgu amaliy birligidir. Insonparvarlik – ona zaminda yashayotgan millatidan, dinidan, ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar barcha insonlarga nisbatan g’amxo’rlikdir. fuqarolik tuyg’ularining mazmuni quyidagi munosabatlarni tarkib toptirishni o’z ichiga oladi: - jamiyatga munosabat (ijtimoiy-siyosiy faollik, milliy istiqlol mafkurasiga sodiqlik, jamiyat rivojlanib borishi va istiqbollarini tushunish, mamlakat ichkarisidagi va xalqaro miqyosdagi voqealarni to’g’ri baholash, burch va ma’suliyatni his qilish, saxiylik, saxovat, mehr-oqibat, ehtiyotkorlik, intizomlilik, qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik va b.);
- mehnatga munosabat (mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik, mehnat madaniyatining mavjudligi, o’qishga ma’suliyatli munosabatda bo’lish va b.)
- boshqa insonlarga munosabat (o’zaro o’rtoqlik yordam, xushmuomalalilik, mehr-oqibat, oiladagi o’zaro hurmat, burch va javobgarlik hamda bolalar tarbiyasi to’g’risidagi g’amxo’rlik va b.)
- o’ziga munosabat (o’z ijtimoiy burchini yuksak darajada anglash, halollik va rostgo’ylik, axloqan poklik, turmushda oddiylik va kamtarinlik, axloqsizlikka nisbatan murosasizlik). SHunday ekan, o’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini ijtimoiy buyurtma sifatida jamiyat taraqqiyotini rivojlantirishda boshlang’ich ta’lim mazmunini takomillashtirishda muhim o’rin tutadi. Bu jarayonda bolaning umummadaniy va ahloqiy ko’nikmalari, savodxonlik malakalari shakllanadi. O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini shakllantirishda har bir o’qituvchi quyidagi shartlarni e’tiborga olishi lozim:
-jamiyatning tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarini baholay olish.
-muayyan jamiyatda yashash uchun kishi qanday sifatlarga ega bo’lishini aniqlay olish.
-demokratiyalashgan sharoitda yashash va undan demokratik asosda foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish; bu har xil nuqtai nazarlarni qabul qila olish, turli kelishmovchiliklarni demokratik asosida insonparvarlik, munozara yo’li bilan hal etish,
-o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda aniq bayon eta olish, fikrini isbotlay olish, so’zlashish, boshqalarni eshitish va ishontira olish ko’nikmalariga ega bo’lish;
-bilim egallashga ehtiyojni sezish va o’z bilimi va qobiliyatini namoyon qila olish ko’nikmasiga egalik bo’lishi; o’qish va jamoa ishlarida faol ishtirok etish, ishga ijodiy munosabatni shakllantirish;
-o’ziga nisbatan talabchan, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni bartaraf eta olish;
-vatanparvarlik sifatlariga ega bo’lish; mehribonlik, g’ururli bo’lish; -psixo-analitik sifatlarga; o’zini-o’zi nazorat qilish, o’ziga tanqidiy munosabat, o’zini baholay olish ko’nikmalarini shakllantirish;
-psixo-pedagogik sifatlar: moslashuvchanlik, kirishimlilik, so’zga chechanlik va boshqalar. Sanab o’tilgan sifatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga singdirish uchun quyidagi shart-sharoitlarga amal qilish zarur:
-o’quvchilarda fuqarolik tuyg’ularini shakllantirishni ijtimoiy hayot sharoitlari bilan bog’lab olib borish;
-o’quvchilarni ijtimoiy yo’naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish; -ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to’g’ri yo’l topib chiqa olish ma’naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish;
-o’quvchilarda fuqarolik tuyg’ularini shakllantirish, ijtimoiy faol etib tarbiyalashda ijtimoiy fanlar imkoniyatlaridan foydalanish;
-dars va darsdan tashqari jarayonidagi faoliyat uzviyligini ta’minlash; -aniq faktlar va dalillarga ega bo’lgan misollar asosida mustaqil, tanqidiy fikirlash layoqatini shakllantirish va x.k. Ushbu fikrlarning xulosasi o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlashayotgan bir sharoitida o’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. SHu munosabat bilan o’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini shakllantirishda ularda fuqarolik jamiyatida yashay olish, mamlakat ijtimoiy hayotiga erkin aralashish, turli ijtimoiy munosabatlarga faol kirishish, o’z-o’zini anglash, qadriyatlar dunyosida erkin harakat qilish kabi ko’nikma malakalarni rivojlantirish muhim jihatlaridan sanaladi. CHunki, rivojlanishning barcha sohalarida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish orqali huquqiy-demokratik davlat qurishga intilayotgan O’zbekitson Respublikasida ushbu jarayonda faol ishtirok eta oladigan, siyosiy tajavvuzkor kuchlarga qarshi o’z mustaqil, tanqidiy fikri bilan chiqa oladigan, g’oyaviy jihatdan yetuk insonlarni tayyorlash ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan sanaladi.